3)
gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo‘lgan zonalar
bo‘yicha:
- kadastr obyektini (gidrometeorologiya hodisalarining yuqori xavfli
zonalari, daryolar havzasi, tizmatog‘ yonbag‘irlari, kotlovina) va kadastr obyekti
elementlari (kichik zona - soy havzasi, yonbag‘ir joylashuvi, gidrometeorologiya
xavfining ro‘y berish uchastkasi) nomi;
- kadastr nomeri (daryo va soy havzasi, tizmatog‘ yonbag‘ri, kotlovina
bo‘yicha);
- joylashgan o‘rni (ma’muriy manzili, xavfli gidrometeorologiya hodisasi
ro‘y berish uchastkasi);
- xavfli gidrometeorologiya hodisasining turlari (tavsifi);
- paydo bo‘lishining asosiy sabablari;
- xavfli gidrometeorologiya hodisalarining ro‘y berish zonasida joylashgan
obyektlar ro‘yhati;
196
- xavfli gidrometeorologiya hodisalari yetkazgan zarar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
- xavfli gidrometeorologiya hodisalari ro‘y berish zonalarining qog‘oz va
elektron manbalardagi 1:25000, 1:200000 masshtabli kadastr xaritalari.
Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini har yili baholash
mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- yer yuzasining amalda zararlanishini baholash;
- xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar ro‘y berishi intensivligini baholash;
- xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar ro‘y berishidan ijtimoiy, moddiy va
ekologik sohalarda ko‘rilgan zararni baholash.
Quyidagilar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi:
- obyektning kadastr ishi (tabiiy xavf yuqori zona pasporti);
- kadastr xaritalari (1:25000 masshtabli hisob xaritalari, 1:200000 masshtabli
seysmik rayonlashtirish kadastr xaritalari, (OSR, DSR) va seysmogen zonalarning
1:1000000, 1:500000, 1:200000 masshtabli xaritalari);
- kadastr daftari (boshlang‘ich kadastr axborotlari shakllari);
- kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobot.
Kadastr hujjatlari qog‘oz, elektron va boshqa manbalarda tuziladi.
Tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlar
Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga kelishilgan shakl bo‘yicha vakolatli organlar
tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan holatga
ko‘ra beriladi.
Xavfli geologik jarayonlar ro‘y beradigan zonalar bo‘yicha Davlat geologiya
qo‘mitasi Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga DKYAT ma’lumotlar bazasiga kiritish
uchun ro‘y bergan xavfli geologik jarayonlar to‘g‘risida quyidagi yig‘ma
axborotlarni taqdim etadi:
- xavfli zonalarning nomi;
- xavfli geologiya jarayonlari ro‘y beradigan zonalar va zararlanishi mumkin
bo‘lgan maydonlarning hajmlari;
197
- joylashgan o‘rni (sodir bo‘lgan joy: viloyat, tuman, koordinatlar, egallagan
maydoni);
- xavfli geologiya jarayonlari rivojlanishining eng ko‘p turi;
- xavfli geologiya jarayonlari ta’sir ko‘rsatadigan zonada joylashgan
obyektlar ro‘yhati;
- xavfli geologiya jarayonlari ro‘y berish zonalarining 1:200000 masshtabli
joylashish sxemasi.
Seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga
DKYAT ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun hududning seysmik xavfliligi
to‘g‘risida quyidagi yig‘ma axborotlarni taqdim etadi:
- seysmik xavfli zonalarning nomi;
- seysmik xavfli zonalarning makondagi holati va xarakterli hajmlari;
- seysmik xavflilikning eng ko‘p turi (paydo bo‘lish zonalari, silkinish
zonalari, har xil turdagi seysmik joylashuv holati);
- zilzilalar katalogi;
- kuchli zilzilalar markazlari (pleystoseyst);
- seysmogen zonalar va seysmik silkinishlar ta’sir ko‘rsatadigan zonalarning
1:1 000 000 masshtabli hamda ayrim hududlar uchun 1:500 000, 1:200000
masshtabli joylashish xaritalari.
Gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo‘lgan zonalar bo‘yicha
"O‘zgidromet" markazi Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga DKYAT ma’lumotlar
bazasiga kiritish uchun xavfli gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi
mumkin bo‘lgan zonalar to‘g‘risida quyidagi yig‘ma axborotlarni taqdim etadi:
- xavfli zonalarning nomi;
- joylashgan o‘rni (viloyat, tuman);
198
2
*
3
*
4
*
1
*
Do'stlaringiz bilan baham: |