Indikatorlar
Indikatorlar
(kimyoda) -tekshiriladigan eritmadagi biror komponent
konsentratsiyasining oʻzgarishi bilan rangi, lyuminessentsiyasini oʻzgartiradigan
yoki choʻkma hosil qiladigan moddalar. I., asosan, kimyoviy reaksiya tugaganini
yoki eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiya-sini titrimetrik tahlilda ekvivalent
nuqtasini (titrlashning oxirgi nuqtasini) aniqlash uchun qoʻllaniladi. I. ishtirokida
reaksiya pirovardida tekshirilayotgan eritma rangi oʻzgaradi; eritma tiniq boʻlgan
boʻlsa, rangsiz yoki rangli choʻkma hosil boʻladi yoki aksincha, loyqa yoʻqoladi.
Kislota-asos indikatorlari — muqitda vodorod ionlari konsentratsiyasi (rN) turlicha
boʻlganda rangini oʻzgartiradigan moddalar. Neytrallash reaksiyasi uchun
ishlatiladi; mas, neytral muhitda rangsiz boʻlgan fenolftalein ishqoriy muhitda
qizaradi. Rangli choʻkmalar ho-sil qiladigan maxsus I. (adsorb-sion I.) koʻpincha
choʻktirish reaksiyalari uchun tekshiriladigan erit-malar bilan rangli eruvchan
birikmalar qosil qiladigan I. (kompleksa-nometrik I.) kompleks hosil qilish
reaksiyalari uchun ishlatiladi. Oksidlanshiqaytarilshi reaksiyalari uchun baʼzan
maxsus I. zarur; mas, yod bilan titrlashda kraxmal I. sifatida qoʻshiladi, u yod
taʼsirida koʻk tusga kiradi. Aksari oksidimetrik titrlash reaksiyalari uchun umumiy
oksidlovchiqaytaruvchi I. (oksidlanish yoki kaytarilishi bilan rangini
oʻzgartiradigan organik moddalar) qoʻllaniladi
Indikator
(lot. indico — koʻrsataman, aniqlayman) — biror jarayonning
borishini yoki kuzatilayotgan obʼyektning holatini inson idrok etadigan qulay
shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element). Vizual (koʻrib), akustik (eshitib),
taktil (sezish, iskash va b. ga asoslangan) va b. xillari bor. Inson axborotlarning
qariyb 90 foizini koʻrib idrok qilgani uchun vizual I. kengroq ishlatiladi. Vizual I.
ning katta guruhini tasviriy I. lar tashkil etadi, ular obʼyektning fazodagi holatini,
tasnifiy oʻzgarishini grafik tarzda yoki elektron-nur trubkasi ekranida egri chiziq
tarzida tasvirlaydi. "Hozir boʻlish effekti" ni yaratuvchi vizual I. dan
foydalanilganda yaxshi idroq qilinadi. Mas, samolyotning bir necha I.
koʻrsatayotgan vaziyati samolyotni tusmollab qoʻndirish asbobidagi bitta
koʻrinadigan shartli tasvir — obʼyektning ekranda siljishi bilan almashtiriladi (1-
rasm). Kuzatilayotgan obʼyekt yaxshi koʻrinmaydigan joylarda akustik I. qoʻl
keladi. Obʼyektdan keladigan signallarni darhol sezish lozim boʻlgan hollarda
taktil I. vizual I. bilan birga qoʻllaniladi.
Tuzilishiga koʻra, signal I. i (lampalar, qoʻngʻiroq, richag va b.), milli (minut, metr,
kilogramm, gradus va b. ga boʻlingan shkalali), raqamli, tasviriy (yaqqol),
proyeksion (elektron-nur trubkali) va aralash I. lar buladi. Vazifasiga ko'ra,
rostlash, o'lchash, radiolokatsiya va b. xillarga boʻlinadi. Konchilikda plunjerli
nasosning klapanlari ishini nazorat qilib turadigan rostlash I. i qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |