Ish bilan bandlikning yangi mikroiqtisodiy nazariyasi
mehnat bozorini
ichki tom ondan bir xil b o im ag an va nihoyat darajada dinamik tarzda
o'zgaruvchan, harakatchan tizim deb hisoblaydigan yangi nazariyani aks
ettiradi. Dinamik yondashishni ishlab chiqish, aw alo, Ch. Xolt, Ch. Perri,
M. Feldsteynlaming tadqiqotlari bilan bogiiq. Bu mualliflar ishsizlikdan,
odatda, oila boquvchisi hisoblanmagan xotin-qizlar va yoshlar ko'proq
jabrlanishini ko‘rsatib berdilar. llmiy iste’molga yangi ko‘rsatkich— tugallangan
ishsizlikning o'rtacha muddati, ya’ni ishsizlikning boshlanishidan oxirigacha
b oigan muddati — kiritilgan edi. Odatda, bu muddat ko'pi bilan bir-bir
yarim oyni tashkil etishi aniqlandi.
Dinamik yondashish tarafdorlari tahlil qilish uchun ishsizlik turlarini mehnat
bozoridagi ishchi kuchi oqimlari nuqtai nazaridan tasniflashni qoiladilar. Bu
mualliflar ishsizlikni umuman emas, balki ishchi kuchining har bir alohida
toifasiga nisbatan tushuntirish, mehnat bozoridagi har bir oqimga tegishli boigan
o'ziga xos sabablami va ish bilan band emaslik manbalarini qidirib topish lozim
deb, hisoblar edilar. Ishsizlik muammosini ular ishchi o ‘rinlari surunkali
ravishda yetishmasligiga emas, balki ko'plab odamlaming olingan ish o'rnida
uzoq saqlanib qola olmasliklarida deb bilgan edilar. Bu iqtisodchilar soliqlami
kamaytirish, ishsizlik yuzasidan beriladigan nafaqalar miqdorini qisqartirish,
qonunda belgilangan eng kam ish haqi darajasini bekor qilish yoki pasaytirish,
mehnat bozoridagi axborot tizimini takomillashtirishni jamiyatning iqtisodiyotga
ta’sir etishi chora-tadbirlari sifatida taklif etdilar.
Muvozanat modellari, tozalanmaydigan bozorlar paradigmasi
ish bilan
bandlik yangi makroiqtisodiy nazariyasiga
kiradi. Ushbu kontsepsiyalar
ishsizlikka uzoq davom etadigan o'zgarmas muvozanatsizlik fenomeni deb
qarashni aks ettiradi. Bu konseptsiyalarda ishsizlik ayrim xo'jalik bozorlarining
umumiy muvofiqlashtirilmaganligi bilan izohlanadi. Keyns nazariyasidagidek,
faqat mehnat bozoridagina emas, balki, shuningdek, tovar bozoriga yoyilgan
narxlar qat’iyligi va o‘zgarmasligi muvozanatsizlik modellarining umumiy
shart-sharoiti b o ia d i. Har ikki bozorda narxlar qaysi darajalarda hosil
boiganligiga qarab iqtisodiyot quyidagi tartiblardan birida boiadi: keynscha
ishsizlik tartibi, bostiriigan inflyatsiya tartibi (umumiy ortiqcha talab bilan
tasniflanadi), klassik ishsizlik tartibi (yuqorida nomi tilga olingan ikki tartib
o'rtasidagi oraliq tartib deb hisoblanadi va m ehnat bozoridagi taklifning
ortiqchaligi va tovar bozoridagi tovaming ortiqchaligi bilan tasniflanadi),
chala iste’mol tartibi (tovar bozoridagi talabning yetishmasligi va mehnat
bozoridagi taklifning yetishmasligi bilan tasniflanadi), valrascha muvozanat
(bu to ‘rt tartibning tutashgan nuqtasi boiadi: bunda bozorlaming birortasida
ham na ortiqcha talab, na ortiqcha taklif boim aydi, bitimlar muvozanatli
narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |