H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
11
tuproqlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi munozaralar, birinchi xaritalar
(Stashik, Grossul, Tolstoy, Veselovskiy), agrogeologik (Lorents) va
geologik tuproqshunoslik, Germaniya va boshqa mamlakatlarda (Fallu,
Berendt, Severgin), unumdorlik to‘g‘risida K.Marks va F.Engelg‘sning
ta’limotlari (XVIII va XIX asrlar).
8.
Nazariy
tuproqshunoslikni
shakllantirish,
uning
asosiy
konsepsiyasi; tuproq tabiatning alohida tanasi, profil tuzilishga egaligi,
unumdorlik – uning asosiy sifat ko‘rsatkichi, tuproq tiplari to‘g‘risidagi
ta’limot, tuproq genezisi va tasnifi, tuproq va landshaft, mintaqaviy
qonuniyatlar (Dokuchayev, Sibirsev, Kostichev, Vilyams, Gilgard,
Ramani, Trentts, Murgochi va boshqalar) tuproq mikrobiologiyasining
boshlanish davrini (Beyering, Vinogradskiy, Omelenski) o‘z ichiga oladi.
9. Dokuchayev ta’limotining dunyo bo‘yicha keng tarqalishi, tuproq
tasnifining turli mamlakatlarda rivojlanishi, tuproqshunoslik bo‘yicha turli
yo‘nalishlarning bunyodga kelishi (tuproq geografiyasi, fizikasi, kimyosi
va boshqalar), birinchi dunyo tuproq xaritalari (Glinka, Prasolov), Lotin
Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlarida tuproqshunoslikning
rivojlanishi, tuproq singdirishi to‘g‘risidagi ta’limot (Gedroyts, Mattson,
Vigner, Daykuxara) agronomik tuproqshunoslikning yangi nazariy asosda
qayta tiklanishi (Rassel, Mitcherlix, Sokolovskiy) masalalari.
10. Hozirgi davrda zamonaviy konstruktiv tuproqshunoslikning
shakllanishi va rivojlanishi: matematik, fizik, kimyoviy usullarni keng
qo‘llash, tuproq jarayonlarini modellashtirish, tuproq melioratsiyasi va
himoyasini kengaytirish, dunyo tuproqlari zahiralari, tasnifi, oziq-ovqat
mahsulotlarini yetishtirish muammolari. Butundunyo FAO va YUNESKO
tomonidan tuproq xaritalarining tuzilishi.
Akademik V.N.Vernadskiyning iborasi bilan aytganda, planetamizda
dehqonchilik bilan 600ga yaqin inson avlodi shug‘ullanib kelgan. Ibtidoiy
jamoa davrida kishilar qurilish, ovchilikdan so‘ng dehqonchilik masalalari
bilan shug‘ullana boshlagan.
Dehqonchilik madaniyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida insonlar zich
yashaydigan, yog‘in serob bo‘lgan va sel oqimlari bilan sug‘oriladigan
tog‘oldi tekisliklarida rivojlanib, so‘ngra daryo sohillarida avj olgan.
Bunga misol Nil, Tibr va Yevfrat daryo vodiylaridagi arxeologlarning
qazilmalarida topilgan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid daliliy
ashyolardir. Dehqonchilikda sug‘orish usullari, yerni belkurak, yog‘och
omochlar bilan haydash, ariqlar va kanallar yordamida suvni dalalarga olib
kelish, yer unumdorligini yaxshilash maqsadida tuproqqa go‘ng, devor
kesaklari, ariq va uning yoqalaridan loylarni solish o‘sha davrlardan
boshlanadi. Misr, Shumer, Ossuriya, Vavilon davlatlari paydo bo‘lib,
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
12
yerlarni sug‘orish uchun kanallar, ariqlar va boshqa suv shohobchalari
qurila boshladi. Urartu va O‘rta Osiyo mamlakatlarida sug‘orma
dehqonchilik miloddan II ming yil avval rivojlanganligi qadimshunoslar
V.V.Bartolg‘d (1914), S.P.Tolstov (1948), Ya.G‘.G‘ulomov (1957)
tomonidan isbot etilgan. Tuproq to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi Kichik
Osiyo, Bolqon va O‘rta yer dengizi atrofida joylashgan Yunonistonda
ellinizm madaniyatining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Gretsiyada
tuproq turlari, ularga ishlov berish masalalari, ya’ni yerni quruq haydash va
agronomik tadbirlarni qo‘llash usullari mahlum bo‘lib, Gesiod, Ksenofan,
Platon, Aristotel va Teofrastlarning filosofik asarlarida qayd etilgan
o‘simlikning rivojlanishida tuproq, iqlim, yorug‘lik, namlik va issiqlikning
ahamiyatini birinchi bo‘lib ta’riflangan. Gerodot o‘z asarlarida Misr,
Liviya, Italiya, Efiopiya, Arabiston, Yunoniston tuproqlarining tarqalishi,
profil tuzilishi, unumdorligi, o‘zgaruvchanligi, o‘simliklar o‘stirilishi va
agrotexnikasi kabi bir qator ma’lumotlarni kelitirib o‘tadi.
Tuproq unumdorligini oshirish, turli organik o‘g‘itlarni, go‘ng,
gumus, o‘simlik qoldiqlari kompostlardan foydalanish masalasi rum
faylasuflari va yozuvchilari M.P.Katon (eramizdan oldingi 234-149-yillar)
va M.T.Varron (miloddan oldingi 116-27-yillar) asarlarida batafsil
keltirilgan. Tuproq unumdorligining inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risida
Vergiliyning (eramizdan oldingi 70-19-yillar) “Georgiki” poemasida
kuylangan. Albatta, bu asarda tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ularga
qarshi kurash choralariga ham e’tibor berilgan.
Shu davrda Italiyada dehqonchilikka katta ehtibor bergan
tabiatshunos Kollumelladir, u tuproqning turli fizik holatga ega ekanligi,
granulometrik tarkib va unumdorlikni inson boshqarib turishi mumkinligi,
bir necha xillardan iborat ekanligi haqida yozib, bog‘dorchilikda yerni 60
sm chuqurlikkacha temir, og‘ir plug bilan haydashni tavsiya qiladi.
O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlar, ya’ni Italiya, Gretsiya,
Ispaniya, Misr, Liviya, Kavkaz tog‘lari hududidagi tuproqlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Strobonning “Geografiya” nomli asarida mukammal
keltirilgan.
Feodalizm davri Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlarda
milodning I asrlaridan boshlanadi. Bu mamlakatlarda yer davlat ixtiyorida
bo‘lib, asosiy e’tibor yer kadastrini tuzish va hisobini olib borish, xalqdan
soliq yig‘ish uchun eng muhim tadbirlardan hisoblangan. Yer zahiralari
Xitoy va Yaponiyada juda ham qattiq davlat nazorati ostida bo‘lib,
sug‘orish, ishlov berish, o‘g‘itlash, ekinlarni joylashtirish masalasi
mavsumiy ravishda amalga oshirilgan. Yer haydaydigan temir pluglar,
boronalar va boshqa jihozlar mukammallashtirilgan bo‘lib, balandlik tog‘
Do'stlaringiz bilan baham: |