D a V l a t k a d a s t r L a r I a s o s L a r I


 O‘SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRI



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/124
Sana30.12.2021
Hajmi3,38 Mb.
#87226
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124
Bog'liq
Davlat kadastrlari aoslari

4.4. O‘SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRI 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastri  yovvoyi  o‘simliklar  turlari 
tarkibi,  soni,  geografik  tarqalishi,  miqdoriy  va  sifat  tavsifi,  ulardan  fodalanish, 
iqtisodiy  baholash,  ular  o‘sadigan  muhitning  tavsifi  to‘g‘risidagi  uzluksiz 
yangilanib  turadigan  axborot  tizimi.  Kadastr  foydalaniladigan,  mintaqadagi 
ekologik  muhitga  ta’sir  ko‘rsatadigan  yoki  kamyob  va  turi  yo‘qolib  ketish  xavfi 
bo‘lgan  yovvoyi  holda  o‘suvchi  ildizli  o‘simliklar  va  qo‘ziqorinlarning  hamma 
turlarini hisobga oladi. 
Bu  kadastrni  yurituvchilar,  o‘simlik  dunyosidan  foydalanuvchi  yuridik 
shaxslar:  qishloq  xo‘jaligida  band  bo‘lgan  yerlarda  qishloq  xo‘jaligi  korxonalari, 
muassasalar  va  tashkilotlar;  davlat  o‘rmon  fondi  yerlarida  o‘rmon  xo‘jaligi 
korxonalari; zahira yerlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, joylardagi davlat 
hokimiyatining  vakolatli  organlari  o‘simliklarning  kamyob  va  yo‘qolib 
borayotgan,  dorivor  oziqbop  va  manzarali  turlari  bo‘yicha  respublikaning  butun 
hududida  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  o‘simlik  dunyosi 
obyektlarining  kadastri  subyektlari  hisoblanadilar.  Kadastr  davlat  hokimiyati  va 


147 
 
boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr axboroti 
bilan ta’minlashga mo‘ljallanilgan. 
Quyidagilar  o‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastrini  asosiy 
prinsiplari hisoblanadi: 
-  respublikaning  butun  hududida  o‘simlik  dunyosining  barcha  obyektlarini 
davlat kadastri bilan qamrab olish; 
-  axborotni  to‘plash,  qayta  ishlash  texnologiyasi  va  taqdim  etish  usulining 
yagonaligi; 
- kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish; 
- kadastrlar yagona tizimi talablarini ta’minlash; 
- kadastr axborotini to‘ldirish va yangilashning ishonchiligi va uzluksizligi. 
O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastrini  yuritish  obyektlarni 
ro‘yhatga  olish,  ular  sonini  aniqlash  va  ulardan  foydalanish  sifatini,  obyektlarin 
iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va 
uni  manfaatdor  foydalanuvchilarga  tegishli  shakllarda  va  hajmlarda  belgilangan 
tartibda tezkor berishni o‘z ichiga oladi. 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  kadastr  axborotidan  bepul 
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda 
haq  to‘lab  foydalanadilar.Kadastrni  yuritish  byudjet  mablag‘lari  hisobiga  amalga 
oshiriladi.  
O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrida 
quyidagi  guruhlarga  birlashtirilgan  yovvoyi  o‘simliklarning  har  bir  turi  bo‘yicha 
ma’lumotlar bo‘lishi kerak:  
-  yovvoyi  holda  o‘sadigan  dorivor  va  manzarali,  shuningdek,  oziq-ovqat 
sifatida foydalaniladigan o‘simliklar; 
- texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar; 
- tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar; 
-  yovvoyi  o‘simliklarning  kamyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan 
turlari. 


148 
 
Kadastr  obyektlarining  har  bir  guruhida  quyidagi  ma’lumotlar  mavjud 
bo‘lishi kerak: 
- obyektlar guruhlarining maqomi; 
- o‘simliklar dunyosi (yaylovlarning turlari); 
- keng tarqalishi (hududiy taqsimlanishi); 
- mahsuldorligi; 
- iqtisodiy baholanishi; 
- foydalanilishi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
"O‘zbekiston  oliy  o‘simliklarining  ta’rifnomasi",  shuningdek  dalani  tekshirish 
ma’lumotlari  o‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastrini  tuzish  uchun 
axborot  manbai  hisoblanadi.  O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastri 
kadastri  axboroti  uzluksiz  yangilashini  ta’minlovchi  axborotning  asosiy  va  joriy 
turlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Asosiy  (birlamchi)  turini  yuritishda  obyektlar  birlamchi 
ro‘yhatdan o‘tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o‘tkazilgandan keyin yuz 
bergan barcha keyingi o‘zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.  
Ro‘yhatdan  o‘tkazish,  hisobga  olish  va  baholash  axboroti  o‘simliklar 
dunyosi  to‘g‘risidagi  jami  kadastr  axboroti  bo‘lib,  uni  harf-raqamli  (matnlar, 
jadvallar) 
va 
chizma 
(xaritalar, 
sxemalar) 
shakllarida, 
an’anaviy  va 
avtomatlashtirilgan  variantlarda  taqdim  etiladi.  O‘simlik  dunyosi  obyektlarining 
davlat  kadastri  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
tomonidan quyidagi ma’muriy-hududiy darajalarda: 
-  birlamchi  darajada  o‘simlik  dunyosi  obyektlarning  davlat  kadastri 
subyektlarining vakolatli shaxslari tomonidan; 
-  mintaqaviy  darajada  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va  viloyatlar 
Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  boshqarmalarining  kadastr  xizmati 
vakolatli shaxslari tomonidan; 
- respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasining kadastr xizmati tomonidan yuritiladi. 


149 
 
Kadastr  subyektlari  darajasida  vakolatli  shaxslar:  yovvoyi  holda  o‘suvchi 
o‘simliklarni ro‘yhatga oladi, ularning soni, sifati va bahosi to‘g‘risidagi axborotni 
yig‘adi,  kadastr  kitobini  yuritadi,  o‘simliklarning  turlar  bo‘yicha  tarqalishining 
kadastr rejasini tuzadi va mintaqaviy darajada zarur kadastr axborotini beradi.  
Mintaqaviy  darajada  vakolatli  shaslar  kadastrini  yuritishda  subyektlarga 
uslubiy  yordam  ko‘rsatadi,  tushayotgan  axborotni  tahlil  qiladi,  taqdim  etilgan 
ma’lumotlarning  ishonchligini  baholaydi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va 
viloyatlar bo‘yicha yovvoyi o‘simliklarning ro‘yhatini va yovvoyi o‘simliklarning 
turlar  bo‘yicha  joylashishi  hududiy  sxemalarini  tuzadi,  hisobotlar  tuzadi  hamda 
ularni  har  yili  1  martgacha  belgilangan  shaklda  Ekologiya  va  atrof  muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.  
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasining kadastr xizmati respublika darajasida: 

o‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastri  yuritilishini 
muvofiqlashtiradi; 
- me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi; 
- kadastr yuritilishi ustidan nazorat qiladi; 
- viloyat kadastr hisobotlarini tizimlashtiradi; 
- kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta’minlaydi; 
- o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining atomatlashtirilgan axborot 
tizimini ishlab chiqadi; 
-  manfaatdor  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  kadastr  materiallaridan 
foydalanishi tartibi va shartlarini belgilaydi; 
- zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga beradi. 
O‘simlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish: 
-  yovvoyi  holda  o‘suvchi  dorivor  va  manzarali,  oziq-ovqat  maqsadida 
foydalaniladigan 
o‘simliklar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar 
akademiyasi hamda Davlat O‘rmon qo‘mitasi tomonidan; 
-  texnik  maqsadlarda  foydalaniladigan  yovvoyi  o‘simliklar  bo‘yicha 
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan;  


150 
 
-  yovvoyi  o‘simliklarning  kamyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan 
turlari  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  tomonidan 
yuritiladi. 
O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  hisobini  yurituvchi  vazirliklar  va 
idoralar  o‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastri  bo‘yicha  zarur  axborotni 
Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  tomonidan 
belgilangan shaklda, hajmda va muddatlarda qo‘mitaga taqdim etadilar. 
Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  2001  yildan 
boshlab  har  yili  o‘simlik  dunyosi  obyektlarining  zarur  axborotni  hisobot  yilidan 
keyingi yilning 1 aprelgacha Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etadi. 
Taqdim  etish  shakli  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
tomonidan tasdiqlanadi va Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan kelishiladi.  
 
 
 
 
                       2
*                                              
3
*                                                                        
4

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                         1
*
                       
 
 
 
 
 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish