.
10.3. Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish.
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob berishini
ta‘minlash uchun texnik nazorat xizmati tashkil etiladi.
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga
oshiriladigan nazorat operatsiyalari majmuidir.
Texnik nazorat ob‘yekti bo‘lib korxonaga chetdan keltiriladigan materiallar,
ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar, mashinalar, instrumentlar va
boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Korxonaning barcha uchastkalaridagi texnik nazorat korxona doirasidagi
yagona organ – texnik nazorat bo‘limida mujjassamlanadi.
Texnik nazorat bo‘limi xodimlari korxonaning ishlab chiqarish texnik va
boshqa operativ organlaridan mustaqil hisoblanib, mahsulot sifatiga oid xulosa
chiqarishda xolis bo‘lishlari va davlat manfaatlaridan kelib chiqishi zarur. SHuning
bilan birga texnik nazorat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar mahsulot
sifatining bevosita ishlab chiqaruvchi tomonidan nazorat qilishni ham inkor
etmaydi. Korxonaning ishlab chiqarish xodimlari sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarganlik uchun ma‘suliyatni, labaratoriya boshliqlari esa ular tomonidan
berilayotgananalizlar va xulosalar noto‘g‘riligi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga
oladilar.
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi sifatida texnik nazorat korxonani
sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlardan saqlaydi.
Texnik nazorat bo‘limi xodimlari ma‘muriy texnik xodimlar bilan birga
texnologik jarayonlar barqarorligini ta‘minlash, sifatsiz, nosoz mahsulotlar ishlab
chiqarishning oldini olish, mahsulot sifati darajasini oshirish bilan bog‘liq
prafilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
Texnik nazorat obektlari bo‘lib korxonaga keltiralayotgan xom-ashyo,
materiallar, yoqilg‘i, komlektlovchi buyumlar, ishlab chiqarish jihozlari holati ,
u\ish o‘rinlarida bajariladigan texnologik jarayonlar va tayyor mahsulot
hisoblanadi. Texnik nazorat va sinovlar mahsulotni unga qo‘yiladigan talablarga
muvofiqligini aniqlash bilan bir qatorda mahsulot sifatini boshqarish uchun
axborot bilan ham ta‘minlaydi.
Texnik nazorat bo‘limi quyidagi vazifalarni boshqarishga yo‘naltiriladi:
1.
Mahsulot sifatining texnik hujjatlar (chizmalar, texnik shartlar, standartlar,
normalar, etalonlar) talablariga muvofiqligini nazorat qilish, qabul qilingan
mahsulotni markirovka
qilish, brak mahsulotlarga belgilar qo‘yish, brak
mahsulotlarini ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash ustidan nazorat qilish.
2.
Tayyor mahsulotni texnik sinovdan o‘tkazish va qabul qilingan
mahsulotlarning talabga javob berishning tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini nazorat qilish.
3.
Sex, bo‘limlar, labaratoriyalar, nazorat byurolari, ilmiy tadqiqot institutlari
bilan hamkorlikda ishlab chiqarish va iste‘molda yuzaga kelgan
konstruktiv, texnologik va boshqa defektlarni tahlil qilish, shuningdek
ularni bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish, sifatsiz mahsulot ishlab
chiqargan ishchi xodimlarni aniqlash.
4.
Korxonaga keltirayotgan materiallar sifatini nazorat sifatini nazorat qilish va
zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish.
5.
Tayyor mahsulotlarning butligini, konservatsiyalash va qadoqlash holatini
nazorat qilish, tara
va markirovka sifatini nazorat qilish.
6.
Tovar belgisi mavjudligini nazorat qilish.
7.
Jihoz, insturiment, moslamalarning holatini nazorat qilish ustidan inspetsion
tekshirishni yo‘lga qo‘yish, korxonada tayyorlanayotgan uskunalar,
instirumentlar sifatini nazorat qilish.
8.
O‘lchovlar birligi ustidan va o‘lchov vositalari holatini nazorat qilish, asosiy
ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarini nazorat qilishning to‘g‘riligini
inspeksion nazorat qilish .
9.
Yangi standartlar va texnik hujjatlarni joriy qilish tadbirlarini o‘z vaqtida
o‘tkazilish ustidan nazorat o‘tkazish.
10.
Sexlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining tasdiqlangan kartalar,
instruksiyalar, sxemalarga muvofiqligini nazorat qilish, labaratoriyalarda
namunalarni olish va tahlil qilish.
11.
Brak va defektlarni sabablari va aybdorlar bo‘yicha operativ- texnik
nazoratini, qaytarilgan mahsulotlar hisobini yuritish, ishlab chiqarishda
brakning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarda ishtirok
etish.
12.
Ishlab chiqarishga nazorat operatsiyalarni bajaradigan yangi uskunalarni
joriy etish, nazorat qilishning ilg‘or usullar va uslublarini joriy etish.
Korxonada mahsulot sifatini texnik nazoratini tashkil etish bosh nazoratchi
rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi texnik nazorat bo‘limi nazoratchi xodimlari
tomonidan amalga oshiriladi. Texnik nazorat bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va
shtatlari har bir korxona uchun alohida uning xususiyatlari va ishlab chiqarish
hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Texnik nazorat byurolari nafaqat asosiy
sexlarda balki yordamchi sexlarda ta‘mirlash, energetik, slesarlik
-
qurilish
bo‘limlarida ham tashkil etiladi va odatda bosh mexanik, bosh elektirikka
bo‘ysunadi.
Barcha tayyorlanayotgan mahsulot iste‘molchiga texnik nazorat bo‘limidan
yoki davlat nazoratidan o‘tib, zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng
jo‘natiladi. Shunday qilib texnik nazorat bo‘limi texnologiyaning belgilash
darajasini ta‘minlaydi, brakdan ogohlantirish va mahsulot sifatini oshirish
imkonini yaratadi.
Texnik nazorat bo‘limi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish.
2.
Kadrlar malakasini oshirish.
3.
Texnik nazoratning barcha turlari samaradorligini tahlil qilish.
4.
Mahsulot sifatini nazorat qilish va baxolash usullarini joriy etish.
5.
Dastlabki nazorat.
6.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekspluatatsion xususiyatlarini
tahlil etish.
7.
Kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirilishi
va samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirish.
8.
Mahsulot sertifikatlashda ishtirok etish.
9.
Mahsulot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish.
10.
Normativ texnik hujjatlarni takomillashtirishda ishtirok etish.
Nazorat amalga oshiriladigan texnik vositalar, texnik nazorat usullari va
shakllari mahsulot xarakteri, texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni
tashkil etish xususiyatlariga mos kelishi zarur.
Nazoratni tashkil etishda har bir texnik nazorat xodimiga majburiyatlarni
aniq taqsimlash, yuqori sifat uchun moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirishning
samarali usullarini qo‘llashni talab etadi.
Texnik nazorat profilaktik xarakterga ega bo‘lishi ya‘ni talabdan chetga
chiqishni bartaraf etish emas balki ularni paydo bo‘lishini ogohlantirish lozim.
Amalga oshirish usuliga ko‘ra texnik nazoratning vizual (tashqi kuzatish),
geometrik (o‘lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy, mexanik, metallografik
(tarkibi chidamliligi, tuzilmasini tekshirish) turlari ajratiladi.
Nazoratda qo‘llaniladigan texnik vositalarga ko‘ra texnik nazorat qo‘l,
mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo‘linadi. Nazorat
qilinadigan ob‘yektlarning qamranish darajasiga ko‘ra umumiy va tanlama nazorat
bo‘lishi mumkin.
Tugallangandan so‘ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operatsiyalar
xarakteriga ko‘ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov
berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turli bosqichlarida) va
yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operatsiyalaridan so‘ng) nazoratlarni
ajratish mumkin.
Nazorat operatsiyalarning ijrochilari bo‘yicha maxsus nazorat xodimlari
tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan
amalga oshiriladigan nazoratga bo‘linadi.
Bundan tashqari texnik nazorat operatsiya bo‘yicha va guruh bo‘yicha
(operatsiya guruhlaridan so‘ng), doimiy va davriy, stasionar va harakatlanuvchan
bo‘lishi mumkin. Masalan, tikuvchilik korxonalarida yakuniy umumiy nazorat,
ta‘mirlash korxonalarida dastlabki nazorat (nosozlikni aniqlash), keng qo‘llaniladi.
Nazorat operatsiyalarini bajarishda korxonaning barcha ishchi xodimlari bevosita
ishtirok etishi lozim.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini muntazam oshirib borish zamonaviy
ishlab chiqarishning muhim xususiyatidir. Mahsulot sifatini oshirib borish
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning muhim sharti, mehnat unumdorligini,
korxona raqobatdoshligini oshirishning asosi bo‘lib maydonga chiqadi. Mahsulotni
me‘yoriy-texnik hujjatlashtirish talablariga muvofiq ishlab chiqarish texnik nazorat
orqali ta‘minlanadi.
Texnik nazorat tizimi (nazorat obektlari, nazorat operatsiyalari, ularning
ketma-ketligi, texnik jihozlash, tartiblar, uslublar, mehanizatsiyalash va
avtomatlashtirish vositalari) ishlab chiqarish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi
bo‘lib xizmat qiladi va korxona bosh texnologi yoki texnik nazorat bo‘limi
ishtirokida loyiha texnologik tashkilotlar tomonidan texnik qurilmalar tayyorlash
texnologiyalarni loyihalashtirish bilan bir vaqtda tashkil etiladi.
Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish uchun barcha ishlab chiqarish
omillarining barqarorligi va birinchi navbatda ishlab chiqarishga kiritilayotgan
materialllar sifati, ishlab chiqarish vositalari holati, mavjud texnologik
jarayonlarning texnologik kartalarda va instrutsiyalar talablariga muvofiqligiga
bog‘liq bo‘ladi. Ushbu barqarorlik shuningdek mahsulot sifatini standartlar, texnik
shartlar va boshqa rahbariy hujjatlar talablari doirasida bo‘limini ta‘minlayd
Do'stlaringiz bilan baham: |