Mavzu:
Texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ qobiliyat va
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini paydo qilish
Amaliy mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad:
Tinglovchilarga texnika, texnologiya, muhandislik, qobiliyat hamda
texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning texnik-texnologik, injenerlik, kreativ
qobiliyat, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini paydo qilish va shakllantirish
tushunchalari haqida ma’lumot berish.
Tinglovchilar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar.
har bir tinglovchiga mustaqil bajarish uchun bitta tanlangan tushuncha
bo‘yicha ma’lumot tayyorlash;
tanlangan tushunchani guruh a’zolariga tushuntirib berish;
boshqa tushunchalar haqida ma’lumot olish.
Amaliy mashg‘ulot uchun nazariy materiallar.
Texnika
Texnika
(techne – mahorat, sanʼat) — moddiy boylik olish hamda odamlar
va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir
qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi –
inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat
resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni
oʻzlashtirishga imkon beradi.
Texnika termini biror ish (hunar) yoki sanʼatda qoʻllaniladigan usullarni ham
bildiradi (masalan, toʻquvchilik texnikasi, etikdoʻzlik texnikasi, shaxmat oʻyini
texnikasi va boshqalar).
Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha
mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati tugʻilishi bilan yangidan-yangi texnika
yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Umuman texnika
tarixini quyidagi 7 bosqichga boʻlish mumkin:
1 – oddiy ishlab chiqarish qurollari va usullari yaratilishi;
2 – murakkabroq ishlab chiqarish qurollari va usullari yaratilishi;
3 – odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi;
4 – manufaktura ishlab chiqarish sharoitida mashina texnikasining yaratilishi;
5 – ilgʻor mamlakatlarda bugʻ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo
boʻlishi;
6 – elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi;
7 – avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik texnikaning taraqqiy
etishi, axborotlar texnologiyasi (masalan, internet)ning rivojlanishi.
Texnikaning evolyutsiya bosqichi ancha uzoqqa choʻziladi. Ibtidoiy jamoa
tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik oʻqyoy, loydan yasalgan idishlar,
tosh bolta va mis qurollar paydo boʻlgan.
Keyinchalik (mil.av. 4-3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari
vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga oʻtildi. Xitoyda
mil.av. 2357 yillardayoq temir maʼlum edi. Mustahkam mehnat qurollariga boʻlgan
talab poʻlat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv
chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boʻldi.
Harbiy texnikada oʻq yoydan tashqari poʻlat qilichlardan foydalanila
boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk koʻtarish richaglari ixtiro qilindi.
Odamlar yoʻllarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt
tanasidan qayiq yasashni oʻrgandilar. Keyinchalik koʻp eshkakli kemalar paydo
boʻldi. Toʻqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan
birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi.
Texnikada gʻildirakli ogʻir va yengil pluglar paydo boʻldi.
XV-XVI asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy
dvigatel oʻrnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik,
metallurgiya rivojlana boshladi. Harbiy texnikada oʻt ochish kurollari, mashina va
mexanizmlar paydo boʻldi.
XVIII asr oxirida bugʻ mashinasi va toʻqimachilik mashinalarining paydo
boʻlishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.
XIX asrda bosma mashina, telegraf apparati, fotografiya, ichki yo‘nuv
dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy
texnika rivojlandi va boshqalar. XX asrda elektr energiyasidan foydalanish
kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye,
raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqa taraqqiy etdi. XXI asr
boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar) rivojlana
boshladi.
Qanday vazifani bajarishiga qarab, texnika ishlab chiqarish va ishlab
chiqarishda qatnashmaydigan texnikaga (maishiy xizmat koʻrsatish, maorif va
madaniyat, harbiy, tibbiyot texnikasiga) ajraladi. Ishlab chiqarish texnikasiga
mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar,
boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yoʻllar, koʻpriklar,
kanallar, transport, kommunikatsiya, aloqa vositalari va boshqa kiradi. Ishlab
chiqarish texnikasining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar –
metallga ishlov berish, qurilish, tog‘kon, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi,
toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz tayyorlash mashinalari va boshqa, transport
mashinalari – avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va boshqa, konveyerlar,
elevatorlar, kranlar va boshqa, nazoratboshqarish va hisoblash mashinalari – elektr
mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqa kiradi. Texnika texnika
vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga
xizmat qiladigan energetika texnikasining ahamiyati katta. Harbiy texnika (tanklar,
artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va
boshqalar) alohida texnika vositalari guruhini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan texnikaga maishiy xizmat koʻrsatish
texnikasi (kir yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar); transport texnikasi
(yengil avtomobillar, velosipedlar va boshqalar); sport texnikasi (poyga
mototsikllari va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarishning tarmoq strukturasiga qarab
(masalan, sanoat texnikasi, transport texnikasi, qishloq xo‘jalik texnikasi) yoki
ishlab chiqarishning alohida struktura boʻlinmalariga qarab (masalan, aviatsiya
texnikasi, melioratsiya texnikasi), baʼzan texnika alohida tarmoqlarining tabiiy-
ilmiy asosiga qarab (masalan, yadro texnikasi, sovitish texnikasi, hisoblash
texnikasi va boshqalar) tasniflanadi.
Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik texnikaning eng muhim
koʻrsatkichlaridir. Texnikaning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan
(ishlov berilgan, tashilgan va boshqalar) mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Texnikaning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki
texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. Texnikaning
tejamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, yordamchi
qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi.
Texnikaning unumdorligi, puxtaligi va tejamliligini oshirish uchun uni
takomillashtirib borish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish zarur.
Texnikaning taraqqiyot davri texnika vositalarini yangilash surʼatini yanada
tezlashtirish, buyumlarni standartlash va unifikatsiyalash, radiotexnika,
elektronika, aviatsiya, kosmonavtika, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari,
hisoblash texnikasi, axborotlar texnologiyasi va boshqa rivojlanishi bilan
ifodalanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning rivojlanishi avtomat liniyalar va
avtomat sexlar, avtomat zavodlar yaratishga olib keldi, axborotlar texnologiyalari
rivojlandi.
Texnikani rivojlantirish fan va texnika taraqqiyotining muhim shartidir.
Texnikani rivojlantirishda fan yutuqlaridan keng foydalaniladi. Hozirgi zamon
fani, ishlab chiqarishning muhim yutuqlari tabiiy va texnika fanlari kashfiyotlariga
tayanadi. Texnika fan yutuqlari asosida rivojlanib borib, fan oldiga yangi masalalar
qoʻyadi. Fan va texnikaning rivojlanib, ular orasidagi oʻzaro bogʻlanishni taqozo
etadi. Texnikaning rivojlanishi mamlaktlarning geografik, iqlim sharoiti va
boshqalarga ham bogʻliq. Masalan, Buyuk Britaniyada kemasozlik, dengiz va port
ishlari texnikasi, Germaniyada stanoksozlik, togʻkon va metallurgiya texnikasi,
Yaponiyada elektrotexnika va radioelektronika, Shveysariyada aniq, asbobsozlik
texnikasi, Finlyandiyada yogʻoch-taxta sanoati texnikasi, AQSH va Rossiyada
raketasozlik, kosmonavtika, Oʻzbekistonda gidrotexnika, kibernetika,
toʻqimachilik, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sanoati va boshqa
rivojlangan. Texnika istiqbolida yirik ilmiy-texnika masalalari – insonning Quyosh
sistemasidagi sayyoralarga uchishi, jahon miqyosida radio, telegraf, telefon va
televizion aloqalarning rivojlanishi, yangi turdagi tibbiyot apparatlari va
boshqalarning yaratilishi va fan yutuqlarini umumlashtirish talab qilinadi. Texnika
taraqqiyotiga Arximed, A.Geron, I.Gutenberg, I.Fyodorov, X.Gyuygens,
I.P.Kulibin, Leonardo da Vinchi, N.Kopernik, G.Galiley, I.Nyuton, D.Uatt,
Ye.A.Cherepanov va M.Ye.Cherepanov, A.Nartov, P.P.Anosov, D.Stefenson,
P.Shilling , B.Yakobi, S.Morze, M.Faradey, D.Maksvell, D.I.Mendeleyev,
G.Bessemer, R.Dizel, A.F.Mojayskiy, V.Rentgen, A.Eynshteyn, K.E.Siolkovskiy,
S.P.Korolyov va boshqalar katta hissa qoʻshgan. Sharqda texnika taraqqiyoti
Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ahmad al-Fargʻoniy kabi allomalar; keyinchalik
Oʻzbekistonda I.F.Belyanskiy va V.P.Grabovskiy (televideniye) kabi ixtirochilar,
Oʻzbekistonda FA akademiklari S.Azimov, R.Bekjonov, A.Vohidov,
H.Raxmatullin, Oʻ.Rasulov, T.Rashidov, H.Usmonxoʻjayev, H.Fozilov,
M.Oʻrozboyev, B.Qobulov, P.Habibullayev, M.Hamidxonov, M.Hojinova va
boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |