D a V l a t k a d a s t r L a r I a s o s L a r I


Yer uchastkasi, bino va inshootlar kadastr raqamini shakllantirish tartibi



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/124
Sana30.12.2021
Hajmi3,38 Mb.
#87226
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
Davlat kadastrlari aoslari

Yer uchastkasi, bino va inshootlar kadastr raqamini shakllantirish tartibi. 
Yer 
uchastkalari, 
binolar 
va 
inshootlarni 
O‘zbekiston  Respublikasida 
identifikatsiyalash  tizimi  yagona  prinsip  bo‘yicha  yaratiladi,  bunda  yer 
uchastkasining kadastr raqami asos qilib olinadi. 
Kadastr  raqami  –  bu  yer  uchastkasi,  bino,  inshootga  tegishli  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  takrorlanmaydigan  raqamdir.  U  qonun  hujjatlari  bilan 
belgilangan  tartibda  uni  shakllantirishda  beriladi  va  u  ro‘yhatdan  o‘tkazilgan 
huquqning yagona obyekti sifatida foydalanishi davomida saqlanib qolinadi. 
Quyidagilar kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:  
- hududlar kodi;  
- hududlar tarkibidagi ma’muriy tumanlarning (shaharlarning) kodi;  
- kadastr zonasi kodi;  
- kadastr massivi kodi;  
- kadastr mavzesi kodi;  
- yer uchastkasining kodi;  
- bino, inshootning kodi;  


35 
 
- bino, inshoot bir qismining kodi.  
Yer  uchastkasi,  bino  va  inshootlarning  kadastr  raqami  quyidagi  belgilar 
ko‘rinishida ifodalanadi: 
AAVVSSDDEEFFFFGGGGHHH, 
Bu erda:  
AA  –  hududlarning  (Qoraqalpog‘iston  Respublikasining,  viloyatlarning  va 
Toshkent shahrining) kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; 
VV  –  hududlar  tarkibidagi  ma’muriy-hududiy  tuzilmalarning  (ma’muriy 
tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarning) 
kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; 
SS – kadastr zonalari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; 
DD  –    kadastr  zonalari  doirasida  kadastr  massivlari  kodini  bildiruvchi  ikki 
razryadli o‘nli son; 
EE –  kadastr massivlari doirasida kadastr mavzelari kodini bildiruvchi ikki 
razryadli o‘nli son; 
FFFF – kadastr mavzelari doirasida yer uchastkalari kodini bildiruvchi to‘rt 
razryadli o‘nli son; 
GGGG  –    yer  uchastkalari  doirasida  bino  va  inshootlar  kodini  bildiruvchi 
to‘rt razryadli o‘nli son; 
NNN  –  bino  va  inshootlar  bir  qismi  kodini  bildiruvchi  uch  razryadli  o‘nli 
son. 
Ushbu  tartibdan  kelib  chiqib,  yer  uchastkalarining  kadastr  raqami  14 
razryadli o‘nli sondan iborat bo‘ladi.  
Bino  va  inshootning  kadastr  raqami,  ushbu  bino  va  inshoot  joylashgan  yer 
uchastkasining  kadastr  raqamiga  bino  va  inshshotga  berilgan  to‘rt  razryadli  o‘nli 
son qo‘shib, 18 razryadli o‘nli sondan iborat bo‘ladi.  
Tumanlar  (shaharlar)  doirasida  kadastr  zonalarini,  kadastr  zonalari 
doirasidagi  massivlarni  hamda  massivlar  doirasidagi  mavzelarni  raqamlash 
(kodlash), ularni zonalarga, massivlarga va  mavzelarga bo‘lish jarayonida amalga 
oshiriladi.  Kadastr  zonalari,  massivlari  va  mavzelari  barcha  hujjatlarda  ularning 


36 
 
kodi bilan belgilanadi, ularga nom berilmaydi. 
Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarining chegaralari, odatda, shaharlar, 
shahar  tumanlari,  qishloqlar,  ovullarning  ma’muriy  chegaralari  bo‘yicha  qabul 
qilinadi.  Keyinchalik,  ma’muriy  chegaralar  o‘zgarganda,  kadastr  bo‘yicha 
bo‘linish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Yer  uchastkasiga  kadastr  raqamini  berish  yer  uchastkasi  ko‘chmas  mulk 
obyekti  sifatida  shakllantirilgandan  keyin  tuman  (shahar)  yer  kadastri  daftarini 
to‘ldirish jarayonida amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga berilgan kadastr raqami 
ularni hisobga olish reestrida aks ettiriladi. 
Tuman (shahar) hududida joylashgan tegishli soha kadastrlarida aynan nom 
yoki  raqam  bilan  alohida  hisobga  olinadigan  uzun  muxandislik  obyektlari 
(kanallar, kollektorlar, avtomobil va temir yo‘llari) joylashgan yerlar mustaqil yer 
uchastkalari  hisoblanadi  va  ularga  tuman  (shahar)  doirasida,  ular  qanday  zonalar, 
massivlar  va  mavzelarda  joylashishidan  qat’i  nazar,  14  razryadli  sondan  iborat 
yagona kadastr raqami beriladi. 
Chizikli  obyektlar  yer  uchastkalarining  kadastr  raqamini  shakllantirishda, 
ular  qaysi  zonada  ko‘proq  joylashgan  bo‘lsa,  usha  zona  kodi,  shu  zonadagi  qaysi 
massivda  ko‘proq  joylashgan  bo‘lsa,  usha  massiv  kodi,  ushbu  massivda  qaysi 
mavzeda  ko‘proq  joylashgan  bo‘lsa,  usha  mavze  kodi  va  ushbu  mavzedagi 
navbatdagi yer uchastkasi kodi beriladi. 
Hududlar  kadastr  birliklariga  bo‘linadigan  keyin  yangi  yer  uchastkasi  bir 
nechta  mavzelar  hududidan  berilgan  bo‘lsa,  shu  yer  uchastkasining  katta  qismi 
qaysi  mavzeda  joylashgan  bo‘lsa,  usha  mavzening  kodi  beriladi  va  hududlarini 
kadastr bo‘yicha bo‘lish kartografik materiallarga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. 
Yangi  plan  yoki  xarita  tuzish  (tuzatishlar  kiritish),  ro‘yhatga  olish,  yangi 
kadastr  xaritalarini  (planlarini)  tayyorlash  jarayonida  yer  uchastkasi,  bino  va 
inshootning  (ularning  bir  qismidan  tashqari)  kadastr  raqamini  tashkil  etuvchi 
majburiy elementlari (kodlar) o‘zgartirilmaydi.  


37 
 
Bino va inshootning bir qismi asosiy binodan boshqacha huquqiy maqomga 
ega (rasmiy huquq egasi boshqa shaxs) bo‘lgan uning ayrim xonalari (kvartiralar, 
alohida xonalar va ulardan ajralib turgan boshqa qismlari) hisoblanadi. 
Ko‘p  qavatli  uylardagi  kvartiralarga  kadastr  raqamini  shakllantirish 
jarayonida  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlari  yoki  shu  uyni  ishlatib  turadigan  boshqa 
tashkilotlarning yer uchastkasi va aynan uyning kadastr raqami asos qilib olinadi. 
Yer uchastkasidagi binoning bir qismi sifatida kvartira tartib raqami qabul qilinadi.  
Binolar  va  inshootlarga  kadastr  raqami  ushbu  binolarga  va  inshootlarga 
bo‘lgan  huquqni  davlat  ro‘yhatidan  o‘tkazish  jarayonida  yer  uchastkasining  bino 
va  inshootlar  aks  ettirilgan  plani  tayyorlangandan  keyin    beriladi.  Butun  yer 
uchastkasiga,  bino  va  inshshotlarga  bo‘lgan  huquq  boshqa  shaxsga  o‘tganda  va 
(yoki)  ularga  bo‘lgan  huquq  turi  o‘zgarganda,  ushbu  ko‘chmas  mulk 
obyektlarining kadastr raqami o‘zgarmaydi.  
Yer  uchastkalarining  chegaralari  va  maydoni,  ularni  bo‘lish  yoki  qo‘shish 
yohud bir qismini olib qo‘yish natijasida o‘zgarganda hamda yangi yer uchastkasi 
tashkil etilganda, ularga belgilangan tartibda yangi kadastr raqami beriladi. Bunda 
oldin berilgan kadastr raqamlari bekor qilinadi va ular keyinchaliq qo‘llanilmaydi.  
Yer  uchastkalari,  binolar  va  inshootlarga  berilgan  kadastr  raqamlari  yer 
kadastri  kitobida,  yerga  bo‘lgan  huquq  davlat  reestrida,  bino  va  inshootlarning 
kadastr  kitobida,  bino  va  inshootlarni  hisobga  olish  reestrida  va  boshqa  kadastr 
hujjatlarida aks ettiriladi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish