5.1. Axborot-kutubxona muassasasi binosi
va mulkini ijaraga berish
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Budjet
tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi qarorida yuridik shaxs statusiga ega bo‘lgan budjet
tashkilotlariga mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini boshqa
tashkilotlar vaqtinchalik
foydalanilmayotgan binolar, shu-
ningdek, boshqa davlat mulkini ijaraga berish hisobiga kengay-
tirishga ruxsat berilgan.
Binoni, vaqtinchalik foydalanilmayotgan texnik vositalarni,
jihozlarni, inventarni ijaraga berishda 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Davlat mulk qo'mitasining 1999-yil 29-noyabrdagi va 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 23-noyabrdagi
qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlari vaq-
tinchalik foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa muassasa
va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga amal
qilmoq darkor.
Mulkni ijaraga berayotganda ijara
shartnomasi tuziladi va
unga ijara munosabatlariga kirishgan subyektlarning huquq va
vazifalari, ijara haqi o‘lchovi hamda kommunal va ekspluatatsion
xizmatlari bo'yicha to‘lovlar va boshqa masalalar aniqlab beriladi.
Vaqtinchalik foydalanilmayotgan bino va mulkni taqdim
etishdan tushgan mablag‘ning 50 %
i tegishli mahalliy budjetga,
qolgan 50 % i axborot-kutubxona muassasalari rivojiga o'tkaziladi.
5.2. Kitob narxini aniqlash
Kitob narxini aniqlash bilan axborot-kutubxonada tashkil
qilingan fond komissiyasi shug‘ullanadi.
Kitobning narxi al-
mashtirish vaqtidagi kitobning o‘rtacha narxidan kelib chiqib
aniqlanadi. Buning uchun oxirgi yilda adabiyotlarni olish uchun
sarflangan mablag' ish vaqti oralig‘ida
sotib olingan nusxalar
soniga bo‘linadi. Oxirgi yarim yillik yoki chorakning natijalaridan
kelib chiqib hisob-kitobni amalga oshirish mumkin. Olingan
narx kitobning narxi hisoblanadi. Baholashning boshqacha usuli
ham amaliyotda mavjud — bu iste’mol
tannarxi indeksi yorda-
mida hisoblash olib boriladi.
Narxlash paytida noyob kitoblar bilan savdo qiluvchi do‘kon-
larga maslahat uchun murojaat etish ham mumkin. Fond
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
komissiyasi tomonidan qabul qilingan kitobning bahosi dalo-
latnoma bilan rasmiylashtiriladi va u kitobning bahosini tas-
diqlovchi hujjat hisoblanadi.
Fond komissiyasi kitobni baholashni
aniqlashida bir qator
dalillarni, ya’ni holati, nashr etilgan yili, dolzarbligi,
foyda-
lanuvchilar tomonidan so'ralishi va boshqalami hisobga olishlari
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: