Qadimgi Shumer va Bobilda ijtimoiy tafakkur
Shumerliklar madaniyati Misr bilan bir qatorda dunyodagi eng qadimgi
yodgorliklardan
biridir.
Eramizdan
oldingi
IV
mingyillik
oxirida
Baynalnahrayndagi Dajla va Frot daryolari vodiysida mehnat taqsimoti tufayli
jamiyat toifalarga bo‘lingan edi. Ammo Misrdan farqli o‘laroq, Baynalnahrayn
madaniyati bir xil emas edi. Uni vujudga kelishida Shumer xalqi ishtirok etgan
bo‘lib, uning tili bizga ma’lum bo‘lgan tillar guruhining hech biriga kirmaydi.
42
Baynalnahrayn yozuvi Shumer xalqi ijodidir. Bu mixxat yozuvini avval
akkadliklar, keyinroq Old Osiyoning boshqa xalqlari ham iqtibos qilgan edilar.
Bu yozuv uch ming yil davomida tadrijiy rivojlanish va takomillashishda
bo‘lganligi isbotlangan. Shumer yozuvi matnlarining bizgacha yetib kelganlari
eramizdan oldingi XIX-XVIII asrlarga taalluqli bo‘lib, bu vaqtda Shumer tili yo‘q
bo‘la boshlagan edi.
To‘fon to‘g‘risidagi Shumer afsonasida xudolar tomonidan inson zotining
yaratilishi va yer yuzidagi tartiblarning qanchalik mukammalligi bayon qilingan
edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, xudolar insoniyatni yo‘q qilishga qaror
qilganliklari bayon etiladi. Adolatli va taqvodor hukmdor Ziusudra ilohiy vahiyga
bo‘ysunib, katta kema qurganligi va shu tufayli najot topib, xudolar tomonidan
abadiy hayotga loyiq ko‘rilganligi ta’kidlangan. Matnda “barcha o‘simliklar va
inson urug‘i ismlarining najotkori”, deb atalgan Ziusudra xudolar tomonidan
Quyosh
chiqadigan
mamlakat
oroli
bo‘lgan
Tilmunga
(Bahrayn)
joylashtirilganligi qayd etilgan. “Ism, shumerliklar tasavvurida dunyoning barcha
moddiy hodislarining ruhiga o‘xshash mohiyatdir”.
Shumerliklarning ko‘mish marosimida kuylanadigan marsiyalarining biri
“inson va uning shaxsiy xudosi”, deb nomlanadi. Unda taqdirga tan bergan, aqlli
kishining to‘satdan kasallikka chalinganligi va shu munosabat bilan o‘z xudosiga
najot istab murojaat qilishi tasvirlangan. Bu ilk diniy-falsafiy asar ekanligi uning
mazmunidan anglashiladi. Bunda azob-uqubatlar sababi, dunyoviy adolatsizlik,
taqdirning ko‘r-ko‘rona ish tutishi, olijanob kishi hissasiga tushgan sinovlarning
bayoni berilgan. “Men – aqli raso kishi bo‘laturib nega johil yoshlar bilan ish
yuritishim kerak, - deb savol qo‘yadi azob tortayotgan shaxs. Men bilag‘on kishi
bo‘lsamu, nega meni johillar qatoriga qo‘yishadi? Atrofda yegulik farovon bo‘lsa-
da, mening yeguligim – ochlik”.
Bir tomondan ayrim shaxslarning qo‘lida katta boyliklar to‘planishi, ikkinchi
tomondan esa, quyi tabaqadagi ozod yollanma kishilarning qashshoqlashib
borishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni keskinlashtirganligi birinchi Bobil sulolasi
davrida (eramizdan oldingi II mingyillik boshida) ochiq namoyon bo‘lgan edi.
Natijada shu davrda mashhur podsho Xammurapining qonunlar majmuasi ishlab
chiqilgan edi. Bunda diniy qarashlardan ko‘ra, ko‘proq dunyoviy ishlarga,
jumladan jinoyat va jazoga, yangi iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqib
yondoshilganligi aks etgan. Jinoyatni kelib chiqishi talqinida “g‘ayri tabiiy”
kuchlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmagan. Yuridik hujjatlarning guvohlik berishicha,
hukmdorlar o‘z qaror va hukmlarida hurmat yuzasidan ilohiy kuchlarga murojaat
qilsalar-da, muayyan huquqiy tadbirlarda ko‘proq dunyoviy jihatni hisobga
olganlar. Hukmlar ijtimoiy boshqaruv ehtiyojlarini hisobga olib hukmdorlarning
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan edi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |