XI BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH
Tayanch so’z va iboralar
.
Mehnatni tashkil etish mohiyati, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish
mazmuni, vazifalari, asoslari, yo‘nalishlari, mehnatni ilmiy asosda tashkil
qilishning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, MITQ xizmati
tarkibi, vazifasi, tizimi, mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni tashkil
etish
.
11.1. Korxonada mehnatni tashkil qilish mohiyati va axamiyati
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob‘ekt va
maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni
rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta‘minlash
demakdir. Agar ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllaridan chetga chiqiladigan
bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotini har qanday bosqichida mehnat mavjud bo‘lganligi
tufayli uni tashkil etish ham mavjud bo‘lgan. Ishlab chiqarish korxonalarida
mehnatni tashkil etish jamiyatda mehnatni tashkil etishni asosiy elementlaridan
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning jamoa shakllari manufaktura va kooperatsiyalar vujudga
kelganidan keyin mehnatni tashkil etish ayrim ijrochilargina emas balki ularning
birgalikdagi faoliyatini tashkil etish uning eng muhim funktsiyalaridan biriga
aylandi. Mehnatni tashkil etish mehnatning miqdor va sifat nisbatlaridan belgilash
va ularga rioya qilish, ularni zamon va makonda muvofiqlashtirishni nazarda
tutadi.
Mashinalashgan sanoat ishlab chiqarish mustaqil toifa bo‘lgan mehnatni tashkil
etishga asos soldi. Bu toifa esa ishlab chiqarish jarayonida ob‘ektiv aloqalarni aks
ettiradi, tegishli funktsiyalar va ularni bajaruvchilarni ajratib ko‘rsatadi. Agar ilgari
ishlab chiqarish jarayoni aslida mehnat jarayoniga va ishlab chiqarishni tashkil
etish - mehnatni tashkil etishga o‘xshash bo‘lsa endi ular ob‘ekt harakter va
uslublariga ko‘ra, shakllari, funktsiyalari va ularni ijro etuvchilarga ko‘ra farq
qiladi. Bunda mehnat vositalari xal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi, mehnatni tashkil etish
shakllari va uning elementlari yanada rivojlanadi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni
muttasil va optimal ishlashni ta‘minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy
texnika shart-sharoitlari o‘rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat
jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq
kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnatni me‘yorlash, mehnat
intizomi, mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi,
mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini
oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir.
Mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi mehnatni tashkil etishning asosi
hisoblanadi. Ular har bir xodimning umuman mehnat jarayonidagi o‘rnini
funktsiyalarini ko‘pincha qo‘llanilayotgan mehnat vositalari, asbob-uskunalar,
xom-ashyo va materiallarga bog‘liq bo‘lgan funktsiyalari va vazifalarini,
shuningdek, xodim mehnatiga, uning murakkabligiga va malakasiga qo‘yiladigan
talablarni ham belgilaydi.
Mehnat taqsimoti dastavval muayyan mehnat mahsulotini tayyoralash uchun
zarur bo‘lgan ayrim ijrochilar mehnati o‘rtasidagi sifat jixatdan farqlarni aks
ettiradi. Ammo mehnat taqsimoti ikkinchi tomondan, turli sifatga ega bo‘lgan
mehnatni miqdor nisbatlarini ham belgilab beradi. Bu nisbatlar ishlab chiqarish
hajmi, uning miqyoslariga bog‘liqdir. Turli sifat va miqdordagi mehnat o‘rtasidagi
ko‘rsatib o‘tilgan muvofiqlikni aniqlash uchun mehnati sarflash me‘yorini bilish
zarur. Bu me‘yor normalash yordamida nechog‘li aniq belgilangan bo‘lsa, mehnat
operatsiyasi shu qadar samarali va mustaqil bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayoni va
birgalikda qilinadigan mehnatni tashkil etish, belgilangan mehnat taqsimoti va
kooperatsiyasiga amal qilishni ta‘minlaydigan qatiiy intizomni talab qiladi. Mehnat
taqsimoti va kooperatsiyasi ishlab chiqarish protsessining mohiyati va harakteriga,
qo‘llanilayotgan mehnat vositalariga ob‘ektiv bog‘liq bo‘lganiga tufayli mehnatni
samarali tashkil etishning ob‘ektiv va zarur sharti bo‘lgan intizom ham muhim
ahamiyatga ega.
Mehnat va dam olish rejimi mehnat intizomitga amal qilinadigan umumiy
shart-sharoitlarni va doiralarni vujudga keltiradi. Mehnat rejimi ish kunining
boshlanishi va tugashi, uning qancha davom etishi, ovqatlanish vaqti, smena
grafiglari, ish joylari va uchastkalariga xizmat ko‘rsatish tartibi, ish xaftasi va
xaftalik dam olishning davom etishi, ish davomidagi ishlash va dam olish vaqti,
navbatdagi mehnat otpuskalari, grafiklarni belgilaydi.
Mehnat qo‘llanilayotgan asbob-uskunalar, materiallar harakteri bilan
foydalaniladigan uslub va texnologiya bilan bog‘lik bo‘lgan muayyan sharoitda
sodir bo‘ladi. Bu shart-sharoitlar xodimning o‘ziga ham uning mehnat samarasiga
ham ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, me‘yor bo‘lmagan mehnat sharoiti ishchining
o‘ziga, gavdaning turli organlariga nerv tizimiga salbiy ta‘sir ko‘rsatib, uning
sog‘lig‘ini yomonlashtirish, uning barvaqt charchatib qo‘yishi mumkin. Normal
qullay shart-sharoitini ta‘minlaydigan tadbir choralar xodimning qobiliyatini
saqlaydi, mehnatni jozibali qiladi, shu tariqa jiddiy ijtimoiy vazifa mehnatning
yashash vositasidan asta-sekin insonning birinchi xayotiy ehtiyojiga aylanishini
ta‘minlaydi.
Mehnat muhofazasi kishilarni ishlab chiqarish jarayonidagi turli elementlarni
uskunalar, materiallar, ximikatlar, transport vositalar, qurilmalar va boshqalar
ta‘siridan saqlaydi.
Mehnatni muhofaza qilishning qoniqarli darajada bo‘lmasa mehnatni normal
tashkil etishning izdan chiqaradigan ishlab chiqarish shikaslanishi sodir bo‘lishiga
mehnat jarayonining uzulishiga ayrim xollarda esa uzoq vaqt to‘xtab qolishga olib
kelishi mumkin.
Mehnatni
tashkil
etish
ongli
intizomgagina
emas,
balki
moddiy
manfaatdorlikka asoslanadi. Bunda mehnatni shunday tashkil etish nazarda
tutiladiki, ya‘ni dastavval kishilarning mehnat jarayonida ishtirok etish, tegishli
kasb va malakalarni egallashi ta‘minlaydi, mehnat unumdorligini oshirish, ish
vaqtidan yaxshirooq foydalanish rag‘batlantiriladi.
Mehnatni tashkil etish malakali mutaxassis kadrlarga ham bog‘liq. Shuning
uchun korxonada ishlovchilarning ma‘lumotiga katta e‘tibor berish kerak. Korxona
ishlab chiqarish jarayonini yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ishchi xodimlarini
o‘qitishlari lozim. Agarda ishlayotgan odam o‘qigan bo‘lsa, oliy yoki o‘rta maxsus
malakaga ega bo‘lsa, u har qanday texnika va texnologiyani o‘zlashtira oladilar. Bu
ishchilarning ish unumdorligi malakasi pastroq ishining ish unumdorligidan ancha
yuqori bo‘ladi.
Har bir inson bir soxada astoydil va e‘tibor bilan kundalik topshirilgan ish
vazifasini qoyilmaqom qilib bajarish bilan bir qatorda, o‘z malakasini uzluksiz
oshirish bilan shug‘ullanish natijasida misqollab to‘plagan tajribasini, o‘zini
kundalik mehnat faoliyatida ishga solish natijasida har ishni, xizmatni boshqa bir
soxada ishlayotgan kishiga nisbatan tez, yengil va sifatli bajarish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishni samaradorligini, tayyorlangan
mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini oshirishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri ilg‘or ish uslublarini ishlab chiqarishga joriy qilishdir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MITQ) - bu mehnat jarayoni tizimi bo‘lib, u
fan va amaliyotda erishilgan yutuqlariga asoslanadi hamda mehnat unumdorligini
oshirishga, mehnatni asta-sekin kishilarning birinchi hayotiy ehtiyojiga
aylantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tugallangan, barqaror tizim bo‘lib bo‘la olmaydi,
chunki u konkret texnika bilan bog‘liq va shu texnikaning xususiyatlari, odamga,
uning bilimi va madaniyatiga qo‘yadigan talablari bilan shartlangan bo‘ladi.
Shunday qilib, mehnatni ilmiy tashkil qilishga uning uslublarini yangi texnikaga,
yangi bilimlar va yangi tajribaga muvofiqlashtirish maqsadida mehnatni muttasil
ratsionallashtirib borish jarayoni deb qarash kerak.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish doimo shakllanish va rivojlanish jarayonida
bo‘ladi. Uning ko‘p muammolari tadqiqotlarni yana davom ettirishni taqozo etadi.
Bu chunonchi, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalashning, shu jumladan,
mehnatni brigada bo‘lib, psixofiziologik jixatdan optimal shakllarini tanlashga,
meoyorlarning og‘irligini belgilash va baholash uslublariga, meoyorlash ishlab
chiqish va boshqalar taaluqlidir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishga quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash shakllarini tanlash;
- mehnat usullarini takomillashtirish;
- ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
- mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat va dam olish rejimlarini oqilona tashkil
etish;
- ijodiy aktivlikni rivojlantirish va ongli mehnat intizomini tarbiyalash;
- kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish;
- mehnatni me‘yorlash va rag‘batlantirishdan iborat.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishdagi yo‘nalishlarning ko‘pligi mehnatning
naqadar murakkab jarayon ekanligini bildiradi. Bunda mehnatni ilmiy tashkil
qilishning asosiy vazifalariga, ya‘ni uning iqtisodiy, psixofiziologik va ijtimoiy
vazifalariga amal qilinishi lozim.
Iqtisodiy vazifalar texnikaning mavjud darajasida mumkin qadar maksimal
mehnat unumdorligiga erishishdan iborat.
Psixofiziologik vazifalar, sog‘lom mehnat sharoitini ta‘minlab berishdan,
mehnatkashlar ish qobiliyatini saqlab qolish va davom ettirishdan iborat.
Ijtimoiy vazifalar mehnatni asta sekin kishining birinchi hayotiy ehtiyojiga
aylantirishdan iborat. Bu vazifalarning hammasi kompleks hal qilinishi lozim.
Insonning mehnat faoliyati uning eng muhim hayotiy sharoitlariga bog‘liq.
Shuning uchun mehnatni ilmiy tashkil qilish vazifalari inson tarixida hosil qilgan
bilim va tajribalar asosida hal qilinadi.
Mehnat jarayoni asosiy ommillarining xarakteri va mazmuni qandayligiga
qarab mehnatni ilmiy tashkil qilishning asoslari quyidagicha bo‘linadi: iqtisodiy-
ijtimoiy asoslar, texnik-texnologik asoslari, psixologik asoslari.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Mehnatni ilmiy
tashkil qilish asosiy iqtisodiy qonuni va mehnat unumdorligining o‘sish qonunini,
va mehnatga qarab taqsimlash qonunini amalga oshiradigan asosiy vositalaridan
biri bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishga iqtisodiy talablar bilan birga ijtimoiy talabalr
ham asos bo‘ladi. Mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalashning ratsional
shakllarini tanlash, ish joylari va mehnat sharoitini takomillashtirish, mehnatni
qiziqarliroq, ijodiyroq qilishga, uni birinchi hayotiy ehtiyojga aylantirishga
yordam beradi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning texnik texnologiya asoslari. Mehnat
jarayoning mazmuni va uning tashkil etilishi ishlab chiqarish texnikasi va
texnologiyasining
harakteriga
bog‘liq.
Mashinalar
konstruktsiyasining
takomillashuvi ham mehnatni tashkil qilishda o‘zgarishlarga olib keladi. Bunda
ba‘zi bir xil kasblar kerak bo‘lmay qoladi, ba‘zilarda esa kasb vazifalari o‘zgaradi.
Texnikadan to‘la foydalangan va mehnatni shu texnikaga qat‘iyan monand
ratsional tashkil qilgan taqdirdagini ishlab chiqarish yuksak samarador bo‘lishiga
erishiladi. Ravshanki, bunday vazifani hal qilish aniq texnikani ham mehnatni
ilmiy tashkil qilishni ham bilishni talab etadi. Mashinalar esa ish vaqtini ham,
odam energiyasini ham tejashni nazarda tutib, odamning imkoniyati, xizmat
ko‘rsatish qulay bo‘lishini hisobga olib tuzilgan bo‘lish kerak.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning psixofiziologik asoslari. Mehnat
unumdorligini yuksak bo‘lishini ta‘minlash uchun mehnatkashlar salomatligi va
ish qobiliyati saqlanib turadigan sharoit yaratilishi kerak. Shuning uchun mehnatni
ilmiy tashkil qilish uslublarini ishlab chiqishda mehnat fiziologiyasi va
psixoologiyasi, sanitariyasi va gigiyenasi, ergonomika, injenerlik psixologiyasi,
ishlab chiqarish estetikasi sohasidagi ilmiy yutuqlarga tayanib ish ko‘riladi. Odam
o‘zining kasb vazifalarini bajarayotganda uning organizmidagi ro‘y beradigan
psixofiziologik jarayonlarni o‘rganish mehnat qilish, hunar o‘rganish usullarini
takomillashtirish, mehnat qilish, dam olish, tashqi muxit sharoitlarini
ratsionallashtirish uchun ilmiy asoslangan amaliy takliflar tavsiya etish
imkoniyatini beradi. Mehnat psixologiyasi va fiziologiyasi tadqiq etadigan
jismoniy energiya sarfini me‘yorlash va uni o‘lchash usullari bo‘lmay turib,
mehnatni ilmiy tashkil qilishning, mehnatni me‘yorlash va rag‘batlantirish singari
muhim yo‘nalishlari chinakkam ilmiy asosda bo‘la olmaydi. Bu soxada ko‘p ilmiy
ishlar qilinish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |