8.2. Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi mohiyati va normativlari.
Ta‘mirlash xo‘jaligining oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilish rejali-
ogohlantiruvchi ta‘mirlash tizimini joriy qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
ROT tizimi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini
ta‘minlashga qaratilgan ta‘mirlash va xizmat ko‘rsatish tadbirlarining yig‘indisi.
Bu jarayonlar oldin ishlab chiqarilgan rejalar asosida profilaktik ravishda amalga
oshiriladi.
ROT tizimi birinchi marta sobiq SSSRda ishlab chiqarilib, joriy etilgan,
keyinchalik boshqa chet el davlatlarida ham qo‘llanila boshlagan. Qo‘llanish
doirasiga ko‘ra ROT tizimining uch xil turi mavjud:
1.
Kuzatishlardan keyingi ta‘mirlash. Bunda ta‘mirlash turi mazmuni va
muddati doimiy kuzatishlar asosida belgilanadi. Bu tizim ko‘proq yirik,
og‘ir va unikal jihozlarning ta‘mirlashida, vaqti-vaqti bilan ishlaydigan
jihozlarda qo‘llaniladi.
2.
Standart ta‘mirlashlar tizimi asosida belgilab qo‘yilgan muddatda,
doimiy ishlaydigan jihozlarning ta‘mirlashi yotadi.
3.
Davriy ta‘mirlash esa ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda
jihozlarning ish bilan ta‘minlanishi yuqori bo‘lganda qo‘llaniladi.
Ushbu tizim ko‘proq mashinasozlikda qo‘llaniladi.
ROT tizimi o‘z ichiga quyidagi ishlarni oladi:
1. Jihozlarga ta‘mirlashlar orasida xizmat ko‘rsatish;
2. Jihozlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib, turli profilaktik operatsiyalar amalga
oshirish;
3. Turli ta‘mirlash turlarini amalga oshirish.
Ta‘mirlashlar orasidagi xizmat ko‘rsatish jihozlarni kundalik kuzatib, kichik
nosozliklarni vaqtida yo‘qotib borishdir (jihozlarning tozaligini saqlash, stanok
qismlarini yog‘lab turish).
Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turuvchi ta‘mirlash ishlari ta‘mirlash brigadalari
tomonidan amalga oshirilib bunda stanokning ba‘zi bir butunlari sozlash,
stanokning zaruriy joylarini yuvib tozalash, yog‘ini almashtirish kabi operatsiyalar
bo‘ladi. Bundan tashqari stanokni tekshirib, mavjud nosozliklar aniqlanadi,
navbatdagi ta‘mirlash muddati va hajmi belgilanadi.
Jihozlarni ta‘mirlashning uch xil turi ajratiladi:
1.
Kichik ta‘mirlash – jihozlarni tez almashtiriladigan qismlarni almashtirish,
kichik nosozliklarni tugatish, jihozlarning mexanizmlarini regulirovka qilishdan
iborat.
2.
O‘rta ta‘mirlash – jihozlarni qismlarga ajratib ayrim yeyilib ishdan chiqqan
qismlarini almashtirish, uning unumdorligini tiklash.
3. Kapital ta‘mirlash – rejali ta‘mirlashning eng katta turi bo‘lib, bunda jihozlarni
turligicha qismlarga ajratib, undagi barcha nosozliklarni yo‘qotish, yog‘lash va
qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Kapital ta‘mirlash natijasida jihozlarning
boshlang‘ich xususiyati to‘lig‘icha tiklanadi.
Ta‘mirlashlar orasidagi xizmatlar ko‘rsatish, davriy kuzatishlar va o‘rta
ta‘mirlashlar korxonaning joriy xarajatlari hisobiga amalga oshiriladi va
xizmatlarning tannarxiga kiritiladi.
Kapital ta‘mirlash va modernizatsiya amortizatsiya ajratmalari hisobiga
amalga oshiriladi.
1. ROT tizimi asosida turli ta‘mirlash ishlarining tartibi va bajarish muddatini
belgilovchi normativlar yotadi: ta‘mirlash sikli, ta‘mirlashlar orasidagi davr,
kuzatishlar oralig‘idagi davr, ta‘mirlashning murakkablik kategoriyasi, jihozning
ta‘mirlashda turib qolish davri, ta‘mirlash ishlarining mexanik sig‘imi normasi.
1.
Ketma-ket kapital ta‘mirlash orasidagi davr ta‘mirlash sikli deyiladi. Ana shu
davr mobaynida amalga oshiriladigan kuzatishlar, kichik va o‘rta ta‘mirlashlar
ketma-ketligi, ta‘mirlash siklining tuzilmasi deyiladi. Ta‘mirlash sikli tuzilmasi
ma‘lum bir turdagi jihozlar uchun yagona tarzda belgilanadi. Masalan: og‘irligi
10 tonnagacha bo‘lgan yengil va o‘rta metall qirqish stanoklari uchun
ta‘mirlash sikli quyidagicha bo‘ladi.
T - K - M - K - M - K – O‘ - K - M - K - M - K – O‘ - K - M - K - M - K - T
T – kapital ta‘mirlash – 2
O‘ – o‘rta ta‘mirlash – 2
M – kichik ta‘mirlash – 6
K – kuzatish – 9
Press jihozlar uchun esa ta‘mirlash sikli quyidagicha:
1.
gidravlik presslar uchun:
T-K-K-M,-K-K-M
2
-K-K-M
3
-K-K-O‘
1
-K-K-M
4
-K-K-M
5
-K-K-M
6
-K-K-K-T
T-1, O‘-1, M-6, K-16
2.
Mexanik presslar uchun:
T-K-K-M,-K-K-M
2
-K-K-O‘
1
-K-K-M
3
-K-K-M
4
-K-K-M
5
-K-K-O‘
2
-K-K-M
6
-K-
K-T
K-2, O‘-2, M-6, K-18
Ta‘mirlash siklining uzunligi jihozning murakkabligiga, ish tartibiga,
materialga, ishlab chiqarish turiga, jihozning og‘irligiga, ishlatilish sharoitiga
bog‘liq bo‘ladi.
2 ta ketma-ket ta‘mirlash orasidagi davr ta‘mirlashlar orasidagi davr deyiladi.
Uning uzunligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
T
r
= T
rs
/ (R
o‘
+ R
m
+ 1)
T
rs
– ta‘mirlash sikli uzunligi,
R
o‘
, R
m
– o‘rta va mayda ta‘mirlashlar soni.
Ikki ketma-ket kuzatishlar yoki kuzatish va undan keyingi ta‘mirlash orasidagi
davr kuzatish orasidagi davr deyiladi. Uning uzunligi quyidagicha aniqlanadi:
T
k
= T
rs
/(R
o‘
+ R
m
+ R
k
+ 1)
Bu ko‘rsatikichlarning davomiyligi (uzunligi) ROT tizimi to‘g‘risidagi
ko‘rsatmada aniq hisob-kitoblar orasida turli jihozlar uchun belgilab qo‘yilgan.
Masalan: konstruksion po‘latga ommaviy usulda ishlov beruvchi termall qirqish
stanogi uchun quyidagi normativ davrlar belgilangan.
1sm – 13 yil
2 sm – 6,5 yil
3 sm – 4,5 yil
Ta‘mirlash oralig‘iaro davr:
1 sm – 17, 5 oy
2 sm – 9 oy
3 sm – 6 oy
Quvvatlanish oralig‘idagi davr:
1 sm – 8,5 oy
2 sm – 4,5 oy
3 sm – 3 oy
Ta‘mirlash ishlarining murakkabligini belgilash va mehnat sig‘imini aniqlash
maqsadida shartli ta‘mirlash birligiga o‘tkaziladi.
Konstruktiv va texnologik xususiyatiga ko‘ra, har bir jihoz uchun o‘z
murakkablik kategoriyasi o‘rnatiladi. Murakkablik kategoriyasi ta‘mirlash
qilinayotgan jihozni etalon sifatida qabul qilingan jihoz bilan solishtirish orqali
aniqlanadi.
Masalan: maishiy yengil metal qirqish stanoklari ta‘mirlash murakkablik
kategoriyasini aniqlash uchun etalon qilib 1k 62 tokarlik vint qirqish stanogi
(murakkablik kategoriyasi – 11), 22A kl tikuv mashinasi (ta‘mirlash murakkablik
kategoriyasi – 1) elektrotexnik jihoz uchun – asinxron dvigatel (murakkablik
kategoriyasi – 1) qabul qilingan.
Shunga binoan har bir jihoz birligi ta‘mirlash murakkablik kategoriyasi bilan
xarakterlanadi. Masalan, freon tarqatuvchi moslama RF-1 da 2 ga teng, 202 sinf
tikuv mashinasining murakkablik kategoriyasi 2, kiyimlarni kimyoviy tozalovchi
KX-011 mashinasi uchun – 16 ga teng.
Har bir jihoz uchun ta‘mirlash murakkabligi birligi uchun vaqt sarfi
normativlari belgilanadi.
ROT tizimi normativlari har bir ta‘mirlash birligini ta‘mirlashni
rejalashtirish, ta‘mirlash ishlari umumiy mehnat sig‘imini rejalashtirish,
ta‘mirlovchi ishchilar sonini aniqlash, jihozni ta‘mirlashda turish vaqtini aniqlash
uchun imkoniyat yaratadi.
8.1 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |