3-bob.
MEHNATNI MUHOFAZA Q ILISH BO ‘YICHA
DAVLAT NAZORAT TASHKILOTLARI
Muassasalarda, shu jum ladan, axborot-kutubxonalarda
mehnatni muhofaza
qilish qoidalari va normalari, shuningdek,
mehnat qilish qonuniyatlarining bajarilishini ta ’minlovchi
umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud.
Hamma vazirliklar, birlashmalar
va axborot-kutubxona
muassasalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura mah-
kamalari qonunlarning buzilmasligini m ehnatkashlarning
arizalari asosida yoki korxona va ayrim
shaxslarning signallari
asosida, mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilayotganligini
tekshirish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus davlat nazorati
tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
1. Kasaba uyushmasi qo'mitasi.
2. Sanitar nazorati.
3. Energetika nazorati.
4. Yong'inga qarshi kurashish nazorati.
5 . Jamoat nazorati.
3.1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
Har bir jamoada kasaba uyushmasi mavjud. U jamoada
mehnatni muhofaza qilish masalalarini
kuzatib turuvchi davlat
nazoratchisi hisoblanadi. Axborot-kutubxona muassasalarida
kasaba uyushmalari ish beruvchi bilan xodimlarni o ‘zaro
munosabatlarida mehnat huquqi normalarini qonun, nizom,
jamoa kelishuvlari, mehnat shartnomalari asosida himoya qiladi.
Axborot-resurs markazlarida o‘quv
yurtlarining kasaba uyush-
malari faoliyat yurgazadi. 0 ‘quv yurti kasaba uyushmalari
jamoatchilik asosida tayinlanadi va o‘quv yurti rahbariga bo‘ysu-
56
www.ziyouz.com kutubxonasi
nadi. Shuningdek, vazirlik tizimi
kasaba uyushmalariga, kasaba
uyushma qo‘mitalariga bo'ysunadi.
Axborot-kutubxona markazlarida ham kasaba uyushma
raislari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Axborot-kutubxona mar-
kazi xodimlarining mehnat huquqlarini himoya qiladi. Shahar,
viloyat, respublika kasaba uyushma qo‘mitalariga bo‘ysunadi.
Mehnat normalari buzilgan xodimlar o‘zi faoliyat ko‘r-
satayotgan axborot-kutubxona muassasasining kasaba uyush-
masiga va yuqori kasaba uyushma qo‘mitalariga ariza bilan
murojaat qilishi mumkin. Kasaba uyushma qo‘mitasi
qonun
doirasida arizani ko‘rib chiqib, tashkilot rahbariga taklif bilan
chiqadi, agar hal bo‘lmasa mehnat nizolari komissiyasi va huquq
organlari (prokuratura, sudjga da'vo arizasi bilan chiqiladi.
Kasaba uyushmasi mehnatni muhofaza qilish nomenklatura
chora-tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: