Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Oligofrenopsixologiya fanining yuzaga kelish tarixi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

1.2.  Oligofrenopsixologiya fanining yuzaga kelish tarixi
Ma’lumki,  har bir fan  o'zining  yuzaga kelish,  rivojlanish,  taraqqiy 
qilish tarixiga,  qonuniyatlariga ega.  Shu singari aqli zaif bolalar psixo­
logiyasi  fani  ham  ma’lum  rivojlanish  tarixiga  ega.  Aqli  zaif bolalarn­
ing  ruhiyatini  o'rganishning  mumkinligi  va  zarurligi,  ularni  o'qitish, 
tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy 
bog'liq. XVIII  asr oxirlari XIX asr boshlarida aqli zaif bolalarni davo­
lash,  tarbiyalash,  o'qitishga  oid  ma’lum  ijobiy  qarashlar  yuzaga  keldi 
va  shakllana  boshladi.  Shuni  eslatib  o'tish joizki,  aqli  zaiflar  ta’lim- 
tarbiyasi masalalari  dastlab,  asosan  aqliy nuqsoni  og'ir darajadagi  bo­
lalar ustida boshlangan.  Nisbatan  yengil  darajadagi  aqli  zaif bolalarni 
o'rganish,  davolash,  tarbiyalash  muammolari  birmuncha  keyinroq, 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  o'rganila  boshlangan.  1858-yilda  rus 
pedagogi  N. A. Dobrolyubov  tomonidan  aqli  zaif bolaning  o'ziga  xos 
xususiyatlari  ochib  berildi.  Uning  ko'rsatishicha,  «faollikning  pastli­
gi»,  «sekin  idrok  qilish»,  «quruq  yodlashning  ustunligi»,  «bir  xildagi 
harakatlar», «yangi sharoitlarga yomon moslashish», «bilimlarini to'g'ri 
ishlata  olmaslik»  — aqli  zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan.
XIX 
asr  ikkinchi  yarmi  XX  asr  boshlarida  Rossiyada  aqli  zaif 
bolalarni  o'rganuvchi,  davolovchi,  tarbiyalovchi,  bilim  beruvchi 
qator  davolash,  tarbiyalash  muassasalari  ochila  boshlandi  (Riga, 
Peterburg,  Moskva,  Kiyev shaharlarida).  1910-yilda Moskvada aka- 
singil Postovskiylar boshlang'ich bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar


uchun  yordamchi  sinflar  ochdilar,  hamda  bolalarni  o'rganish 
uchun  eksperimental  psixologik  kabinet  tashkil  qildilar.  1911-yilda 
shifokor-psixiatr, professor G.I. Rossolimo Moskvada bolalar psixo­
logiyasi  va  nevropatologiyasi  institutini  ochdi  va  bu  yerda  aqli  zaif 
bolalar ruhiyatining  o‘ziga  xos  tomonlari  o‘rganila boshlandi.  Aqli 
zaif  bolalarni  o‘rganishda  1915-yilda  G.Y. Troshinning  «Tarbiya- 
ning antropologik negizi,  normal va anomal bolalar psixologiyasini 
qiyoslash» nomli asarining chop etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 
G.Y.Troshin  rivojlanishida  nuqsoni  boigan  bolalarga  yordam  be- 
rishda  faol  qatnashdi.  1906-yilda  G.Y. Troshin  boshchiligida  davo- 
lash maktabi tashkil etildi va bu yerda anomal bolalar uchun chuqur 
ilmiy bilimlar berish masalalariga e’tibor qaratildi. G.Y. Troshinning 
asosiy o‘rganish predmeti — aqli  zaif bolalar edi.  Defektologiyaning 
fan  sifatida  shakllanishida  G.Y.Troshin  tomonidan  ilgari  surilgan 
va  asoslangan  normal  va  nuqsonli  bola  rivojlanish  qonuniyatla- 
rining  umumiyligi  to‘g‘risidagi  fikrlari  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 
«Mantiqiy  normal  va  nuqsonli  bolalar  o‘rtasida  farq  yo‘q.  Unisi 
ham,  bunisi  ham  inson,  unisi  Й ат,  bunisi  ham  bola,  unisi  ham, 
bunisi  ham  bir  qonuniyat  bo'yicha  rivojlanadi».  G.Y.Troshin  nor­
mal  rivojlanayotgan  va  nuqsonli  bolaning  psixologik  rivojlanishini 
solishtirishga  asoslangan  bola  rivojlanishining  psixologik  tahliliga 
yondashishning  asosini  yaratdi.  Uning  fikricha,  nuqsonli  bolani 
o‘rganish  inson  tabiatini  anglashga  yordam  beradi  va  psixologiya­
ning  rivojlanishiga  bebaho  hissa  qo‘shadi.
1920-yillardan boshlab maxsus psixologiya, xususan aqli zaif bo­
lalar  psixologiyasi  mustaqil  fan  sifatida  o‘quv  darajalariga  kiritildi. 
Shu  davrdan  boshlab  bu  muammo  davlat  ahamiyatiga  ega  boigan 
ishlar  tizimiga  kiritilib,  alohida  e’tibor  berila  boshlandi.  1925-yil- 
da  Moskvada  eksperimental  defektologiya  instituti  tashkil  etildi. 
L.S. Vigotskiy  (1896—1934)  rahbarligida aqli  zaif bolalarni o‘rganish 
ishlari boshlab  yuborildi.  Yetuk psixolog  L.S. Vigotskiy  maxsus psi­
xologiya sohasida juda katta nazariy meros qoldirdi hamda haqli ra­
vishda  oligofrenopsixologiyaning  asoschisi  hisoblanadi.  1935-yildan 
aqli  zaif  bolalar  ruhiyatini  o‘rganuvchi  laboratoriyani  L.V. Zankov 
boshqara boshladi.  Bir necha  yillar  mobaynida  L.S. Vigotskiy bilan 
hamkorlikda ishladi.  L.V. Zankov aqli zaif bolalar xotirasini rivojlan-


tirish muammolarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdi.  1943-yilda 
mavjud  bo'lgan  eksperimental  defektologiya  instituti  Defektologiya 
ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi.  Institutga T.A. Vlasova  1985- 
yilga qadar rahbarlik qildi.
Aqliy jihatdan zaif bolalar psixologiyasini rivojlantirishga J.I. Shif, 
G.M.Dulnev,  B.I.Pinskiy,  S.Y. Rubinshteyn kabi  olimlar ham  katta 
hissa  qo'shdilar.
O'zbekistonda  oligofrenopsixologiyaning  nazariy  va  amaliy 
rivojlanishiga bir qancha pedagog,  psixologlar katta hissa qo'shdilar. 
Urushdan keyingi davrda Respublika m aorif vazirligining «Nuqsonli 
bolalar  umumiy  majburiy  ta’limni  ta ’minlash  choralari  to‘g‘risida» 
qarori qabul qilindi.  Shu bilan bir qatorda respublikaning turli vilo- 
yat  va  shaharlarida  aqliy  rivojlanishi  orqada  qolgan  bolalar  uchun 
maktab,  maktab-internatlar  tashkil  etila  boshlandi.  Maxsus  mak- 
tablar uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishi markaziy 
Osiyoda  birinchi  bo'lib,  1967-yilda  Toshkentdagi  Nizomiy  nomli 
pedagogika  instituti  Pedagogika  va  psixologiya  fakulteti  qoshida 
boshlandi.  Shu  institutni  bitirgan  o'zbek  olimlaridan  G'.B. Sho­
umarov,  K.Q. Mamedov  va  G. Berdiyevlar  maxsus  psixologiya  fa­
nining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelmoqdalar.  Ular tomoni­
dan  maxsus  psixologiya  faniga  oid  uslubiy  tavsiyalar,  o'quv-uslubiy 
qo'llanmalar,  darsliklar,  monografiyalar yaratilgan.
G'.B. Shoumarov «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar maxsus 
maktabini  bitirgan  yosh  oilalarda  ijtimoiy-psixologik  muammolar» 
mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini  olib borgan.  K.Q. Mame­
dov «Maktabgacha yoshdagi bolalar va o'quvchilarning aqliy rivojl­
anish xususiyatlari  (psixik rivojlanishi  sustlashgan bolalar haqida)» 
mavzusida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borgan.  G. Berdiyev  o'z 
ilmiy-tadqiqot  ishida  sog'lom  va  aqli  zaif bolalarning  shaxslararo 
munosabatlari  muammosini  o'rganib  chiqqan.
Mamlakatimiz  va  chet  el  defektologlarining  nazariy  tekshirish- 
lari,  tajribalarining ko'rsatishicha,  aqli zaif bolalar potensial rivojla­
nish  imkoniyatlariga  ega  bo'lar  ekan.  Aqli  zaif  bolalarning  ruhiy 
taraqqiyot  xususiyatlari,  rivojlanish  bosqichlari  haqida  ularning 
bilim  egallash xususiyatlarini bilmaslik defektologlar uchun kunda- 
lik  ishlarida  katta  qiyinchilik,  tushunmovchiliklarga  olib  keladi.



Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish