O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Baholash
. Chiqarilgan, so’ndirilgan aktsiyalar, hisoblangan dividendlar me’yoriy huquqiy 
hujjatlar doirasida amalga oshirilishi kerak. Auditor bunday hollarda hisob kitoblarni qaytadan 
mustaqil amalga oshirishiva har ikala summalarni solishtirishi mumkin. 
Agar korxonada xodimlar soni etarlicha bo’lsa mas’uliyatlar quyidagicha taqsimlanishi 
maqsadga muvofiq: 
-
E’lon qilingan aktsiya va dividendlarning tasdiqlovchi hujjatlarini tayyorlovchi xodimlar 
buxgalteriya ishida mas’ul bo’lmasliklari kerak; 
-
Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim buxgalteriyadagi bosh kitob bilan 
ishlash huquqiga ega bo’lmasligi maqsadga muvofiq; 
-
Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim shuningdek, korxona pul tushumlari 
va to’lovlari bilan shug’ullanmasligi maqsadga muvofiq; 
-
Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, hujjatlarni tayyorlash, buxgalteriya o’tkazmalarini 
berish, tasdiqlash va dividendlarni jo’natish bir birini nazorat qila olsin. 
Ustav kapitali asosan oddiy va imtiyozli aktsiyalardan iborat bo’ladi. Oddiyva imtiyozli 
aktsiyalarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor bu bitimlarning kelib chiqishi, to’liq 
hisobga olinganligi, to’g’ri baholanganligini tasdiqlashga harakat qiladi. Ustav kapitalini 
tekshirishda auditor joriy davrda harakatda bo’lgan barcha schetlarning garfigini o’rganib chiqadi. 
Davr boshidagi qoldiq ishchi hujjatlar bilan, davr oxiridagi balans moddalari boshkitob 
ma’lumotlari bilan muvofiqligini ko’rib chiqadi.
Operatsiyalar kelib chiqishi va to’liqligi
. Ustav kapitaliga taalluqli barcha operatsiyalar 
direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan bo’lishi kerak. Shuning uchun auditor, har bir bitim 
joriy yildagi direktorlar kengashi bayonnomalarida keltirilgan yoki yo’qligini nazorat qilish zarur. 
Agar korxonada aktsiyadorlar hisobotini yurituvchi mustaqil shtat birligi yoki agent xizmatidan 
foydalanilsa, ushbu shtatdagi xodim ma’lumoti bilan buxgalterning bosh kitobidani ma’lumot 
solishtiriladi. Raqamlar bir biriga muvofiq kelsa, auditor o’zi to’plagan dalillarni ishonchli deb 
qabul qilishi mumkin.
Agar korxona bunday xodim xizmatidan foydalanmasa aktsiyadorlar reestri yoki aktsiyadorlar 
kitobidan ma’lumot olinadi va uning to’g’riligi quyidagi audit amallari yordamida tasdiqlanadi: 

Aktsiyalar taqsimlanishini aktsiyadorlar reestr iva bosh kitobdagi ma’lumotlar bilan 
solishtirish; 

Barcha rad etuvchi ma’lumotlarni o’rganish; 
Baholash
. Ustav kapitali pul ko’rinishida kiritlgan bo’lsa uning baholanishi oson bo’ladi. 
Baholanishdagi muammo ustav kapitali aktiv ko’rinishida, xizmatlar ko’rinishida, konvertatsiya 
qilinadigan qimmatli qog’oz ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilgan hollarda paydo 
bo’ladi.
Berilgan ma’lumotlar to’liqligiga erishish uchun aktsiyadorlar hisobotlarida quyidagi 
punktlarda ochib berishlar va izohlar keltirilishi kerak. Quyidagi jadvalda shu haqda malumot 
berilgan
Aktsiyadorlarga ochib berish va izohlar talab qiladigan punktlar 

Aktsiyalar soni, shuningdek qo’shimcha chiqarilgan va so’ndirilgan, oddiy va imtiyozli 
aktsiyalar soni bo’yicha 

Imtiyozlar, imtiyozli aktsiyalar narxi va sanasi bo’yicha 

Imtiyozli aktsiyalarning amortizatsiya fondlari haqida 

Optsionlar va sotib olishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog’ozlar 

Taqsimlanmagan foyda va dividendlarga qo’yilgan cheklovlar 

Aktsiyadorlar manffatlariga u yoki bu tomondan ta’sir ko’rsatuvchi barcha tugallangan 
bitimlar 
Korporativ ustavga yoki qarz kelishuvlariga rioya qilinmaslik nuqtai nazaridan odatda barcha 
e’lon qilingan hamda to’langan dividendlar tekshiriladi. Yuqorida aytilgandek, agar korxonada 
mustaqil dividend agent mavjud bo’lsa auditor ulardan olgan ma’lumotini dalil sifatida ishlatishi 
mumkin. Yoki ushbu summani direktorlar kengashi hujjatlarida ko’rsatilgan summalar bilan 


 
solishtirib, yoki o’zi e’lon qilingan dividendlarni qayta hisoblab ko’rishi mumkin. Agar auditor 
mijoz korxonadagi dividendlar to’lanishi yuzasidan nazorat tizimi ishonchli emas deb hisoblasa, har 
bir dividend oluvchi aktsiyadordan buxgalteriya kitoblaridagi va hujjatlaridagi summalarning 
to’langanligi haqida so’rashi mumkin. Shuningdek, auditor dividendlar to’lanishidagi 
cheklovlarning hujjatlarga qay darajada muvofiqligini ham o’rganib chiqishi kerak bo’ladi.
Taqsimlanmagan foyda auditi. Korxonalarda taqsimlanmagan foyda foydadan ajratma, yoki 
joriy yil yo’qotishlari, pul ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilishi mumkin. Buxgalteriya 
standartlariga muvofiq bir qancha operatsiyalar borki, ular to’g’ridan to’g’ri taqsimlanmagan foyda 
bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlanmagan foydani tekshirishda 
qo’shimcha audit amallarini bajarishga to’g’ri keladi. Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini 
shakllantirish, rezerv kaitalidan imtiyozli aktsiyalarga dividendlar to’lash bu kabi operatsiyalar 
jumlasiga kiradi. 
Taqsimlanmagan foyda auditi shu schet bo’yicha faoliyatlar garfigini o’rganishdan 
boshlanadi. Davr boshidagi qoldiq hujjatlar bilan muvofi kelishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risida 
hisobot tuzilgunga qadar bo’lgan foyda va xarajatlar qadamba qadam o’rganilishi maqsadga 
muvofiq. Barcha e’lon qilingan dividendlar miqdori hujjatlar bilan solishtirilib o’rganiladi. Nihoyat, 
taqsimlanmagan foyda bilan bog’liq barcha izohlar va ochib berishlar zarur punktlarda yozilishi, 
tushuntirilishi kerak. Masalan, ko’pgina qarz majburiyatlari dividend sifatida to’lanishi mumkin 
bo’lgan taqsimlanmagan foydani cheklaydi.

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish