3.6. KARTOGRAFIYA-GEODEZIYA DAVLAT KADASTRI
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri - O‘zbekiston Respublikasi hududida
bajarilgan geodezik va kartografik ishlar materiallari, geodezik tayanch tarmoqlar
punktlarining yer osti markazi va yer usti belgilari, ularning miqdor va sifat
tavsiflari to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida Kartografiya-geodeziya
davlat kadastrini ro‘yhatga olish obyektlari hisoblanadi:
119
- O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlarining turli masshtablardagi
topografik xaritalari;
- O‘zbekiston Respublikasi shaharlari, shaharchalari va qishloq aholi
punktlarining topografik planlari;
- O‘zbekiston Respublikasining raqamli elektron xaritalari;
- O‘zbekiston Respublikasining navbatchi ma’lumotnoma xaritasi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududini aerofoto va kosmik suratga olish
materiallari;
- O‘zbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmoqlari va zichlash
tarmoqlari punktlari, reperlari va ularni er usti belgilari;
- yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari;
- barcha geodezik tarmoqlar punktlari, reperlari hamda chegara belgilari
koordinatlari va balandliklari kataloglari;
- geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish sanasi ishlarni
bajaruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bajarilgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda "Dayergeodezkadastr") Kartografiya-
geodeziya davlat kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kartografiya-geodeziya
axborotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Quyidagilar kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasining barcha hududini to‘liq qamrab olish;
- kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
- kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
- kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
foydalanishga qulayligi.
Kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga
oshiriladi.
120
Davyergeodezkadastr qo‘mitasining idoraviy mansub tashkiloti - Davlat
geodeziya nazorati inspeksiyasi kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va
kadastrni yuritishni metodik ta’minlash Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan
amalga oshiriladi. Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi:
- geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarini Davlat
geodeziya nazorati inspeksiyasiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi;
- kadastr axborotlarini shakllantirish va taqdim etish formatlarini ishlab
chiqadi, ularning sifatini nazorat qiladi;
- kadastr avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasi tuzilmasini
ishlab chiqadi va uni to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat qiladi;
- hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini tizimlashtiradi,
shakllantiradi va ularni kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
- kadastr axborotlariga bo‘lgan talabni muntazam ravishda o‘rganadi,
kadastrni yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududining kartografiya-geodeziya jihatidan
o‘rganilganligi monitoringini yuritadi;
- kadastr ma’lumotlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga,
jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etadi, ulardan foydalanish tartibi va
shartlarini belgilaydi;
- kadastr axborotlarini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlaydi;
- tizimlashtirilgan kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga
tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi.
Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining ro‘yhati
ularning miqdor va sifat tavsiflarini hamda iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun
asos hisoblanadi. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining barcha
turlari boshlang‘ich ro‘yhatga kiritiladi, ularni yaratish uchun dastlab geodeziya,
topografiya va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, ilgari yaratilgan obyektlar
to‘g‘risidagi yangilangan ma’lumotlar yoziladi. Bunda ilgari yo‘qolgan va qayta
tiklangan geodeziya belgilari va reperlari, ishlarning bajaruvchilari to‘g‘risidagi
121
ma’lumotlar, ularni bajarish muddatlari va qiymati ham yoziladi. Ro‘yhat natijalari
bo‘yicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi.
3
*
4
*
5
*
5
*
1
*
2
*
14-rasm. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish sxemasi
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini hisobga olish xaritalar
nomenklaturasi bo‘yicha, davlat geodeziya tarmoqlari klasslari va turlari bo‘yicha,
shu jumladan, ma’muriy-hududiy bo‘linish bo‘yicha hamda aholi punktlari
bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan
tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari reestr daftariga yoziladi va
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga
kiritiladi. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari to‘g‘risidagi kadastr
axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi javob
beradi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi
(DKYAT)
(Davyergeodezkadastr qo'mitasi)
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri
(KGDK)
Davyergeodezkadastr qo'mitasi
Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi
(DGNI)
Foydalanuvchilar
Geodeziya, topografiya va kartografiya
ishlarini bajaruvchilar
122
Do'stlaringiz bilan baham: |