Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Yumshoq karbonatli jinslar



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Yumshoq karbonatli jinslar
ustida hosil bo‘lgan chimli tuproqlar 
to‘q qora rangda, A-AC-S tuzilishida, yumshoq silikatli yotqiziqlarda 
shakllanib, Rossiya, Shotlandiya, Islandiya va Shimoliy Skandinaviya 
hududlarida tarqalgan. Bu joylarda yog‘in miqdori 800-1300 mm, 
subarktika tuproqlar profili torf qatlam qalinligi 5-10-12 sm, keyingisi esa 
A
1
gumus qatlam qalinligi 10-15 va 30-40 sm, och qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, 
temir va alyuminiy miqdori 30-70%, gumus 5-13%, muhiti kislotali, 
singdirish sig‘imi –10-20 mg.ekv/100 g. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
129 
Sinov savollari: 
1.
Chimli tuproqlar qanday hosil bo‘lgan? 
2.
Chimli-o‘rmon 
tuproqlarining 
hosil 
bo‘lish 
evolyutsiyasini 
tushuntiring? 
3.
Qattiq tog‘ jinslari ustida chimli tuproqlar qanday shakllanadi? 
4.
Chimli karbonatli (rendzin) va chimli silikatli (ranker) hamda 
yumshoq tog‘ jinslari ustida chimli tuproqlar qanday paydo bo‘ladi? 
 
30-bob. Gidromorf tuproqlar 
Gidromorf tuproqlarga pastdan sernam, yer osti suvlari yuzaga yaqin 
joylarda hosil bo‘lgan bir qator tuproq guruhlari kiradi. Bu tuproqlar 
quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi: 1) yer osti suvlarining yuzada to‘planishi; 
2) pastqam joylarda atmosfera yog‘inlarining yig‘ilishi;3) yer usti va osti 
suvlarining birgalikdagi ta’siri; 4) yer ustki qismida suvning davriy 
to‘planishi, 5) daryo oqar suvlari bilan yer osti suvlari yaqin joylarning 
bostirilishi, 6) dengiz, ko‘l, daryo irmoqlaridagi tuproqlarning suv bilan 
sernamlanishi, 7) sholi ekiladigan tuproqlarning doimo suv bilan 
bostirilishi. Demak, gidromorf tuproqlar doimo tranzit (o‘tuvchan) va 
yig‘iluvchan (akkumulyativ) geokimyoviy landshaftlarda hosil bo‘ladi. 
Gumid mintaqasidagi tuproqlar suvdagi moddalarning o‘tishiga 
geokimyoviy to‘siq hisoblanadi, natijada, tuproqda gumus, kremniy, temir, 
marganes, fosfor to‘planadi. Arid mintaqasi tuproqlarida esa ohak, gips, 
suvda eriydigan tuzlar yig‘iladi. Yer yuzining glyatsial, flyuvioglyatsial va 
allyuvial tekisliklardagi tuproqlar gidromorf bosqichni o‘z evolyutsiyasi 
davomida bosib o‘tgan. Gidromorf tuproqlar uchun xos xususiyat 
namlikning davriy ravishda qaytarilib turishi va oksidlanish - qaytarilish 
jarayonlarining avj olib, kimyoviy va biokimyoviy, anaerobiozis 
reaksiyalarning Eh 100-200 mV o‘tishidir. Anaerob mikroorganizmlarning 
rivojlanishi, qaytarilish kimyoviy jarayonlar natijasida - gleylanish G‘eO, 
MpO, H2S, 
SN
4,
NxO, rNx. Bu mintaqalarda vivianat, glaukonit, sulfidlar 
hosil bo‘ladi. Gleyli qatlamlarda toksik moddalar va gazlar (metan, fosfin, 
serovodorod, azot va uglerod oksidlanmagan turlari) hosil bo‘ladi. Biroq 
mikrozonalarda oksidlanish jarayoni suv o‘tgan joylarda rivojlanib, ser-
nam, loy qatlamlarda yashil, havorang, zangsimon dog‘lar hosil bo‘ladi. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish