Xulosalar.
Transport xo‘jaligi – uning korxonalar tasarrufidagi transport vositalari va
qurilmalari( garaj, ta‘mirlash ustaxonalari, relsli va relssiz yo‘llar)dan tashkil
topadi.
Uzatish jarayoni – yuklarning geometrik shakli, o‘lchovlari va fizik-kimyoviy
xususiyatlarini saqlagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish operatsiyalari
yig‘indisi tushuniladi.
Transportirovka jarayoni esa yukni yuklagan joydan talab etilgan joygacha
ma‘lum bir marshrut bo‘yicha eltish operatsiyalari yig‘indisidir.
Yuk aylanishi
–
ma‘lum vaqt davomida (kun, oy, kvartal, yil) tashiladigan
yuk miqdori.
Ikkita sex, korxona, omborxona orasida tashiladigan yuklar miqdori yuk
oqimi deyiladi.
Ombor xo‘jaligini tashkil etishning mohiyati, korxona uchun uning quvvati
ishlab chiqaradigan mahsulot hajmidan kelib chiqib, zaruriy omborxonalar sonini
aniqlash, ularni samarali joylashtirish, zaruriy omborxona maydonini hisoblash,
omborxonalarni yuklash-tushirish, uzatib berish mexnizmlari stellajlar va boshqa
jihozlar bilan ta‘minlanishini tashkil etishdan iboratdir.
Nazorat savollari.
1.
Korxonalarda transport xo‘jaligini tashkil etishning ahamiyati nimada?
2.
Transport xo‘jaligining vazifalari.
3.
Transport xo‘jaligi klassifikatsiyasi.
4.
Yuk tashish yo‘nalishlarining qanday turlari mavjud?
5.
Transport vositalariga talab qanday hisoblanadi?
6.
Yuk aylanishi va yuk oqimi.
7.
Transport xo‘jaligini tashkil etishni takomillashtirish yo‘llari.
8.
Yuklarni uzatish jarayoni nima?
9.
Ichki transport ishini tashkil etishning xususiyalari?
10.
Tranportirovka jarayoni nima?
Testlar:
1.Yuk aylanishi nima?
a) muayyan vaqt davomida tashilayotgan yuklarning umumiy miqdoridir;
b) ikki korxona orasida tashilayotgan yuk miqdoridir;
c) ma'lum bir vaqt orasida korxonadan chiqib ketadigan yuk miqdori;
d) korxonaga keltirilgan yuk miqdori.
2. Transport vositalarining o'tish vaqti qanday aniqlanadi?
a) To't=L*Vo'r L- yo'nalish masofasi, m;
b) To't=L/Vo'r Vo'r- transport vositasi o'rtacha tezligi;
c) To't=Vo'r/L
d) To't=Vo'r+L P- reyslar soni.
3. Sexlar (qabul punktlari, omborlar) orasida tashilayotgan yuk miqdori-…….
a) yuk oqimi;
b) yuk aylanishi;
c) uzatish jarayoni;
d) transportirovka.
4. Transport xo'jaligining tarkibi va tuzilmasi quyidagi omillar bilan belgilanadi?
a) yuk hajmi va og'irligi, sex surukturasi, turi va ishlab chiqarish miqyosi;
b) yuk hajmi va og'irligi, ishlab chiqarish miqyosi, mulkchilik shakli;
c) yuk hajmi va og'irligi, yuk saqlash va tashish xususiyatlari, tashish masofasi;
yuk hajmi va og'irligi, sex surukturasi turi va ishlab chiqarish miqyosi, mulkchilik
shakli;
d) yuk hajmi va og'irligi, ishlab chiqarish turi va miqyosi, mulkchilik shakli;
5. Yuk oqimi deb nimaga aytiladi?
a) korxonaga keltirilayotgan yuk miqdori;
b) sexlar orasida tashilayotgan yuk miqdori;
c) korxonadan chiqib ketayotgan yuk miqdori;
d) ish o‘rinlari orasida tashilayotgan yuk miqdori.
6. Transportirovka jarayoni?
a) yuklarning bir sexdan ikkinchisiga ko'chirish;
b) yukni yuklangan joyidan talab etilgan joygacha ma‘lum yo'nalishda eltish
operatsiyalari yig‘indisi;
c) yukni geometrik shakli va xususiyatlarini saqlangan xolda ko'chirish
operatsiyalari yigindisi;
d) ish o‘rinlari orasida tashilayotgan yuk miqdori.
7. Uzatish jarayoni nima?
a) yuklarni transport vositalari yordamida operatsiyalar orasida harakatlantirishdir;
b) yuklarni yuklangan joydan talab etilgan joygacha ma‘lum bir yo'nalish bo'yicha
eltish operatsiyalari yi‘gindisidir;
c) yuklarni geometrik shakli o'lchamlari va fizik - kimyoviy xususiyatlarini
saqlagan xolda bir joydan ikki joyga ko'chirish operatsiyalari yig‘indisidir;
d) ko'chirish operatsiyalari yig‘indisidir.
8. Transportning qanday ratsional marshurtlarini bilasiz?
a) halqasimon, bir tomonlama chiziqli, yuk oqimi o'sayotgan;
b) yuk oqimi o'sayotgan, yelpig'ichsimon, bir tomonlama tebranuvchan,
halqasimon.
c) yuk oqimi o'sayotgan, yelpig'ichsimon, bir tomonlama tebranuvchan,
halqasimon.
d) tebranuvchan, yelpig'ichsimon, halqasimon.
9. Ombor maydoni qanday qismlarga taqsimlanadi?
a) yuk uchatkasi, foydali maydon;
b) yuk maydon, foydali maydon, operativ maydon;
c) yuk maydon, foydali maydon, operativ maydon, konstruktiv;
d) foydali maydon, operativ maydon, konstruktiv, umumiy.
10. Yuklash usuliga ko‘ra foydali maydon qanday aniqlanadi?
a) S
n
= q
g
/ Z
max
b) S
n
= Z
max
*q
g
c) S
n
= Z
max
/q
g
d) S
n
= Z
max
+q
g
Do'stlaringiz bilan baham: |