236
32.
TABIIY QURILISH MATERIALLARI KONLARI
Qurilish uchun muhandislik - geologik tadqiqotlar kompleksiga
tabiiy
qurilish materiallarini qidirish va razvedka qilish kiradi, ular ko’p hollarda ob’yekt
qurilishi uchun lozim. Qurilish rayonida qurilish
materiallarini mavjudligi
inshootini turi va konstruktsiyasini tanlashda xal qiluvchi ahamiyatga ega. Yer
qobig’ida ma’lum tog’ jinslarini (yoki minerallarni) to’plami (ularni qazib olish
amaliy ahamiyatga ega bo’lganda, jumladan qurilish uchun)
kon
deyiladi.
Konlarni tarkibiga tabiiy qurilish materiali yoki ular uchun xomashyo
bo’ladigan tog’ jinslari kiradi. Bu jinslarni hammasi noma’lum foydali qazilmalar
deb ataladi.
Tabiiy qurilish materiallariga qurilish amaliyotida tabiiy ko’rinishda
ishlatilishi mumkin bo’lgan tog’ jinslari (granitlar, ohaktoshlar, galechniklar va b.)
kiradi. Qurilish toshlari, qum, gil, sheben va x.k.lar olinadi.
Ko’p hollarda tog’ jinslari sun’iy qurilish materiallarini tayyorlashuchun
xom ashyodir. Masalan, mergellar sement olish uchun gil va suglinkalar - g’isht
uchun xizmat qiladi va x.k.
Noma’dan foydali qazilmalarni ko’p hollarda ochiq tog’ laxmlaridan
olinadi. Bunday maqsadlarga mo’ljallangan laxmlar to’plami kar’er deyiladi.
Muhandislik - geologik tadqiqotlarni vazifasiga noma’dan
foydali qazil-
malar konlarini qidirish va razvedkalash kiradi. Qidirish qurilish hududi yaqinida
zaruriy materiallarni konini (yoki kar’yer) topishga imkon beradi. Aniqlangan kon
razvedkalanadi. Bunda materiallarning sifati, miqdorri va yotish sharoitlari
belgilanadi.
Bunday ish tanlangan hududda avvaldan ishlab chiqilgan reja bo’yicha
o’tkaziladi, u avvalgi tadqiqotlar (geologik xarita va hisobotlar)
materiallari
asosida tuziladi.
Qidiruvlar quyidagi vazifalarni yechishi kerak:
Kon kar’yerasini kesimi:
-tanlangan hududda zaruriy foydali qazilmani topish;
-materialni avvaldan (boshlang’ich) baholash chn namna olish;
237
-kon zaxirasini taxminiy aniqlash;
-keyingi razvedka ishlarini maqsadga muvofiqligini baholash.
Ish tayyorgarlik va dala davrlaridan iborat.
Tayyorgarlik davrida adabiyotlar, geologik xaritalar, geologik tashkilotlarni
qo’lyozmalari fondlari o’rganiladi. Bu material asosida ushbu hudud uchun
u yoki
bu noma’lum foydali qazilmalar konlari haqida taassurot tuziladi. Shundan keyin
dala sharoitida belgilangan konlarni ko’rib chiqish tashkillashtiriladi, tabiiy
ochilgan joylar o’rganiladi va zarur bo’lsa razvedka lahmlari (raschistka, shurf,
burg’ilash quduqlari) o’tkaziladi.
Qidiruv ishlari natijasida foydali qazilmalarni aniqlangan konlari va
kar’erlari ko’rsatilgan xarita – sxema tuziladi,
tushuntirish yozuvi ularni
joylashuvi haqida, materialni sifati va miqdoriy baholanishi, keyingi ishlar
bo’yicha fikrlar yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: