4.3 DAVLAT O‘RMON KADASTRI
Davlat o‘rmon kadastri - kadastr obyektlarining, geografik holati, huquqiy
maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab
142
boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.Kadastr o‘rmonlarning himoyalanganlik
toifasini aniqlash maqsadida, o‘rmonlardan oqilona foydalanishni, qo‘riqlashni,
muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil etish, davlat o‘rmon fondi yerlari
tuzilmasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning
yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan barcha o‘rmonlar o‘rmon kadastrining obyektlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat O‘rmon qo‘mitasi kadastrni yuritish bo‘yicha
vakolatli organ hisoblanadi.
Davlat o‘rmon kadastri o‘rmon munosabatlarini tartibga solish, o‘rmonlarni
qo‘riqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni
tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor
yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmonlar to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari
bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Quyidagilar Davlat o‘rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o‘rmonlarni to‘liq qamrab
olish;
- makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini
qo‘llanish;
-
o‘rmonlar
to‘g‘risidagi
kadastr
axborotlarini
shakllantirish
metodologiyasining yagonaligi;
- kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
- kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
foydalanishga qulayligi.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va
inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish vakolatli organlar
tomonidan, ko‘chmas mulkka huquqlarni ro‘yhatdan o‘tkazish uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda o‘rmon obyektlariga
taalluqli yer uchastkalari to‘g‘risidagi yer-kadastr axborotlarida erlarning maqsadli
foydalanilishi bo‘yicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat
143
ro‘yhatidan o‘tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda
belgilangan mavjud cheklashlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yerlarning miqdori va
sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
Binolar va inshootlar kadastridan o‘rmon kadastriga beriladigan obyektlarga
taalluqli binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli
foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi, asosiy miqdor va
sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti
hisobiga amalga oshiriladi va o‘rmon kadastri bo‘limi hamda Davlat O‘rmon
qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari (o‘rmon xo‘jaliklari) tomonidan amalga
oshiriladi. Kadastrni yuritishni metodik ta’minlash Davlat O‘rmon qo‘mitasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat O‘rmon qo‘mitasining Davlat o‘rmon kadastri bo‘limi:
- kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning
faoliyatini ta’minlaydi;
- ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ma’lumotlar bazasining
to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat qiladi;
- kadastr obyektlarining miqdor va sifat jihatidan holati, iqtisodiy bahosi
to‘g‘risidagi joriy o‘zgarishlarni to‘playdi va tizimlashtiradi;
- kadastr obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, tizimlashtirish va
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun ma’lumotlar bazasini to‘ldiradi;
- kadastr yangi obyektlarini hisobga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga olish
va baholash axborotlarini to‘playdi;
-
kadastr
axborotlarini
tizimlashtiradi
va
ularni
kadastrning
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
- kadastri yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash
axborotlarini nazorat qiladi;
- kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi
hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili, belgilangan tartibda taqdim
etadi.
144
Davlat O‘rmon qo‘mitasi tizimidan tashqarida faoliyat ko‘rsatadigan Davlat
o‘rmon kadastri obyektlarining mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlar egalari
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo‘limiga kadastr obyektlarining
geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi
to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar
to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish kadastri obyektlarining barcha turlarini
ro‘yhatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga
olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, ishlash,
tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‘z ichiga oladi.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlari ro‘yhati ularning miqdor va sifat
tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi. Bunda
asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan
belgilanadi. Ro‘yhat natijalari bo‘yicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
Kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarida kelgusida ro‘y beradigan
o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi
ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari bo‘yicha tasnifini o‘z
ichiga oladi, ularning tarkibi kadastrni yuritish bo‘yicha normativ hujjatlarda
belgilanadi. Kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan Davyergeodezkadastr qo‘mitasi
bilan kelishgan holda, kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va
formatlari ishlab chiqiladi.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish,
xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi. Davlat o‘rmon kadastri obyektlari to‘g‘risidagi
kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat O‘rmon qo‘mitasi tarkibiy va
hududiy bo‘linmalarining kadastrni yuritishga mas’ul rahbarlari javob beradilar.
145
1. Davlat O‘rmon qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi o‘rmon kadastri
obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi.
2. Davlat O‘rmon qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi yer kadastridan hamda
binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar
to‘g‘risidagi axborotlarni oladi va davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar
bazasiga beradi.
3
*
4
*
5
*
2
*
1
*
1
*
1
*) Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yo‘nalishlari belgilangan:
17-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |