Shuni ta‘kidlash kerakki, o‗sha vaqtdan bozirgi kungacha yaratilayotgan
kompyuterlarning aksariyati Fon Neyman tamoyili asosida yaratilmoqda.
Sbunday qilib, 1949-yilda Fon Neyman tamoyiliga asoslangan birinchi
kompyuterni ingliz olimi Moris Uilki yaratdi va shu davrdan kompyuterlar erasi
boshlandi. Kompyuterlarning rivojlanishida uning elementlar bazasi o‗zgarishi lozim
edi.Chunki 1940-1950-yillarda yaratilgan kompyuterlar tarkibini elektron lampalar
tashkil etardi. Shu sababdan bu kompyuterlar kata hajmda bo‘lib, ularni joylashtirish
uchun katta zallar kerak bo‗lardi.
Insoniyatda rivojlanishga intilish bo‗lgani uchun fan va texnika sohasida 1948-
yilda tranzistorlar paydo bo‗ldi. Tranzistorlarni elektron lampalar o‗rniga
ishlatish
mumkinligi aniqlangach, undan kompyuter qurilmalarida ham foydalanila boshlandi.
1959-yiIda Robert Noys kremniyning kichkina plastinasida tranzistorlar bog‗lash
usulini ixtiro qilib, integral sxemalar asrini boshlab berdi, shunday chiplarga
asoslanib, keyin yaratilgan,
kompyuterlar, shartli ravishda uchinchi bosqich
kompyuterlari deb atala boshlandi.
Integral sxemalarga asoslangan birinchi kompyuter l968-yilda yaratildi. O‗z
navbatida mikroprotsessorlar yaratilishi, taraqqiyoti, riyojlanish tarixini ko‗rib
chiqishga fursat yetdi. 1970-yilda INTEL firmasida integral sxema asosida birinchi
mikroprotsessor
yaratildiki, u o‘zining 3 smli hajmi bilan ENIAC gigant
mashinasidan ishchanroq va tezkorroq edi. Avvaliga, Intel-4004 (4 razryadli)
mikroprotsessori, so‗ng 1974-yildagi Intel-8080 mikroprotsessori yaratildi, u hozirgi
kunda ham SHK industriyasining standarti hisoblanadi.
Mikroprotsessorlar avvaliga kalkulyatorlar va maxsus qurilmalarda ishlatila
boshlandi. So‘ngra esa kompyuterlar tarkibiga kiritildi va 1973-yilda Fransiyada
Troung
Trong Ti tomonidan yaratilib, jamoa tomonidan ekzotik o‗yinchoq sifatida
qabul qilindi. 1975-yilda keng ommaga mo‘ljallangan birinchi ―Altair-8800‖ SHK
yaratildi.
Inson tafakkurini har tomonlama mantiqiy fikrlashga jalb qiladigan SHKlar
muallifi Stiv Jobsdir.
―Apple Gomputer‖ firmasi 1977-yildan boshlab kо‗p seriyali shunday SHKlarni
ishlab chiqara boshladi.
Pol Allen va Bill Geyts ―Aitair‖ uchun Basic tili interpretatorini yaratdilar. Bu
dasturdan yozish, muloqot qilish osonligini ko‗rgan iste‘molchilarda SHKlarga
qiziqish ortdi.
Shu o‗rinda Respublikamiz maktablaridagi mavjud ―Praves‖
turidagi sodda
kompyuterlar 8-baytli SHKlar safiga kirishini aytish mumkin.
Faqaft ulkan EHMlar chiqarish bilan mashg‗ul bo‘lgan IBM (International
Business Machines) firmasi SHKlar bozoriga keyinroq e‘tibor berdi. 1981-yildan
boshlab, IBM firmasi ham SHK ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. IBM firmasi Intel-
8088 nomli 16 razryadli mikroprotsessor bazasida IBM PC (Ay-Bi-Em Pi-Si deb
o‘qiladi) SHKini yaratdi. Bu kompyuterning dasturiy ta‘minotini yaratish Microsoft
firmasiga topshirildi, natijada bir-ikki yilda lBM PC boshqa firma SHKlarini
bozordan siqib chiqardi.
―Shaxsiy‖ atamasi hisoblash texnikasidan foydalanuvchining alohida
foydalanishi mumkinligini bildiradi. Shaxsiy kompyuterlar asosan klaviatura, displey,
protsessor, printer va boshqa qurilmalardan tashkil topgan bo‗lib,
uni bunday
ko‗rinishda yozuv stolidagi asboblardan biri deb hisoblashimiz miimkin.
Hozirgi vaqtda eng ko‗p ishlatiladigan SHKlar IBM PClardir. SHKlar o‗zining
hisoblash imkoniyatiga qarab asosan uchta sinfga bo‘linadi: cho‘ntak, uy-ro‗zg‗or
yoki kasbiy.
Cho‗ntak kompyuterlari (pocket computers sinfiga mansub) bitta yoki bir
necha katta integral sxemalardan tuzilgan bo‗lib, hisoblash jihatidan murakkab, lekin
nisbatan axboroti jihatidan oddiy bo‗lgan masalalarni yechishga mo‗ljallangan.
Odatda, ular bir yoki bir necha qatorda matnli. va sonli ma‘lumotlarni ko‗rsatish
uchun mo‘ljallangan suyuq kristallar bilan ishlaydigan mozaikali indikatorlar bilan
ta‘minlangan bo‗ladi. Bunday kompyuterlar jumlasiga Yaponiyanirig Sharp va Casio
firmalari tomonidan yaratilgan PC-1210, PC-1500, FX-702R va AQSHning Hewlett
Packard firmasi tomonidan yaratilgan NR-71 kompyuterlari va boshqalar kiradi.
Uy-ro‗zgor kompyuterlari (home computers sinfiga mansub) hisoblash va
axboroti jihatidan o‘rtacha tartibdagi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Bu sinfga
mansub bo‗lgan kompyuterlarga oddiy magnitofon va televizor ulash mumkin (ya‘ni
o‘zaro axborot almashinish mumkin). Ular yozuv mashinasidek unchalik katta
bo‗lmagan klavishalar yordamida boshqariladi. Odatda, bu SHKlar uy-ro‘zg‘or
ishlariga tegishli hisoblashlarni va ma‘lumotlarni
bajarishda, ya‘ni oilaviy budjetni
hisoblashda bolalarning ongini murakkab ya intellektual mashqlar (o‗yinlar)
yordamida o‗stirishda, kompyuterli slaydlardan foydalanishda, o‗qish jarayonida,
o‗quvchilarning olgan bilimini tekshirishda va boshqalarda ishlatiladi. Bunday
kompyuterlar jumlasiga Angliyaning Sinclair Radians
Ltd firmasi tomonidan
yaratilgan ZX-80,
ZX-81,
Yaponiyaning Casio fiimasi tomonidan yaratilgan RV-
700 va AQSHning Hewlett Packard firmasi tomonidan yaratilgan NR-75
kompyuterlari va boshqalar kiradi.
SHKlarning arxitekturasi ularning barcha ko‗rinishlarini, tasnifini va o‗zaro
bog‗lanishlarini ifodalaydi. EHMlarning asosiy funksional, vazifalariga:
ma‘lumotlarni qayta ishlash va xotirada saqlash, tashqi obyekt bilan o‗zaro ma‘lumot
ayirboshlash kiradi. EHMlarning qo‘shimcha vazifalariga esa asosiy funksional
vazifalarning samaradorligini oshirish,, ish rejimlarining effektligini ta‘minlash,
foydalanuvchi bilan muloqot rejimini hosil qilish, ishonchlilikni oshirish kiradi.
Kompyuterlarning
tuzilishi, bu model bo‗lib, unda barcha tashkil etuvchilar
ma‘lum qonun va qoidalar hamda tamoyillar asosida o‘zaro bog‘langanligini
ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: