33
ta’minlaydigan ikkinchi ijtimoiy nazoratchi bo’lgan axloqning roli ortib borishi
lozim bo’ladi.
Mamlakatimizda erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlatdan
fuqarolik jamiyatiga o’tish uchun qonuniy barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hamma
gap endi odamlar ongiga demokratik g’oyalarni singdirishga bog’liq.
Chunki bizda
hozirgi kunda demokratiyaning shakli yaratildi. Endi uning mazmunini yaratmoq
kerak. Bu esa odamlar ongiga demokratik kadriyatlarni sigdirish orkali
dunyoqarashining rivojlanishi va hayotga ongli munosabatda bo’lishini taqozo etadi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respuplikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yilning 28
yanvarida Parlament qo’shma majlisida ma’ruza qilib: «odamlar ongiga demokratik
qadriyatlarni singdirish»
12
asosiy vazifa ekanligini takror-takror aytganligini eslash
lozim.
Fuqarolik
jamiyatining
shakllanish
jarayonida
ijtimoiy
axloqni
muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organi bo’lgan mahallaning o’rni muhim.
Chunki mahallada asrlar davomida odamlar o’rtasidagi munosabatlar aynan axloq,
urf-odat, an’ana
asosida tartibga solinib, nazorat qilib kelindi. Shuning uchun
fuqarolik jamiyatiga o’tishda mahallaning ta’sirining ortib borishi va hokimiyat
vakolatlari bir qismining mahallalarga o’tkazilishi, albatta, ijtimoiy axloq negizida
ma’naviyatning kuchayishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy axloqqa rioya qilish qonunda belgilangan tartibga ko’ra, jismonan
jazolash
bilan emas, balki ma’nan ta’sir etish yo’li bilan kafolatlanadi. Axloqqa
rioya qilish ya’ni har bir odam o’zini-o’zi nazorat qilishiga asoslangan bo’lib, u
imon, insof degan ichki nazoratga bog’liq. Bunday tamoyillarga asoslanish esa
ko’proq odamlarning tarbiyasiga va ayniqsa, diniy tarbiyaga bog’liqdir. Chunki din
shunday qudratli kuchga egaki, u odamlarning ichki hissiyotlar asosida o’zini-o’zi
nazorat qilishini ta’minlay oladi. Buning uchun unga tashqi ta’sir, ma’nan va
jismonan ta’sir qilish zarur bo’lmay qoladi.
12
Каримов.И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни
модернизачия ва ислоц этишдир. Маърифат, 2005 йил, 29 январ, 2-бет.
34
Ijtimoiy axloqning shakllanishi tarbiya jarayoniga va eng avvalo,
diniy
tarbiyaga asoslanadi. Bu xususida O’zbekiston rahbari I.A.Karimov shunday
yozadi: «Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axlokiy va ma’naviy
qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz»
13
Axloq tushunchasining mohiyati va tamoyillarini o’rganadigan fan axloqiy
me’yorlarning yuzaga kelishini tekshiradi,
izohlab beradi, inson hulqini axloqiy
talablar nuqtai nazaridan baholash mezonini ishlab chiqadi. Axloq tushunchasiga
ilmiy ta’rifni falsafiy ta’limot bo’lgan etika fani quyidagicha beradi: axloq odamlarni
jamiyatda o’zini tutishiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga
doir talablarning yaxlit
yig’indisi. Axloq jamiyatni tartibga soluvchi sifatida boshqa nazoratchi bo’lgan
huquqdan shunisi bilan farq qiladiki, huquqiy me’yorlarni zarur bo’lganda davlat
majburiyati yo’li bilan bajaradi, axloqiy me’yorlarga rioya qilish esa jamoatchilik
fikri, ko’proq mahalla ta’siri bilan bajartiriladi.
Demak, axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch –
bu avvalo
Do'stlaringiz bilan baham: