«Kechirasiz, hazillarga unchalik
xushim yo‘q», «Qaytaryapsiz», «Ko‘rsatuvni oxirigacha ko‘rib olmaymizmi?»a
–
taxminan Shu asnoda javob bergan ma’qul. Gapirayotganda munozaraga
berilmasdan, aniq, baland bo‘lmagan ohangda, xotirjamlikni ushlab turmoq zarur.
Mulozamatga
«rahmat»
deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o‘zini haddan tashqari
erkin, aqlli qilib ko‘rsatishga intilgan va diqqat markazida bo‘lishini istagida qattiq
uringanlar, aksincha, noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday odamlarga,
boshqalarning ismi
sharifiga, bo‘yiga, millati va turar joyiga, sochining rangi,
ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini hamisha
yodda tutishlari kerak.
O‘xshamagan mutoyiba hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak?
Omadsiz bunday tarzdagi ifodadan so‘ng, jim bo‘lib qolishdek hech qanday holat
kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa mavzuda gap boshlagani yaxshi.
Agar
«o‘tkir fikrli»
shahsning tinglovchilarni g‘ashiga tegishida davom yetishi
to‘xtamasa, unda uy egasi unga qarab:
«Bugun sen negadir o‘zingdamassan»
deb
to‘xtatishi lozim. Odamlarni o‘ziga kelmasdan avval hazillarga ko‘mib tashlash
kerakmas. Hazil joyida bo‘lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga yetib
borishda so‘zlovchining qattiq kulgusi xalaqit beradi.
Davrada achchiq so‘zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. O‘zini aqlli deb
biladigan bunday odamlar davrada
«qurbon»
topib olib, uni mazax ostiga olish
maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o‘zini axmoq qilib
44
ko‘rsatishdan o‘zga narsani bermaydi. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning
aybini qidirishga ko‘proq e’tibor beradilar.
Erix Fromm ta’limotida bunday odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik
borligini – «zulm qilyapmanmi demak mavjudman» degan shior yashaydigan
kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk
ko‘rinishini, mazlumni emas, o‘zini butun bir tuban xususiyatlarini ko‘rsatayotganini
va undagi o‘ta omilikni tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon
bunday harakatlarni qilmagan bo‘lar edi.
Zigmund Froyd jamoada o‘zini bunday salbiy tutayotgan shahs hatti-harakatlari
aslida hasadgo‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‘layotgan jamoat ham aksariyat
holatda bunga to‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shahs to‘g‘risida xuddi shu xulosaga
kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Froyd jamoada inson o‘zini erkinroq tutadi, va
badxulqlik bilan bo‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo‘ladi, degan xulosaga
keladi.
12
Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa jamoada ushbu ruhiy
holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu
odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban
ruh – obrazidir».
13
Demak, jamoatda boshqalar ta’siridan o‘z salbiy illatlariga erk berish xavfi
kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‘zini yo‘qotmasligi, axloqiy masalalarda
mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan.
Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni
ko‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning so‘zlarini
tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki aniqliklar kiritib
turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‘lsangiz, hikoyani o‘rtasiga kelganda birdan
gapni bo‘lishdan ko‘ra darhol
«Ha, aytib bergan edingiz»
qabilida gapirib qo‘ygan
ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham, so‘zlayotgan
odamni bo‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur sho‘ng‘ib ketib,
munozara qilinmaydi.
Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni tanlash
qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining
barcha tabaqasini, turli yoshdagi shahslarni qamrab oladi”.
14
Zero, zamonaviy
ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli munosabatlarini nafaqat
yo‘lga qo‘yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil falsafasi
asoschisi Froyd ta’limotga ko‘ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat
faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini bosadigan ijobiy hodisalarga
aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni, tubanlikdan ulug‘vorlikka o‘tish natijasida
12
Фрейд З. «Психология масс и анализ человеческого «Я».-СПб, Азбука классика.–М., 2008.-76с.
13
O‘sha manba. –35 b.
14
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - T., O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010, 312-b.
45
vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning yechimini san’at asarlari orqali
obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga taqdim yetish bilan topishga intiladi. Ammo shunisi
muammoliki, barchaga ham iste’dod va daholik berilavermaydi. Shu jihatdan ham
ruhiy tahlil bu masalaning yechimni ikki yo‘l bilan hal qilishni taklif etdi. Ilmiy
tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida estetik faoliyatning muhim
ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan, san’at asarini idrok yetish insonda ijodiylik va
hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.
Muomala etiketida hozirjavoblik juda katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda
insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga juda katta e’tibor
beradilar. Ayniqsa, etiketda ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro kuzatuvchanlik
bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” qilsa, odamlar orasida
buni bildirishning har qanday yo‘lidan foydalanishga intilishni ko‘rish mumkin.
Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida berilmagan “javob” yoki
“soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar oldida “kulgi” bo‘lish xavfi
bir tomondan jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z vaqtida amalga oshirishga
intiltirsa, ikkinchi tomondan o‘ng‘aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo‘llash
orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Froyd «Hozirjavoblik va uning
onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning
qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Froyd kulgililikka ham
alohida to‘xtalib, uning boshqa turlarini, ular orasidagi o‘zaro farqlarni tushuntirishga
harakat qiladi.
15
Davradagi odam boshqaga murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda,
beixtiyor suhbatdoshiga so‘zlayotgan so‘zlaridan birining unli yoki undosh harflarini
almashtirib yuborish orqali kulgulilikni vujudga keltiradi. Agar bu so‘z o‘yini atayin,
ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham so‘zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor
kabi onglanmaganlikka keng yo‘l qo‘yib beradi. Zero, bu jarayon san’atkorona
mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan
qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‘z maqsadi yo‘lida
foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni kulgulilik orqali
o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko‘rsatish bilan tashqariga,
suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan
esa, dilini og‘ritmagan holda, ochiqdan-ochiq kurashlarsiz, kulgulilik orqali
suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» yetkazib qo‘yadi. Bunday jarayon
muomala etiketida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘pol munosabatlarni
oldini oladi.Biroq ortiqcha hajviya, hozirjavoblik doimo to‘g‘ri kelavermasligini
unutmaslik lozim.
15
Фрейд З. Остроумие и его отношение к бессознательному.
Минск. Попурри , 1999.-.5 с.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |