“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 76
Talabalar mustaqil ishlarini rejalashtirish jarayoniga boshqarishda asosiy mas’uliyat fan oʻqituvchisi
zimmasiga yuklanadi. Oʻqituvchi tomonidan zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida darsning modeli
aniqlanadi, oʻquv maqsadlari (oʻqituvchining va identiv oʻquv maqsadlari) shakllantiriladi.
Shu asosda har bir asosiy savol boʻyicha mustaqil ish topshiriqlari tuziladi hamda oʻquv mashg’ulotlari
jarayonida talabalar faoliyatini boshqarish mustaqil ishga jalb etish, nazorat qilish, rag’batlantirish, baholash,
xulosalash kabi bosqichlarni puxta tayyorlashga erishiladi. Fan boʻyicha oʻquv dasturi talabalar mustaqil
ishlarini rejalashtirishda asosiy manba hisoblanadi.
Talabalar mustaqil ishlarini bajarish jarayoni loyihalashtirilayotganda talabalarda oʻz-oʻzini boshqarish
va nazorat qilish koʻnikmalarini shakllantirilishi e’tiborga olinadi. Talabalar mustaqil ishlarini oʻqituvchining
oʻquv dasturida fan boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar toʻla aks ettiriladi.
Muhokamalar va natijalar. Talabalar mustaqil ishlarini amalga oshirishda samaradorlik koʻp jihatdan
topshiriqlarning toʻg’ri rejalashtirilganligiga, aniq maqsadni moʻljallab tayyorlanganligiga, tarqatma va oʻquv-
metodik materiallarning sifatiga har tomonlama bog’liq.
Moddiy-texnik va dasturiy taminotning talabalar mustaqil ishlarining tashkil qilishda roli kattaligini
e’tiborga olgan holda mustaqil ishlarni bajarishdagi samaradorlikni oʻquv- metodik va axborot ta’minoti
sifatiga aloqadorligi qonuniyatlarini ilmiy-metodik jihatdan oʻrganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu oʻrinda oʻquv-metodik adabiyotlar, ma’ruza matnlar, oʻquv-metodik majmualar me’yoriy oʻquv metodik
hujjatlar, topshiriqlar toʻplami, ilmiy, ilmiy–metodik hamda davriy nashrlarni alohida e’tiborga olish zarur.
Talabalar mustaqil ishlari samaradorligining fan oʻqituvchilarning uslubiy nuqtayi nazardan puxta
bilimga egaligi va ularning pedagogik mahoratiga bog’lanishi ham oʻrganilishi zarur boʻlgan masalalardandir.
Talabalar ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganligi ularda yuqori darajadagi faollik hamda mustaqillikning
shakllanganligi muhim omillaridan hisoblanadi. Ularda ijodiy qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirishda
mustaqil ta’limning katta ahamiyatga va imkoniyatlarga ega ekanligi masalalari J.Tolipovaning ilmiy-metodik
ishlarida atroflicha tahlil etilgan.
Talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda oʻquv fani mazmunining asosiy ahamiyatga ega
ekanligini e’tiborga olgan holda, oʻqituvchi tomonidan oʻquv materiallarni bayon etishda eksperimental faktlar
va ularning fan nazariyasi bilan bog’lanishi hamda qanday tajribalar asosida tasdiqlanishini toʻla tushuntirish
talab qilinadi. Mustaqil ta’lim olish talabalarda ijodiy faoliyatni faollashtiradi, oʻzlashtirgan bilimlari
chuqurlashib boradi, aqliy qobiliyatining takomillashishini ta’minlaydi.
Mustaqil ta’limning yoki uning muhim tarkibiy qismi boʻlgan talabalar mustaqil ishlarining reja asosida
puxta ishlangan dastur asosida bajarilishi erkin fikrlashni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega boʻladi.
Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish uchun dastlabki kurslarda talabalarning fanlardan
auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari, kutubxonada adbiyotlardan
va internetdan foydalanib turish zarur.
Bu ishlar kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan reja asosida amalga oshirilishi talab etiladi.
Bugungi zamonaviy kadrlarga qoʻyilgan talablarda chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatоrda
tanlangan sоhasi boʻyicha mustaqil faоliyat koʻrsata оladigan, oʻz bilimi va malakasini mustaqil ravishda
оshirib bоradigan, masalaga ijоdiy yondashgan hоlda muammоli vaziyatlarni toʻg’ri aniqlab, tahlil qilib,
sharоitga tеz mоslasha оladigan mutaхassislarni tayyorlash asоsiy vazifalardan biri sifatida bеlgilangan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, talabaning mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻp jihatdan fan
oʻqituvchisiga bog’liq. Agar professor-oʻqituvchilar bu jarayonga mas’uliyat bilan yondashib, tegishli nizom
va yoʻriqnomalar asosida ishlarni tashkil qilsalar va bunga oliy ta’lim muassasida yetarli sharoit va
imkoniyatlar boʻlgandagina yuqori natijalarga erishiladi.
Shuni unutmaslik lozimki, boʻlajak mutaxassisni ishlab chiqarishda mustaqil faoliyatini yurita olish
koʻnikmasi faqat mustaqil bilim olish hamda uni amalda sinab hozirgi kun talablariga javob berishiga layoqatli
boʻladi.