gender psixologiyasi
– ijtimoiy psixologiya
fanining bir sohasidir. Boshqa sohalar singari u ham o‘z tarixiga ega. Ammo bu
tarixni XX asrning 70-yillaridan boshlab o‘rganish noo‘rin deb hisoblaymiz.
Bundan tashqari, uni fenemizm mevasi deyish ham noto‘g‘ri. Biroq fanning asosiy
xizmati zamonaviy psixologik muammolarga jamoatchilik fikrining jalb qilinishi
hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham gender masalasi ko‘pincha oila muammolari doirasida
o‘rganilishi an‘anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda (
E.G’oziev, G’.SHoumarov,
V.Karimova, I.Yokubov, B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, N.Sog’inov,
F.Akramova, L.Karimova, O. Xayitov, N.Salaeva, O.SHamieva, O.Abdusattorova
va b-q.) oilaviy hamda shaxslararo o‘zaro munosabatlarga e‘tibor qaratilgan.
Muallifning oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari va
oqibatlariga bag‘ishlangan asarlarida oilada yoshlarni gender munosabatlarga
tayyorlash muammolariga
4
, gender tasavvurlarning shaxs tarbiyasidagi o‘rni
(2006) kabi masalalarda e‘tibor qaratilgan. Bizning oxirgi tadqiqotlarimizda
5
er-
xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga ta‘siri, jumladan, erkaklik
va ayollik fazilatlari shakllanishidagi o‘rni o‘rganilgan, ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Bu kabi ota-ona munosabatlarining farzandlarga ta‘siri muammosi
M.Salaeva
(2005) tadqiqotlarining ham predmetiga aylangan. Jumladan, u qo‘lga kiritgan
xulosalardan biri, ―o‘zbek oilalarida onalarning otalarga nisbatan farzandlarga o‘ta
g‘amxo‘rligi, ya‘ni, ularni qiyinchiliklardan saqlash, ziyon yetkazib qo‘yishdan
qo‘rqish, farzandning o‘ziga bog‘langanligi va tobeligini rag‘batlantirish, ularda
shahvoniylik va tajovujkorlikni bosish kabi xususiyatlarning kuchligigi, onalarda
otalarga nisbatan demokratiklilikning kuchliligi isbotlangan‖
6
.
Gender tafovutlarga bag‘ishlangan ayrim tadqiqotlar reklamadagi ayollar va
erkaklar obrazi (
A.Dudareva
, 2003), o‘g‘il va qiz bolalarning obrazidan
foydalanish samarasi (
V.Karimova,
2006,
S.Abidov
, 2006), er va xotinlarning
reklama qilingan mahsulotlarga jinsga oid o‘ziga xos munosabatlari (
L.Karimova,
2003, 2004) kabi masalalarga bag‘ishlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan
empirik ma‘lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, reklama sohasida
kattalar va bolalar obrazidan keng foydalaniladi, lekin ularni idrok qilish va
4
Каримова В.
Оилада ѐшларни гендер муносабатларга тайѐрлаш муаммолари // ―Ёшлар муаммолари
ва уларнинг ечими: ҳолат ва истиқбол‖ мавзусидаги Респ. илмий-амалий анжумани материаллари – Т.: 2002.
– Б. 30-33.
5
Каримова В.
Оилавий ҳаѐт психологияси:Ўқув қўлланма. – Т.: 2006. – 142 б.
6
Салаева М.
Ўзбек оилаларида ота-она ва фарзандлар ўзаро муносабатларининг ижтимоий
психологик хусусиятлари: Психол.ф. н. даражасини олиш учун ѐзилган дис. автореф. – Т.: 2005. – Б. 18.
29
xaridorlik ustanovkalarida aniq ravshan jinsiy tafovutlar mavjduddir (
V.Karimova,
S.Abidov,
2005, 2006). Ayniqsa, bola obrazi aks ettirilgan reklamaning qizlar va
o‘g‘il bolalardagi jinsiy identifikatsiyaga bevosita ta‘siri alohida o‘rganilsa,
bizning fikrimizcha. ma‘lumotlarning tadbiqiy ahamiyati yanada kuchli bo‘lar edi.
O‘zbekistonda muayyan ijtimoiy-psixologik muammo tadqiq etilganda, gender
tafovutlarga e‘tibor berish tobora an‘anaga aylanib bormoqda. Masalan, yosh
tadqiqotchi
O.Abdusattorova
(2007)ning dissertatsion izlanishi bu borada alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, unda o‘smir yoshli o‘g‘il va qiz bolalardagi gender
tasavvurlarga bog‘liq jinsiy identifikatsiyani aniqlash va bunda oila muhitining
rolini asoslash uchun ijtimoiy psixologiyada qo‘llanilgan qator ishonchli
metodikalardan foydalanilgan. Alohida ta‘kidlash joizki, ota-onalar o‘rtasidagi
o‘tkazilgan test va so‘rovlar ularning gender ustanovkalarini va liderlik
maqomlarini aniqlashga imkon bergan bo‘lsa, farzandlari o‘rtasida olib borilgan
empirik tadqiqot otalik va onalik gender maqomlarining qizlar va o‘g‘il bolalarda
o‘ziga xos ustanovka shaklida identifikatsion jarayonlar yo‘nalishini belgilashini
isbot qildi. Zamonaviy o‘zbek oilasidagi erkaklar va ayollarning o‘zaro
munosabatlarida ayollar mavqeining mustahkamlanib borayotganligi, ularning
liderlik pozitsiyalarida hamda turmush o‘rtoqlarini hamkor va sherikchilik
munosabatlari tizimida ko‘rishni afzal ko‘rishlarida namoyon bo‘ldi. Shu sababli
ham bu holat ularning o‘z jinslarini va turmush o‘rtog‘idagi qarama-qarshi jinsga
nisbatan ustanovkalarini belgilaydi. Tadqiqot zamonaviy erkaklar va xotin-
qizlarning ayollik va erkaklik obrazlarida femininlik hamda sof maskulinlik
sifatlari ko‘proq androginlik sifatlariga o‘rin berayotganligini, qizlarda maskulinlik
sifatlari ham tobora sezilarliroq namoyon bo‘layotganligini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, yurtimizda gender tadqiqotlari uchun keng yo‘l ochilgan va
ularda oila va oilaga nisbatan ijtimoiy ustanovka ustivor masala sifatida qaraladi.
Ushbu fan Rossiyada va boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalarda 70-
yillardan keyin tez sur`atlarda rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va
Leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol o‘ynadi.
Moskva shahrida asosan ijtimoiy psixologiya bo‘yicha fundamental
nazariy tadqiqotlar ko‘plab o‘tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy
psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan
bo‘lsa,
Sankt-Peterburgda ko‘proq tatbiqiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borildiki,
ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab
yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg‘or fikrlar va dalil tadqiqotlar bilan
kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko‘rilmagan
darajaga ko‘tardilar.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |