Golden scripts 2020/3 issn 2181-9238 54


Tavsiya etiladigan havola



Download 366,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana10.12.2022
Hajmi366,01 Kb.
#883074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ozbek-tili-sintaksisi-rivojida-chun-boglovchisining-orni

Tavsiya etiladigan havola:
 
Rahmatov, Mardon. 2020. “O‘zbek tili 
sintaksisi rivojida 
chun
bog‘lovchisining o‘rni”.
 Oltin bitiglar 
3: 54

68. 
54


Kirish
O‘zbek tili turkiy tilning tarixan taraqqiy etgan bir tarmog‘idir. 
O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti masalalarini belgilashda XIII asr 
oxiri va XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan eski o‘zbek tili 
deb ataluvchi davrning tili ahamiyatli. Jumladan, buyuk shoir va 
mutafakkir Alisher Navoiyning adabiy til ravnaqi uchun olib borgan 
kurashi madaniyatimiz tarixida muhim o‘rin egallaydi. U chinakam 
vatanparvar shoir va olim sifatida xalq tilining bitmas-tuganmas 
manbalaridan foydalanish, uning boyligi va nafisligini namoyish 
etish bilan faqat o‘z zamondoshlariga emas, balki undan keyingi 
butun avlodlarga ham o‘rnak ko‘rsatdi. U yaratgan asarlarida o‘zbek 
tilining boy xazinasidan foydalanish bilan birga shu davr an’anasiga 
muvofiq boshqa tizimdagi tillarning elementlarini qo‘lladi. Jumladan, 
uning asarlarida fors tiliga xos bo‘lgan 
chun, to, -ki, agar, agarchi
kabi 
bog‘lovchilar va boshqa forsiy grammatik shakllarni shu darajada 
mahorat bilan qo‘lladiki, bu kabi bog‘lovchili gaplar adib asarlarining 
uslubiy me’yorini ta’minladi. 
Chun 
bog‘lovchisi o‘zbek yozma yodgorliklarida XIII asrdan 
to XX asrning boshlarigacha qo‘llanishda bo‘lgan. 
Chun
bog‘lovchisi 
faqat nasriy asarlar tilida qo‘llangan bo‘lsa, she’riy asarlarda 
chun
shakli bilan bir qatorda uning fonetik varianti 
chu
shakli ham faol 
qo‘llangan. Ularning qo‘llanish tarixida ba’zi farqlar kuzatiladi: 
chun
XIII – XIV asr ayrim yodgorliklarida – «Qissasi Rabg‘uziy», «Tafsir»da 
nisbatan kam uchraydi, biroq XV – XVI asrlar adabiy manbalarida, 
jumladan, Alisher Navoiy va Boburning nasriy va nazmiy asarlarida 
ko‘p ishlatilgan [Абдураҳмонов, Шукуров 1973, 311]: 
chu
esa XV 
asrdan boshlab qo‘llanilgan bo‘lib, faqat she’riy asarlarda uchraydi. 
Chun//chu
bog‘lovchisi XIX asr o‘zbek yozuvchi va shoirlari 
asarlarida kam bo‘lsa-da, uchraydi. Bog‘lovchi XIX asrning oxirida 
paydo bo‘lgan matbuot tilida ham qo‘llangan [Раҳмонов 1971, 
27]. Ammo keyinchalik o‘zbek adabiy tili me’yorlari talabiga javob 
bermagani uchun iste’moldan chiqib ketdi. 
Chun//chu
bog‘lovchisi 
hozirgi o‘zbek adabiy tili normasi sanalmasa-da, ba’zan she’riy 
asarlarda uchrab turadi: 
O‘n sakkiz ming olam oshubi 
Padar boshindadir,
Ne ajab, chun o‘g‘li oning
O‘n sakkiz yoshindadir
[Воҳидов 1986, 333].
Keyingi yillarda o‘zbek tiliga klassik va zamonaviy fors tilidan 
o‘girilgan tarjima asarlar tilida ham 
chun/chu
bog‘lovchilarini 
55
O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni


uchratish mumkin: 
Layli bu g‘azalni chun eshitti,
Yig‘i bila toshni eritti
[
Низомий
 2005, 89-103].
Xunrez chun reshi donarezman
Sargashta chu gardi xonarezman.
Chu bilmasmen o‘zingdin o‘zga kasni
Bu boshlardin chiqarg‘il bu havasni [
Аттор
 2005, 62].

Download 366,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish