156
Kema gravitatsiya to‘lqiniga kirib olganida Margol jajji
do‘stiga yuzlanib dedi:
– Qadrdonim, tez orada sen uyingda bo‘lasan. Ammo
biz hozir xayrlashib olishimiz kerak. Chunki vaqt tuynugiga
yaqinlashib qolganda bunga imkon bo‘lmaydi.
– Ha, to‘g‘ri! Margol, siz bilan tanishib, galaktika bo‘ylab
xatarli sayohatga chiqqanimdan afsusda emasman. Aksin-
cha, salmirliklarni muqarrar halokatdan qutqarishga hissa
qo‘shganimdan baxtiyorman! Yana siz, Moki, Dordon, Ko‘r-
sichqon kabi do‘stlar orttirganim uchun ham xursandman.
– Men ham hammasi uchun sen va yerliklardan minnat-
dorman! Endi boshqa ko‘risha olmasak-da, biz, salmirlik-
lar, seni hech qachon unutmaymiz.
– Men ham seni sog‘inaman – dedi Moki ham temir qo‘l-
larini Ahmadning yuziga cho‘zib...
Ular shu alpozda yana biroz suhbat qurishdi. Margol
«Ko‘kkezar»ni avaylab-asrashini, Mokini esa o‘zi bilan
Salmirga olib ketishini aytdi. Bu vaqtda uyqu eliksirini ich-
gan Ahmadning ko‘z oldi xiralashib, asta-sekin uyquga
keta boshlagandi...
* * *
– Ahmad,
tura qol, o‘g‘lim.
Oyisining ovozini eshitgan Ahmad sapchib o‘rnidan
turdi.
– Oyi, oyijon, nahotki, bu sizsiz?! – oyisining bo‘yniga
osilib mahkam quchoqlab oldi Ahmad.
– Senga nima bo‘ldi, o‘g‘lim, yomon tush ko‘rdingmi
deyman.
«Tush» so‘zini eshitgan Ahmad bir muddat o‘ylanib qol-
di. «Eh, yaxshiyam, tushim ekan! Voy-bo‘o‘, tushimda qa-
yerlarga borib kelmadim-a». Yuzida tabassum bilan ham-
masini eslay boshladi u.
– Shu xayolparastliging tushlaringda ham davom eta-
di-ya, o‘g‘lim, – kulib o‘g‘lining yuzidan o‘pib qo‘ydi oyisi.
– Aytgancha, o‘g‘lim, bugun qanday kun ekani esingdami?
Ahmad shu zahoti devorga osilgan taqvimga qaradi.
Taqvim 2036-yilning 25-iyun sanasini ko‘rsatardi.
– «Ixtirochilar tanlovi» bo‘ladigan kun emasmi? – so‘ra-
di Ahmad o‘ziga ishonmay.
– Bu nima deganing, albatta, o‘sha kun. Tez yuz-qo‘ling-
ni yuvib, oshxonaga chiq, dadang ham kutyapti. Nonush-
tadan so‘ng shaharga ketamiz.
Oyisi shunday deb xonani tark etdi. Ahmad esa yana
biroz boshini qashigancha o‘ylanib o‘tirdi. So‘ng: «Eh, tush
bo‘lsa tushdir-da», ‒ deb karavotidan tushdi. Shu payt
cho‘ntagida qandaydir og‘ir narsa borligini payqadi. Qo‘l-
larini cho‘ntagiga solib o‘sha og‘ir narsalarni chiqardi. Bu
o‘sha Olmos sayyorasida cho‘ntagiga solib qo‘ygan uchta
yong‘oqdek keladigan Moviy toshlar edi. «Demak, bu tush
emas! Margol meni u bilan ilk tanishgan kunimizga qayta-
rib
olib kelgan, xolos», ‒ o‘yladi Ahmad.
2016 – 2019-y.