Olganligiga tilxat berish
qabul qiluvchidan uzatuvchiga
uzatiladi va
uzatuvchi tomonidan uzatilgan axborot qabul qiluvchiga tilxatda ko‘rsatilgan
ondan kechikmasdan yetkazganligini isbotlashda ishlatilishi mumkin.
Bekor qilish
- sertifikatlar, vakolatlar va imzolar ta’sir kuchini bekor qilish.
Agar axborot almashishda ishtirok etuvchi yoki unga tegishli kalitlar va
sertifikatlar obro‘sizlansa, ushbu foydalanuvchini resurslardan foydalanishga yo‘l
qo‘ymaslik va mos sertifikatlarga ishonmaslik zarur, chunki bu sertifikatlardan
niyati buzuq foydalanishi mumkin. Bekor qilish muolajasi sertifikatsiya markaziga
nisbatan ham qoilanishi mumkin.
Anonimlik
kamdan-kam uchraydi. Hukumatlar
va shirkatlar uchun
foydalanuvchining axborot muhitida qandaydir harakatlarining anonim bo‘lib
qolishligi foyda bermaydi. Shu sababli anonimlikni ta’minlovchi loyihalar
kamdan-kam uchraydi va odatda uzoq yashamaydi. Zero kommunikatsiya
vositalari ko‘pincha u yoki bu xabaming uzatilishi marshrutini va demak,
uzatuvchini aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida keltirilgan vazifalar mavjud axborot dunyosi ehtiyojiga asosan
tavsiflangan. Vaqt o‘tishi bilan ba’zi vazifalar o‘z dolzarbligini yo‘qotishi va
aksincha, yechimini kutuvchi yangi vazifalar paydo bo‘lishi mumkin.
Sivilizatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafaqat jamiyat va
davlat institutlari faoliyatida, balki har bir shaxs hayotida hal qiluvchi rolni
o‘ynaydi.
Shaxsning axborot muhitidagi
manfaatlari
inson va fuqaroning
axborotdan foydalanishdagi konstitutsiyaviy huquqlarining amalga
oshirilishini,
qonun taqiqlamagan faoliyatni, fizik, ma’naviy va intellektual rivojini hamda
shaxsiy xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Jamiyatning axborot muhitidagi
manfaatlari
ushbu muhitda
shaxs
manfaatlarini ta’minlashni, demokratiyani mustahkamlashni, huquqiy ijtimoiy
davlatni yaratishni, jamiyat inoqligiga erishish va uni madadlashni, mamlakatning
ma’naviy yangilanishini ko‘zda tutadi.
Davlatning axborot muhitidagi manfaatlari
inson va
fuqaroning axborot
olishidagi konstitutsiyaviy huquq va erkinligini ta’ minlashni, olingan axborotdan
konstitutsiyaviy tuzumning mustahkamligini, davlat suvereniteti va hududiy
yaxlitligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni hamda
qonuniylikni va
huquqiy tartibni, teng huquqli va o‘zaro foydali xalqaro hamkorlikni ta’minlash
maqsadida foydalanishdagi shart-sharoitlami yaratish uchun axborot
infrastrukturasining garmonik rivojini ko‘zda tutadi