51
uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor
bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni o‘zi ham siz
kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi.
Bahsni tug‘dirmaydigan Shunday tushunchalar ham mavjudki, ularni diqqat
bilan eshitishga undaydi. Masalan:
«Sizni dilingizdan o‘tayotgan fikrlarga qarshi
emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo‘lar edim».
Bahs paytida
«Janjal
bilan biron narsaga erishib bo‘lmaydi»
degan iborani eslashga harakat qilish lozim.
Eng yaxshi natijaga eriShuvning yo‘llaridan biri bu – bahsdan qochishdir. Bahsdan
qizishib o‘z g‘ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik
mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan o‘z fikrini aytib qo‘yishning o‘zi
etarli. Balki bir oz vaqt o‘tib, hech qanday bosimning ta’sirisiz ham u to‘g‘ri
xulosaga kelishi mumkin. O‘zining haqligini qaysarlik bilan isbotlash yoki
bahslashish – ma’lum ma’noda zo‘ravonlik ham hisoblanadi, oqibatda, yagona
kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni madaniyat, munosabat,
tavoze’lik va muloyimli aniqlik va sovuqqonlik hamda boshqani tushunishga harakat
qilish orqali bartaraf qilish mumkin.
Bahs asosli va ishonchli bo‘lishi lozim. Bahsda asosan raqibni
«chaqib»
xafa
qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar
mutlaqo to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi.
Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan
mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan
muvaffaqiyatli chiqib kyetishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‘lar ekan.
Kasbga doir bahsda o‘zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb yetishi zarur.
Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi. So‘zamollik va diqqatli jimlik bilan
almashishi lozim. Jizzakilik va asabiylashishga o‘rin yo‘q. Individual bahsda
asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish
mumkin emas. Cho‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‘zining axloqi haqida
o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi.
Janjallarga sababchi bo‘ladigan odamlar o‘zi haqida o‘ylab ko‘radigan bo‘lsa,
odatda
«asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo‘ladi»
. Lekin bu degan sof
vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga
«nima
uchun men doimo asabiylashaman?»
degan savolni o‘ziga bermoqlikka da’vat
etamiz. Ko‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab yetgandan so‘ng hayot
o‘z yo‘liga tushadi. Harakat qilib ko‘rsa arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: