Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Yer qobig’idagi hosil bo’ladigan tektonik harakatlar sabablari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/204
Sana05.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#878819
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   204
Bog'liq
-qullanma

 
12.5. Yer qobig’idagi hosil bo’ladigan tektonik harakatlar sabablari
haqidagi gipotezalar 
Yer qobig’ining turli bukilmali va uzilmali dislokatsiyalari ko’rib 
chiqilganda, ularni xosil bo’lishi sababi yerning ichida vujudga keladigan tektonik
xarakatlar deb ko’rsatiladi. Lekin ayrim uzilmali va uzilmali tuzilmalar notektonik 
yo’llar bilan ham hosil bo’lishi mumkin, shu sababli dislokatsiyalarni o’rganish
chog’ida tektonik va notektonik hosil bo’lish tuzilmalarini ajratish lozimdir. 
Notektonik tuzilmalar hosil bo’lishi sabablari o’rganilgan bo’lib, ular 
ekzogen jarayonlar tufayli yuz beradi. Masalan: surilish, ko’chish, karstlar, 
muzliklarning jinslarga bosimi va h.k. 
Yer qobig’idagi tektonik xarakatlarning xosil bo’lish sabablarini aniqlash 
anchalik mushkul vazifadir.
Hozirgi sharoitda tektonik harakatlarni hosil bo’lish sabablari 3 guruhga 
ajratilgan: 
1) Kinematik belgilarga asoslangan ya’ni yer o’qining tebranma xarakati 
tufayli bizning planetamizning sekinlab yoki tezlab ketishi, quyosh yoki oyning 
tortish kuchi tufayli magmaning qaynashi - sovushi harakati va boshqa xodisalar 
oqibatiga asoslangan; 
2) Yer qobig’ining ekzogen jarayonlar bilan bog’lanish harakatiga 
asoslangan; 
3) Yerning ichki tuzilishi o’zgarishining geotektonik jarayonlar faktori 
sifatida tan olinishi. 
Bu sohada V. A. Obruchev va V.V. Belousov kontseptsiyalari ko’proq 
tanilgandir. V.A. Obruchev gipotezasiga ko’ra, yerning taraqqiyoti davridagi yer
qatlamining va ayniqsa faol sodir bo’layotgan, kengayish va qisilish kuchlari 
ta’siri sharoitidagi xarakatidan kelib chiqadi. Bunda 2 xil; tebranma, bukilma 
xarakat ko’rsatiladi.


73 
Qisilish jarayonida issiqlik yo’qolishi, cho’zilish esa magmaning qattiq 
xolatdan yumshoq xolatga o’tish, qisilish tugagandan so’ng, bosim kamayishi 
bilan shartlanadi. Kengayish, ko’chuvchi belbog’lar - geosinklinallarni tashkil
etadi. Barqaror bo’lgan maydonda yer qobig’i ko’pchiydi va yoriqlar turkumiga 
bo’linadi. Qisilish tangentsial’ harakatlar tufayli geosinklinallarda bukilmalar 
jarayoni oraliqlarini xosil qilib, bu oraliqda energiya to’planish uchun lozim 
bo’ladi (evolyutsion davr). 
Magmatik faoliyat kengayish davri va sikllari bilan bog’lanib, magmatik 
qatlamga bosim kuchsizlanadi va magma qattiq holatdan suyuq holatga o’tib, 
yoriqlarni to’ldirib yuqoriga xarakatlanadi (revolyutsion davr). V.V. Belousov, yer 
shari, kosmik fazodagi sovuq changsimon zarralarning birikishidan hosil bo’lgan 
taxminni ilgari suradi. 
Keyinchalik Yer ichidan, radiaktiv parchalanish tufayli qizib borgan. Yer 
moddasining issiqlik o’tqazuvchanligi kamligi tufayli radioaktiv issiqligi xanuz 
katta chuqurliklarda (700 kmdan ko’p) to’planmoqda. Yerning mantiya qismining 
yuqori qavatlari tarixi murakkabroqdir. Hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, dastlab 
yuqori mantiya hammasi qizigan, so’ngra taxminan bir yarim milliard yil avval, 
radioaktiv elementlar tugaganligi sabab, bosqichma-bosqich tepadan pastga tomon 
sovish boshlangan. Radioaktiv qizdirish mantiyaning yuqori qismi moddasining
qisman erishiga olib kelgan. Yuqori mantiyadan seysmik tebranish to’lqinlarining 
tezligi bo’yicha yumshoq qatlam (astenosfera) aniqlangan bo’lib, u materik 
(quruqlik) ostida 100-200 km, okeanlar ostida 50-400 km chuqurlikda
joylashgandir. 
Extimol, qisman erigan qatlam shu bo’lsa kerak. Yengil tarkiblar undan 
erib chiqib, yuzaga ustun yoki polosa ko’rinishida yuqoriga ko’tariladi. Ana shu 
yengil jinslardan yer qobig’i va xususan uning granit qatlami tashkil topadi, 
pastga tomon esa erigan qatlamdan og’ir moddalar tushib ketadi. Bu jarayonga 
ichki sinishlar ta’sir ko’rsatishi lozim. Ular, yengil moddalar oson ko’tariladigan 
yo’llar bo’lib hisoblanadi. Yer qobig’ining yuqori qismida ajralish jarayoni tezroq 


74 
va shiddatliroq ro’y beradi, sababi yuqorida bosim pastligi tufayli, moddaning 
quyuqligi kamroqdir. 
Yuqorida 
erigan 
qatlamning 
bo’linishi, 
yer 
qobig’ini 
shiddatli 
geosinklinallarga xos bo’lgan turli ko’tarilishlar, tepaliklar va chuqurliklar hosil 
qiladi. V.A. Obruchev va V.V. Belousovlar gepotezasi va taxminlari ma’lum 
bo’lgan ilmiy ma’lumotlarga yaqin turadi. 
Ayniqsa mantiyaning yuqori qisimni tashkil etgan moddaning tarkibi haqida 
yangi ma’lumotlarni to’planib borishi bilan, bu taxminlar qayta ko’rib chiqib, 
to’ldirib boriladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish