D a V l a t k a d a s t r L a r I a s o s L a r I


    ЕТКАЗИБ БЕРИШ ҚУВУРЛАРИ



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/124
Sana30.12.2021
Hajmi3,38 Mb.
#87226
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
Bog'liq
Davlat kadastrlari aoslari

 


112 
 
ЕТКАЗИБ БЕРИШ ҚУВУРЛАРИ
ДАВЛАТ КАДАСТРИ
ЕТКАЗИБ БЕРИШ ҚУВУРЛАРИ
ДАВЛАТ КАДАСТРИ
3.5. YETKAZIB BERISH QUVURLARI DAVLAT KADASTRI 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yetkazib  berish  quvurlari  davlat  kadastri  -  yetkazib  berish  quvurlari 
obyektlarini,  geografik  holati,  huquqiy  maqomi,  miqdor  va  sifat  tavsiflari  va 
iqtisodiy  baholash  to‘g‘risidagi  yangilanib  turiladigan  ishonchli  axborot  tizimi. 
Yetkazib  berish  quvurlari  davlat  kadastri  Davlat  kadastrlari  yagona  tizimining 
tarkibiy  qismi  hisoblanadi  va  ushbu  obyektlarni  hisobga  olish  hamda  holatini 
baholash maqsadida yuritiladi. 
Neft,  gaz  va  gaz  kondensatini  yetkazib  berishga  mo‘ljallangan  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududidagi  mavjud  va  qurilayotgan  quvurlar  va  ularga  xizmat 
ko‘rsatish  obyektlari:  armaturali  yetkazib  berish  quvurlarining  chiziqli  qismi, 
kompressor  va  nasos  stansiyalari,  elektrokimyoviy  himoya  vositalari,  gaz 
taqsimlash stansiyalari, neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida 
bo‘lgan,  katta  uzunlikdagi,  yuqori  bosimli,  qo‘riqlash  zonasiga  ega  bo‘lgan 
ularning  yuqori  xavfliligi  munosabati  bilan  Yetkazib  berish  quvurlari  davlat 
kadastri obyektlari hisoblanadi.  
"O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding  kompaniyasi  Yetkazib  berish  quvurlari 
davlat  kadastrini  yuritish  bo‘yicha  vakolatli  organ  hisoblanadi.  Kadastr  maqsadi 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarini,  "O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding 


113 
 
kompaniyasini,  manfaatdor  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  yetkazib  berish 
quvurlari obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlashdan 
iborat. Quyidagilar Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritishning asosiy 
prinsiplari hisoblanadi:  
-  O‘zbekiston  Respublikasining  butun  hududida  lokal  va  magistral 
quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko‘rsatish obyektlarini qamrab olish; 
- fazoviy koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini 
qo‘llash; 
-  barcha  obyektlar  bo‘yicha  kadastr  axborotlarini  shakllantirishning  yagona 
metodologiyasi; 
- kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;  
- kadastr axborotlarining ochiqligi.  
Yetkazib  berish  quvurlari  davlat  kadastrini  yuritish  quvur  obyektlarini 
ro‘yhatga  olish,  baholash  va  davlat  yer  kadastri  hamda  bino  va  inshootlar  davlat 
kadastri  axborotlaridan  majburiy  foydalanilishini  nazarda  tutadi.  Yetkazib  berish 
quvurlari  obyektlariga  tegishli  bo‘lgan  yer  uchastkalari,  binolar  va  inshootlarga 
bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yhatidan  o‘tkazish  ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan 
huquqlarni  ro‘yhatdan  o‘tkazish  uchun  belgilangan  tartibda  vakolatli  organlar 
tomonidan amalga oshiriladi.  
Yetkazib  berish  quvurlari  obyektlariga  tegishli  bo‘lgan,  davlat  yer 
kadastridan  berilayotgan  yer  uchastkalari  yer-kadastr  axborotlari  bilan 
ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bino va inshootlar davlat kadastridan Yetkazib berish 
quvurlari  davlat  kadastriga  tegishli  bo‘lgan  bino  va  inshootlar  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar berilishi kerak. 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish qog‘oz va yoki elektron 
manbalarda  olib  boriladi  va  tizimlashtirilgan  kadastr  axboroti  Davlat  kadastrlari 
yagona  tizimiga  belgilangan  tartibda  beriladi.  Kadastrni  yaratish  va  yuritish 
ishlarini moliyalashtirish "O‘zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining tegishli 
korxonalari  mablag‘lari  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Yetkazib  berish  quvurlari 


114 
 
davlat  kadastrini  yuritish  "O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding  kompaniyasining 
quyidagi tarkibiy bo‘linmalari: 
-  "O‘zLITIneftgaz"  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  huzuridagi  Yetkazib  berish 
quvurlari davlat kadastri xizmati; 
- neft-gaz-transport korxonalarining kadastr bo‘linmalari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Hisobga  olish  va  baholash  kadastr  axborotlarini  shakllantirish  yetkazib 
berish 
quvurlari 
bo‘yicha  ma’lumotlar  banki  tashkil  etilgan  holda 
"O‘zLITIneftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. 
 "O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding  kompaniyasining  yetkazib  berish  quvurlari 
obyektlarini  quruvchi,  foydalanuvchi,  rekonstruksiya  qiluvchi  va  ta’mirlovchi 
bo‘linmalari  ma’lumotlar  bazasiga  obyektlarining  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlari, 
holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi axborotni kiritishlari shart.  
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri xizmati: 
-  kadastrning  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  joriy  etilishi  va  mavjud 
bo‘lishini ta’minlaydi; 
-  ma’lumotlar  bazasi  tuzilmasini  ishlab  chiqadi,  uni  neft-gaz-transport 
korxonalariga beradi, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazorat qiladi; 
-  hodimlarni  kadastrning  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  bilan  ishlash 
bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi; 
-  korxonalar  tomonidan  taqdim  etilgan  kadastr  axborotlarini  tizimlashtiradi 
va davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi; 
-  yangi  obyektlar  to‘g‘risidagi  hisobga  olish  va  baholash  ma’lumotlari 
to‘planishi ustidan nazorat qiladi; 
- shakllantirilayotgan kadastr ma’lumotlari sifati ustidan nazorat olib boradi, 
uning  ishonchliligi  va  o‘z  vaqtida  davlat  kadastri  avtomatlashtirilgan  axborot 
tizimiga kiritilishi uchun javobgar bo‘ladi; 
-  kadastr  axborotlarining  xilma-xilligi  va  sifatiga  talabni  muntazam 
o‘rganadi, kadastrni yuritish texnologiyasi takomillashtirilishini ta’minlaydi; 


115 
 
Yetkazib  berish  quvurlari  davlat  kadastri  yuritishni  metodik  ta’minlash 
"O‘zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Neft-gaz-transport korxonalarining kadastr bo‘linmalari: 
-  yetkazib  berish  quvurlari  obyektlarining  miqdor  va  sifat  holatidagi  joriy 
o‘zgarishlar,  ularning  atrof  muhitga  ta’siri,  ekologik-iqtisodiy  baholash 
to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi va tizimlashtiradi; 
-  yetkazib  berish  quvurlari  obyektlari  kadastr  daftarlarini  yuritadi, 
ma’lumotlar  bazasini  to‘ldiradi  va  ularni  tizimlashtirib  davlat  kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun kadastr xizmatiga beradi; 
-  yangi  obyektlarni  hisobga  qo‘yadi,  ular  to‘g‘risidagi  hisobga  olish  va 
baholash ma’lumotlarini to‘playdi.  
"O‘zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi: 
- butun tarmoq bo‘yicha Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish 
bo‘yicha kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiradi; 
-  har  yili  belgilangan  tartibda  Davyergeodezkadastr  qo‘mitasiga  Davlat 
kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun yetkazib berish quvurlari obyektlarining 
holati va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadi. 
"O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding  kompaniyasi  tizimidan  tashqarida  mavjud 
bo‘lgan  yetkazib  berish  quvurlari  obyektlarining  egalari  foydalanuvchilar  kadastr 
xizmatiga  kadastr  obyektlarining  jug‘rofiy  holati,  huquqiy  maqomi,  miqdor 
tavsiflari  va  baholanishi,  shuningdek,  ular  holatining  joriy  o‘zgarishlari 
to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart. 
Yetkazib  berish  quvurlari  davlat  kadastrini  yuritish  magistral  va  lokal 
quvurlarning barcha turlarini va  ularning xizmat  ko‘rsatish obyektlarini  ro‘yhatga 
olishdan,  ularning  miqdor  va  sifat  tavsiflarini  hisobga  olishdan,  obyektlarni 
ekologik-iqtisodiy  baholashdan,  shuningdek,  kadastr  axborotlarini  to‘plash,  tahlil 
qilish,  tizimlashtirish,  saqlash,  yangilash  va  uni  qonunda  belgilangan  tartibda 
manfaatdor  foydalanuvchilarga  taqdim  etishdan  iboratdir.  Yetkazib  berish 
quvurlari  obyektlari  ro‘yhati  ularning  miqdor  va  sifat  tavsiflarini  hisobga  olish, 
ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi. 


116 
 
Yetkazib  berish  quvurlari  obyektlari  birlamchi  ro‘yhatga  olinib  asosiy 
ko‘rsatkichlari qayd etiladi. Asosiy ko‘rsatkichlarning tarkibi Davyergeodezkadastr 
qo‘mitasi  bilan  kelishuv  bo‘yicha  "O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding  kompaniyasi 
tomonidan  tasdiqlanadigan  tegishli  normativ  hujjatlar  bilan  belgilanadi.  Ro‘yhat 
natijalari bo‘yicha har bir obyektga pasport tuziladi. 
Miqdor  va  sifat  tavsiflarining  asosiy  hisobga  olish  foydalanishga  yangi 
topshirilgan  va  mavjud  bo‘lgan  etkazib  berish  quvurlarining  har  bir  obyekti 
bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Obyektlar  tavsiflarida  yuz  beradigan  bundan  keyingi 
o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi. 
Obyektlarning  miqdor  va  sifat  tavsiflarini  hisobga  qo‘yilishi  ularning 
iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‘yicha tasniflanishini o‘z ichiga oladi, 
ularning  tarkibi  yetkazib  berish  quvurlari  davlat  kadastrini  yuritish  bo‘yicha 
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga 
olish 
uchun 
Davyergeodezkadastr 
qo‘mitasi  bilan  kelishuv  bo‘yicha 
"O‘zbekneftgaz"  milliy-xolding  kompaniyasi  tomonidan  texnik  parametrlar  va 
kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.  
Hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilgan  va  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan 
hisobga  olish  axboroti  korxonaning  kadastr  daftariga  yoziladi  va  Yetkazib  berish 
quvurlari  davlat  kadastri  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimiga  kiritiladi.  Yetkazib 
berish  quvurlari  obyektlarini  iqtisodiy  baholash  har  bir  obyektning  qiymatini 
belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun o‘tkaziladi.  
Yetkazib  berish  quvurlari  obyektlari  to‘g‘risidagi  kadastr  axborotlarining 
ishonchliligi  uchun  neft-gaz-transport  korxonalarining  mansabdor  shaxslari  va 
"O‘zLITIneftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Yetkazib berish quvurlari 
davlat kadastri xizmati javob beradi. 
1. "O‘zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tizimida va uning tizimidan 
tashqarida  mavjud  bo‘lgan  yetkazib  berish  quvurlari  obyektlari  egalari 
foydalanuvchilar  kadastr  axborotlarini  neft-gaz-transport  korxonalarining  kadastr 
bo‘linmalariga taqdim etadilar . 


117 
 
 
 
 
 
                                                     
                                                 4
*
                                 5
*
                                      7

 
 
 
 
                                 3

 
 
 
                                                   
 
 
                                         
                                                 2
*                                                    
6

 
 
 
      
 
 
      1
*                                                                                                                                                                                          
1

 
 
 
 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish