Hududlarni kadastr birliklariga bo‘lish materiallariga o‘zgartishlar
kiritish tartbi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 21 dekardagi
35-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari, bino va inshootlarni
kodlashtirishning yagona tizimi”ga muvofiq ilgari berilgan kadastr raqamlari
saqlanib qolinadi. Ushbu tartibga muvofiq berilgan yer uchastkalarining kadastr
raqami 16 sondan va bino - inshootlarning kadastr raqami 20 sondan iborat bo‘lishi
belgilangan.
Ushbu tartibga muvofiq berilgan kadastr raqamlari yer uchastkasining
chegaralari va maydonlari o‘zgarganda, ko‘chmas mulk bo‘yicha xarakatlar
amalga oshirilayotganda, ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egalari
o‘zgarganda, yuridik va jismoniy shaxslar murojaat qilganda, ularga yangi kadastr
raqami beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 31 dekardagi
492-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr
bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr
raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining
qarorlari bilan hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari tasdiqlangandan
40
keyin eski tartibda yer uchastkalariga berilgan kadastr raqamlari yangi tartibga
muvofiq o‘zgartiriladi.
Hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish amalga oshirilgandan keyin ma’muriy-
hududiy tizimga o‘zgarishlar kiritilgan taqdirda, hududlarini kadastr bo‘yicha
bo‘lish xaritalariga, planlariga va sxemalariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Tumanlar tugatilganda, ularning kodlari bekor qilinadi va bu kodlar boshqa
foydalanilmaydi. Yangi tumanlar tashkil etilganda, ularga navbatdagi kod beriladi.
Tumanlar tugatilib, ularning hududi boshqa tumanlarga berilganda, tugatilgan
tumanlardagi zonalar, massivlar va mavzelar, iloji boricha, saqlanib qolinadi,
zonalarga esa navbatdagi kod beriladi.
Tumanga
bo‘ysunuvi shaharchalar toifasiga o‘tkazilgan viloyatga
bo‘ysunuvchi shaharlar ma’muriy-hududiy tuzilmalar tarkibidan chiqarib
tashlanadi. Bunda viloyat bo‘yicha tumanlarga (shaharlarga) ilgari berilgan kodlar
qayta ko‘rib chiqilmaydi va ular saqlanib qolinadi.
Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar tumanga bo‘ysunuvi shaharchalar
toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, ular tuman doirasida zona sifatida qabul qilinadi va
ularga navbatdagi zona kodi beriladi. Ushbu shaharlarda ilgari shakllantirilgan
zonalar va ularning kodlari bekor qilinadi, massiv va mavzelar ilgari berilgan
kodlar bilan saqlanib qolinadi.
Tumanga bo‘ysunuvi shaharlar viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar toifasiga
o‘tkazilganda, ularga ma’muriy-hududiy tuzilmalar sifatida navbatdagi kod
beriladi va ularning hududi zonalarga bo‘linadi, massivlar va mavzelar saqlanib
qolinadi.
Qishloq aholi punktlari shaharchalar toifasiga o‘tkazilganda, ularga zona
sifatida navbatdagi kod beriladi va ularning hududi massivlar va mavzelarga
bo‘linishi yangidan kodlanishi mumkin.
Tuman (shahar) bo‘yicha zonalar, massivlar va mavzelarning yangi ro‘yhati
hamda hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish xaritalari, planlari, sxemalari tuman
(shahar)
hokimlarining
qarorlari
bilan
tasdiqlanadi,
ularning
qarorlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
41
hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Keyinchalik ma’muriy-hududiy tuzilmalar tarkibida o‘zgarishlar paydo
bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |