Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

Aytganday,  Quyoshdan  boshqa  yulduzlar  tizi-
mida  joylashgan  sayyoralar  fanda  ekzosayyora 
deb ataladi. Birinchi ekzosayyora 1980-yilda kashf 
qilingan. 2012-yilda esa astronomlar quyoshga yaqin 
bo‘lgan  Sentavr  Alfasi  yulduzlar  turkumida  Yerga  o‘x-
shash  sayyora  borligini  aniqlashgan.  Unga  Proksima-B 
nomi  berilgan.  Hozircha  Proksima-B  bizga  eng  yaqin 


64
«yashil» sayyora bo‘lib turibdi. Albatta, hali bu ekzosay-
yorada suv va hayot borligi isbotlanmadi. Ammo olimlar 
shunga  umid  qilishmoqda.  Dunyo  astronomlari  hozirga-
cha 4000 ga yaqin ekzosayyorani aniqlashgan bo‘lishsa, 
shulardan 216 tasi Yer sayyorasiga juda o‘xshab ketadi. 
Bu  ekzosayyoralarda  dengizlar,  yashil  o‘rmonlar  bo‘lishi 
mumkin. Har holda, Xabll teleskopidan uzatilgan suratlar-
da yashil sayyoralar aks etgan.
«Ko‘kkezar»  Zagunga  bir  zumda  yetib  keldi.  Chunki 
unga  olib  boradigan  yo‘llar  Moki  xotirasiga  muhrlangan 
ekan.  Bu  sayyora  bizning  Yerdan  40  marta  katta  bo‘lib, 
asosan,  tog‘lardan  iborat  edi.  Sayyorada  yashaydigan 
zaglar esa shu tog‘larni yo‘nib, juda chiroyli va ulkan qasr-
lar qurishgan. Bu qasrlar shu qadar ulug‘vorki, ularni hatto 
fazodan turib ham ko‘rish mumkin.
«Ko‘kkezar» qo‘ngan joy qahramonlarimizga kimsasiz 
joyday tuyuldi. Ammo tez orada ularni bir nechta zaglar 
qarshi  oldi.  Avvaliga  zaglarning  ko‘rinishi  bizning  qah-
ramonlarni  biroz  cho‘chitdi.  Chunki  zaglar  ko‘rinishidan 
toshbaqaga  o‘xshab  ketar,  gavdasi  ham  odamdan  5-6 
barobar  katta  edi. Ammo  ular  haqiqatan  mehmondo‘st, 
xushmuomala  ekan.  Zaglar  kutilmagan  mehmonlarning 
kimligini, Zagunga nima maqsadda kelganini obdan su-
rishtira  boshladilar.  Qahramonlarimiz  esa  barini  oqiz-
may-tomizmay  so‘zlab  berishdi.  Shunda  mezbonlarning 
biri dedi:
– Yordam so‘rab bizning sayyoraga uchib kelganingiz 
to‘g‘ri bo‘libdi. Adashib qo‘shni sayyoralarga borganingiz-
da  sizlarni  surishtirib  o‘tirmay  hibsga  olishar  edi.  Sizlar 
so‘ragan  xarita  haqida  biz  eshitmaganmiz. Ammo  keksa 
Faylasufning bilmaydigan narsasi yo‘q.
– Faylasuf deganingiz kim? Uni qayerdan topsa bo‘la-
di? – so‘radi Margol.


65
– U sayyoramizdagi eng qari zag, – dedi boyagi zag. – 
Yoshi esa o‘n mingdan oshgan! Faylasuf sayyoraning na-
rigi burchagidagi ulkan tog‘ cho‘qqisidagi g‘orda yashaydi. 
Uning uyiga o‘zingiz bora olmaysiz. Sizlarni o‘zimiz eltib 
qo‘yamiz.
Shunday  qilib,  qahramonlarimiz  zagunliklarga  ergas-
hib yo‘lga chiqishdi. Ular turli daralar, tog‘-u toshlar osha 
zagunliklarning  mototsiklga  o‘xshash  g‘aroyib  uchar 
transportida 5-6 soat davomida yo‘l yurishdi. Qosh qoray-
ganda aytilgan manzilga yetib kelishdi. Bu Zagun sayyora-
sidagi eng ulkan tog‘ edi. U shu qadar katta ediki, agar Yer 
yuzidagi barcha tog‘lar birlashsa ham unga teng kelmasdi. 
Tog‘ning pastida turib cho‘qqini, cho‘qqida turib esa pastni 
ko‘rishning imkoni yo‘q edi.
Yoshi o‘n mingdan o‘tgan Faylasuf shu tog‘ cho‘qqisi-
da istiqomat qilar ekan. U bizning qahramonlarni juda iliq 
kutib oldi. Ayniqsa, Ahmadga alohida izzat-ikrom ko‘rsatdi. 
Boshqalar esa bu holdan ajablandi. Faylasuf negadir Ah-
madga uzoq tikilib, unga boshdan oyoq razm sola boshla-
di. Bir muddat o‘tganidan so‘ng dedi:
–  Bolaligimda  bobom:  «Qachonlardir  sen Yer  sayyo-
rasidan kelgan maxluq bilan uchrashasan», – deb aytar 
edi.  Men  shu  kungacha  odam  degan  maxluqning  borli-
giga  ishonmasdim.  Uni  ertaklardagi  to‘qima  qahramon 
bo‘lsa kerak deb o‘ylardim. Ammo, mana, sen qarshimda 
turibsan!
– Juda g‘alati-ku, qanday qilib bobongiz buni bilgan? – 
hayron bo‘ldi Ahmad.
– Bilmadim, bobom shunday bashorat qilgan. To‘g‘risi, 
o‘zim ham buni cho‘pchak deb ishonmasdim.
– Axir, men bu yerga tasodifan kelib qoldim.
– Yo‘q, bolakay, koinotda tasodiflar bo‘lmaydi. Pesho-
namga sen bilan ko‘rishish yozilgan ekan, demak, bunda 
qandaydir hikmat bor.


66
– Balki, taqdiringizga bizga yo‘l ko‘rsatish bitilgandir?!
– Ha, balki... Lekin buni aniq bilmayman. Men 10 ming 
yildan  ortiq  yashagan  esam-da,  hali  taqdirga  yozilganini 
o‘qishni o‘rgana olmadim. Har holda, buning imkoni yo‘q 
ekanini anglab yetdim-ku, shunisiga ham shukr...
Faylasuf bir qancha vaqt o‘zi bilan o‘zi gaplashayotgan-
day bidir-bidir qilgancha keng xonada aylanib yurdi. Keyin 
yana Ahmadning yoniga kelib to‘xtadi.
– Xo‘sh, nima xizmat?
– Bilasizmi, biz galaktika xaritasini izlab yuribmiz.
– Xarita sizlarga nega kerak?
–  Xarita  mening  sayyoram  –  Salmirni  qutqarib  qolish 
uchun kerak, – dedi Margol Faylasufga yaqinroq kelib.
– Tushunarli, sizlar Moviy toshni qidirib yuribsiz, shun-
daymi?
– Moviy tosh?
– Ha, sizlar qidirayotgan kristalni aytyapman. Uni Moviy 
tosh ham deyishadi.
– Siz uni bilasizmi?
– Bilganda qandoq! O‘tgan ming yillar davomida bizning 
Somon yo‘li galaktikamizda qanchadan qancha sayyoralar 
halokatga uchramadi deysiz. Esimni tanibmanki, shu tosh-
ni qidirib yurgan fazogirlarni uchrataman.
– Uni topishganmi?
–  Bilmadim,  toshni  izlab  yurganlarni  bir  marta  ko‘rib, 
keyin uchratmaganman. Shu paytgacha Moviy tosh topildi 
degan gapni ham eshitmadim. Ammo qadimgi kitoblarda 
uni Oltin baliq yulduzi tizimidagi Olmos sayyorasidan to-
pish mumkinligi yozilgan.
– Marsliklar ham shu yulduzga qarab uchib ketishgan 
deb aytdim-ku, – dedi chetroqda turgan Moki.
– Bu toshni hatto qaroqchilar ham qidirishmoqda, – jid-
diy ohangda so‘zladi Faylasuf.
– U qaroqchilarga nega kerak? – so‘radi Margol.


67
–  Moviy  tosh  bitmas-tuganmas  energiyaga  ega. Atigi 
shu barmog‘imday keladigan Moviy tosh bo‘lagida kichik-
roq yulduzning quvvati jam bo‘ladi. Bunday tosh bilan esa 
juda ham yovuz qurollarni yaratsa bo‘ladi.
– Demak, qaroqchilarga bu tosh qurol yaratish uchun 
kerak ekan-da?!
– Shunday.
– Janob Faylasuf, Olmos sayyoraga olib boradigan ga-
laktika xaritasini qanday topish mumkin? – deya savol ber-
di Margol sabrsizlanib.
– Galaktika xaritasi haqiqatan ham bor. Lekin uni 100 
million yil ilgari 4 ta qismga bo‘lib tashlashgan, – deya gap 
boshladi Faylasuf. – Sababi, bu xarita to‘liq holda bosqin-
chilarning  qo‘liga  tushib  qolsa,  ular  xaritadan  foydalanib 
butun galaktikani bosib olishlari mumkin.
– Demak, xarita qismlari hozir koinotning turli joylarida 
ekan-da?
–  Ha,  shunday.  Menga  qolsa,  sizlar  xarita  qismlarini 
yig‘maganingiz yaxshi edi, – dedi Faylasuf.
– Nega endi? – e’tiroz bildirdi Margol.
–  Birinchidan,  sizlar  xaritani  yig‘aman  deb  halokatga 
uchrashingiz  hech  gap  emas.  Ikkinchidan,  agar  xaritani 
topsangiz, nafaqat Salmir sayyorasi, balki butun galaktika 
aholisi xavf ostida qoladi. Chunki sizdagi xaritani istalgan 
qaroqchi tortib olishi mumkin.
– Janob Faylasuf, siz xarita qismlari qayoqda ekanini 
bilasizmi o‘zi? – so‘radi Ahmad.
– Bilaman. Xaritaning bir qismi Miks sayyorasida, biri 
Galaktika muzeyida, yana biri qaroqchi Obmada saqlana-
di. Eng kichik, ammo eng muhim qism esa dom-daraksiz 
yo‘qolgan.  –  Faylasuf  shunday  deb  Ahmadga  yaqinroq 
keldi.  Negadir  uning  ko‘zlariga  tikilib  qarab  qoldi.  –  Shu 
so‘nggi qismning siriga hali hech kim yetganicha yo‘q. Bo-
lakay, balki, bu sirni sen oshkor qilarsan?


68
– Men... men bilmadim... – dedi Ahmad kalovlanib.
–  Sezib  turibman,  sen  buni  uddalashing  mumkin. 
Ammo yodingda tut, sen yaratgan kema galaktikada yago-
na. Bunday kemaga ega bo‘lishni istaydigan yovuzlar esa 
juda ko‘p. Sizlar juda ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Yo‘lingizda 
uchragan har kimga ham ishonavermang!
Faylasuf shunday deb so‘zini tugatdi. Qahramonlarimiz 
esa u bilan xayrlashib ortga qaytishdi. Ular zagunlik ham-
rohlaridan  Maanen  yulduzi  yaqinidagi  Miks  sayyorasiga 
olib boruvchi yo‘lni bilib olishganidan so‘ng «Ko‘kkezar»ga 
o‘tirib yo‘lda davom etishdi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish