O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/304
Sana22.02.2022
Hajmi3,39 Mb.
#87309
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   304
Bog'liq
MADANIYATSHUNOSLIK 2020 OUM tayyor

MESOPOTАMIYA MАDАNIYATI 
 
Yozuv 
Mixxаt 
Аrxitekturа 
Semirаmidаning osmа bog‘lаri, 
Bobul minorаsi 
Mаorif 
Mаktаblаr 
Qonunlаr 
Hаmmurаpiy to‘plаmi 
Аdаbiyot 
«Dehqonchilik аlmаnаxi», 
«Gilgаmesh hаqidа doston» 
Mesopotamiyaliklar qadim zamonlardan boshlab o‘z maktablariga ega bo‘lganlar. Bu 
maktablarda ko‘proq badavlat kishilar, amaldorlar, o‘ziga to‘q kishilarning farzandlari o‘qiganlar. 
Ammo maktabda erkin jamoadan chiqqan oddiy kishilar ham o‘qigan bo‘lsa kerak. Maktablarning 
quyi sinflarida adabiyot, til, gramatika o‘qitilgan. Yuqori sinflarida esa matematika, geometriya, 
astronomiya, tibbiyot va veterinariya fanlari o‘qitilgan. Maktablar davlatni boshqarish ishini amalga 
oshirishdagi xo‘jalik va savdo xodimlari ham tayyorlagan. Maktablarda diniy dasrlar ham o‘qitilgan. 
Shumer, akkad va ossur maktablarida mirzolar tayyorlashga ham katta ahamiyat berilgan.
Shunday qilib, Mesopotamiya maktablari maorif va madaniyat markazi hisoblangan. Bu 
maktablarda intizom ham ancha qattiq bo‘lib, o‘qituvchilar o‘quvchilarni qunt bilan o‘qishga 
undaganlar.
Qadimgi Mesopotamiya shahar va xarobalari qazilganda u erlardan arxiv va kutubxonalar 
topilgan. Loy va sopol lavhalardagi yozuvlar o‘qilganda ularning bir qismi adabiy asarlar ekanligini 
aniqlagan. Mesopotamiyada adabiy asarlarning eng qadimgisi miloddan avvalgi IV ming yilliklarda 
yozilgan.
Shumer, Bobil va Assiriya adabiyoti qadimgi xalq og‘zaki ijodiyotidan kelib chiqqan. Adabiy 
asarlar biniy ruhda ham, dunyoviy ruhda ham yozilgan. Mesopotamiya adiblari bizga «Dunyoning 
yaratilishi haqida mif», «Aguayya haqidagi doston, «Adapa haqidagi doston», «Etana haqidagi 
doston» kabi ko‘plab asarlar qoldirishgan
22
. U yerda diniy, falsafiy va dramatik asarlar ham 
yaratilgan. Adabiy asarlarning mazmuni xilma-xil bo‘lgan.
Markazlashgan Bobil davlati tashkil topgan vaqtda qohinlar-ruhoniylar Marduqni butun 
olamni yaratuvchi bosh xudo deb ta’riflaganlar. Bu «Dunyoning yaratilishi haqidagi» dostonda o‘z 
ifodasini topgan. «Agushayya haqidagi dostonda» ma’budalar Ishtar va Saltu o‘rtasidagi raqiblik 
hikoya qilingan. Mesopotamiyada yaratilgan eng mashhur dostonlardan biri «Gilgamesh haqidagi 
21
 Ллойд С. Археология Месопотамии. -М.: Наука (ГРВЛ), 1984. с т р . 3 7 .
22
К л о ч к о в И . С . Д ух о в н а я к ул ь т ур а В а в и л о н и и . - М . , 1 9 8 . с т р . 8 3 .


doston» bo‘lib, unda Gilgamesh va Enkiduning do‘stligi, qahramonliklari va sarguzashtlari haqida 
himkoya qilinadi. «Jafokash avliyo haqidagi doston»da bechora bir avliyoning og‘ir kechmishi 
haqida hikoya qilsa, «Xo‘jayinning qul bilan suhbati dostoni» esa ho‘jayinning o‘z quli bilan hayoti, 
mehnat va o‘lim haqidagi munozaralardan iboratdir. Mesopotamiya adabiyoti boy merosga ega 
bo‘lib qadimdan sharq va jahon xalqlari adabiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Mesopotamiyaning badiiy-tarixiy yodgorliklari Misr san’ati singari keng va rang-barang. 
Bu yerda ham hashamatli saroy va ibodatxonalar qurildi. Dumaloq haykaltaroshlik va 
relefda ajoyib, o‘rta dinamik, plastik go‘zal asarlar yaratildi, devoriy suratlar, nozik 
amaliy-dekorativ buyumlar ishlandi. Lekin bu yodgorliklar bizgacha kam yetib kelgan. 
Bunga sabab Mesopatamiyaning asosiy qismini tashkil etgan Dajla va Frot daryolari bir-
birini almashtirib turgan yangi-yangi davlatlar o‘rtasida mamlakatga hukmronlik qilish 
uchun doimiy kurash borgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, me’morlik va tasviriy san’atning
turlarini rivojlantirish uchun tosh, yog‘och va metallarning yetarli bo‘lmaganidan, deyish 
mumkin.Saqlanib qolgan yodgorliklar, ularning qoldiqlari Mesopotamiyada miloddan avvalgi 
4000-3000-yillardayoq bu yerda o‘ziga xos san’at paydo bo‘lganligi va rivojlanganligidan 
dalolat beradi. Shu yerda yozuv paydo bo‘ldi, me’morlik tiplari yuzaga keldi, 
hunarmandchilik rivoj topdi. 
Mesopotamiya me’morchiligining o‘ziga xos xarakterli tomonlari miloddan avvalgi IV 
ming yillikda Shumer madaniyati shakllangan paytlarda yuzaga keldi. Bu davrga kelib, 
odamlar yashaydigan yirik manzillar markazida baland sun’iy yoki tabiiy tepaliklar ustiga 
qurilgan monumental saroylar markaz vazifasini o‘tay boshlagan. Ular, asosan, xom 
g‘ishtdan ishlangan, devor pishiq g‘isht, parchin va qisman toshlar bilan qoplab chiqilgan. 
Binoning tashqi devori tokchalar va yarim ustunsimon vertikal hajmlar bilan ajratilgan. Bu
hajmlar binoda yorug‘-soya mosligini kuchaytirib, uning tantanovar ko‘rinishni oshirgan.Bu 
xususda El Obeyddagi saroy (mil.avv.3000-yillar) xarakterlidir.Saroy sun’iy tepalik ustiga 
qurilgan bo‘lib,unga zinalar bilan chiqilgan. Devorining ichki va tashqi tomonidagi yarim 
ustunsimon hajmlar uning pishiqligini oshirishga xizmat qilgan.Saroyni bezash ishlarida relef 
(barelef, gorelef) keng qo‘llanilgan.Ular yog‘och,toshdan ishlangan, yuzasi yupqa mis 
plastinkalar bilan qoplangan, ko‘zlar esa inkrustatsiya qilingan. Mesopatamiya 
me’morchiligining yana bir o‘ziga xos xususiyati, ibodatxonalar oldiga qurilgan, tepaga tomon 
kichrayib boruvchi supachalardan tashkil topgan zikkurat hisoblanadi. Bu supachalar zinalar 
bilan bog‘langan.Zikkuratning eng yuqori qismida xona bo‘lib, u yerda oltindan yasalgan stol 
bo‘lgan.Afsonalarga ko‘ra, xudo o‘z kohinlari bilan shu stol atrofida gaplashgan. 
Mesopatamiyaning qadimgi davrga xos bo‘lgan tasviriy san’at hususiyatlari Shumer va 
Akkad davlatlarida (mil.av.4000-yillar oxiri) ko‘rinadi. Bu yerning haykaltaroshligi va mayda 
plastikasi misrliklar haykaltaroshligiga nisbatan birmuncha sodda bo‘lsa ham, lekin o‘zining 
ifodali ishlanganligi bilan esda yaxshi saqlanadi.Releflarda esa tarixiy voqealar, jang yurishlari 
ishlangan. Bu yerda dumaloq haykaltaroshlik va gliptika keng tarqalgan. Haykallar ko‘p 
hollarda yorqin bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lib, inkrustatsiya uslubida ishlangan haykallarni 
eslatadi. Monumental haykaltaroshlik asarlarida har bir tasvirlanuvchining individual 
hususiyatlarini ochib berishga, ichki dunyosini yaratishga intilish seziladi. Ur shahridan 
topilgan ayol boshi haykali (mil. avv. XXXI—XXI asrlar), Lagash hokimi Gudea 
haykalida shu hislatlarni sezish mumkin. 
Akkad podsholigi (mil.avv.XXIV-XXII asrlar) davrida Mesopatamiya yerlari yagona 
davlatga birlashtirildi. Shu davrda tasviriy san’at realizmi ortdi. Ayni shu davrda Shumer 
dostoni Gilgamish afsonasi shakllandi. Akkad davridan saqlanib qolgan haykal va releflar 
hayotiyligi bilan harakterlanadi.Ularda proporsiyalar to‘g‘ri, xatti-harakatlar tabiiy,detallar aniq 


va dekorativ planda ishlangan.Shu o‘rinda Sargon “Qadimiy haykali”,“Semit portreti” 
diqqatga sazovordir. “Naramsin stellasi” (mil.av.3000-2300-yillar) davrning mashhur 
asarlaridandir.U podsho Naramsinning tog‘li qabilalar ustidan erishgan g‘alabasiga 
bag‘ishlangan. Bir to‘da jangchilarga bosh bo‘lib ketayotgan Naramsin va jangchilar 
harakati tabiiy chiqsan, tog‘ manzarasi,tabiat ko‘rinishi ham relef kompozitsiyasi
hayotiyligini oshiradi.
Xammurapi (mil. avv.1792-1750-yillar) podsholigi davrida ham Mesopatamiya san’atida 
nodir me’morlik va tasviriy san’at yodgorliklari yuzaga keldi.Xammurapi qonunlari o’yib 
ishlangan tosh t ax t a va uni n g yu qori qi s midagi Xammurapining quyosh xudosi 
Shamash oldida turgan payti tasvirlangan stella shunday yodgorliklardan hisoblanadi. Relef 
yuksak mahorat bilan ishlangan. Har ikki obrazning ham kiyimi sochlari, xarakteri aniq 
ko‘rsatilgan. Xammurapi ozg‘in, ko‘z-lari ichiga tushib ketgan holda o‘ziga juda o‘xshatib 
ishlangan.Ibodat qilib turgan kishi portreti ham yaxlit formalarda ishlangan bo‘lishiga 
qaramay, jonli chiqqan. 
Dur-Sharruken (hozirgi Xorsobod)dagi Sargon II saroyi xarobalari (mil. avv.VIII asrning 
ikinchi yarmi) shu davr monumental me’morchiligining xarakterli tomonini kursatishda muxnm 
o‘rin tutadi. Bu saroy balandligi 14 m bo‘lgan sun’iy tepalikka qurilgan bo‘lib, u qalin devor 
bilan o‘ralgan. Saroy mehmonxona, yotoqxona va diniy marosimlarga mo‘ljallangan xonalardan 
iborat bo‘lib, ular alohida ochiq hozli atrofida joylashtirilgan. Saroyga kiraverish 
darvozalarining ikki yon tomoniga esa qanotli, odam boshli qo‘tos-shedu o‘rnatilgan. Bu haykal 
tabiiy kuchlar ramzi bo‘lib podshoni “yomon ko‘zdan” saqlashda xizmat qilgan. Saroy 
xonalari devoriy surat va bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Bu tasvirlarda podshoning harbiy 
yurishlari hamda afsonaviy qahramon Gilgamish qahramonliklari ifodalanadi. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish