O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi
Inge Unt, A.S.Granitskaya, V.D.Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish
o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi. Unda:
- pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;
- bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, komyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada
bo‘ladi.
Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va sur’ati
talabaning
xususiyatlariga moslashtiriladi.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko‘ra agar bolaga murakkablashib boruvchi
vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa,
lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa,
o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov
metodikasi asosini har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab o‘qitishga
imkon
beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil etadi. Har
bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi yetgan variantni tanlab olib,
o‘quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo‘ldan
chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik
darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi, ba’zan uni amalga oshirib bo‘lmaydi,
chunki u sinfdagi o‘quvchilarning tenglashish, o‘quvchilarning
qobiliyati holatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga,
barchaning
kuchi yetadigan, o‘quvchining qobiliyatiga,
uning rivojlanishiga
moslangan, o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy
tamoyillar mavjud:
Individuallashtirish-o‘qitish jarayoni strategiyasidir;
Individuallashtirish-individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan
foydalanishning
mumkinligi;
individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
individual sur’atda va uslubda o‘rganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar
kiradi:
o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallash individual kamchiliklarni
tuzata olish usullari;
oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi, irodaning sustligi kamchiliklarini
qayd qilish va
yenga olish;
qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini optimallashtirish
(ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);
o‘qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;
o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.
O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQSHda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga
bo‘linadi:
Birinchi qism
- butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism
- individual mashg‘ulotlar.
Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar
bilan yo umum
tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan
qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida
o‘tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq
qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: