O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


-bob. J A H O N X O ‘JA L IG ID A X A L Q A R O K O R P O R A T S IY A L A R



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

7-bob.
J A H O N X O ‘JA L IG ID A X A L Q A R O K O R P O R A T S IY A L A R
46


transm illiy banklardan tashqari) A ngliya-Gollandiya konserni 
«Royal-Datch shell», keyin AQSHning 4 firmasi: «Ford», «Jeneral 
motors», «Ekson» va «Ay-Bi-Em» turadi.
G ‘arb davlatlarining iqtisodiy adabiyotida xalqaro m ono- 
poliyalarning ko‘plab turlarini (ko'pmilliy korporatsiyalar, bay- 
nalmilal korporatsiyalar, transmilliy korporatsiyalar, global korpo­
ratsiyalar va h.k.lar) uchratish mumkin. Filipp Kotler tashkiliy 
tamoyillar asosida aynan ana shunday xalqaro kompaniyalarni 
ko'rsatib o'tgan edi. Rossiyalik iqtisodchilar esa korporatsiyalarning 
quyidagi tasnifmi berishadi:
Transmilliy korporatsiyalar —
bu xorijiy aktivga ega bo'lgan milliy 
m onopoliyalar. U larning ishlab chiqarish va savdo-iqtisodiy 
faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi.
AQSH iqtisodiyotida hissadorlik jamiyatlarni ham «korpo- 
ratsiya» deyishadi. Jahon xo'jaligida zamonaviy transmilliy korpo­
ratsiyalarning ko'pchiligi Amerika kompaniyalarining ekspansiyasi 
tufayli vujudga kelganligi uchun ham bu atama iqtisodiy adabiyotlaiga 
kirib kelgan. Hozirgi kunda transmilliy korporatsiyalarning huquqiy 
filiallari va sho'ba korxonalari jahonning turli davlatlarida faoliyat 
yuritib kelmoqda. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo'lib, ishlab 
chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot va iste’- 
molchilarga xizmat ko'rsatish kabi ishlab chiqarish faoliyatlarini 
bajaradi. Um um an olganda, ular yagona ishlab chiqarish-sotish 
majmuyini tashkil etib, bu hissadorlik kapitaliga faqat ta ’sischi 
davlat egalik qiladi. Shu bilan birga TM K larning filial va sho'ba 
korxonalari aralash korxonalar ko'rinishida ham bo'lishi va ularda 
milliy kapital ustunlik qilishi mum kin.
Jahon iqtisodiyotida 
ko'pmilliy korporatsiyalar
(KM K) — ishlab 
chiqarish va ilmiy tadqiqotchilik asosida bir necha davlatlarning 
milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro korporatsiyadir. 
KMKga 1907-yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelayotgan Angliya- 
G ollandiyaning «R oyal-D atch Shell» kom paniyasini, kim yo- 
texnologiya konserni «Yunilever»ni, mashinasozlik, elektron inje- 
nerlik sohalariga ixtisoslashgan, Yevropaning mashhur Shveysariya- 
Shvetsiya ABB 
(Asea Brown Bovery)
kompaniyasini va boshqalarni 
ko'rsatish mumkin.
Jahon iqtisodiyotida Transmilliy va ko'pmilliy korporatsiyalar 
qatoriga xalqaro kom paniyalar ichida ajralib turuvchi global 
korporatsiyalarni (GK) ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar 
XX asming 80-yillarida vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda kuchayib
47


bormoqda. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon xo'jaligida m o­
liya kapitalining butun bir qudratini nam oyon qiladi. Jahon 
iqtisodiyotida globalizatsiya jarayonlari hozirgi kunda ko'proq kimyo, 
elektrotexnika va elektron sohalarda, neft va avtomobil sohalarida, 
axborot, bank va boshqa bir necha sohalarda ro ‘y bermoqda.
Xo‘sh, transmilliy korporatsiyalarni paydo boMishiga sabab 
nima? Ular paydo bo'lishining asosiy sababi, milliy-davlat che- 
garalaridan chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi 
asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvidir. Ishlab 
chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi yirik kompaniyalar 
tomonidan xorijiy mamlakatlarda o'z bo'limlarini tashkil etib, milliy 
korporatsiyalarning TMKlarga aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga 
ega bo'ladi. Jahon iqtisodiyotida kapital olib chiqish xalqaro 
korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim 
omillardan biridir.
Transmilliy korporatsiyalarni vujudga kelishining sabablaridan 
yana biri haddan tashqari foyda olishga bo'lgan intilishdir. O 'z 
navbatida, kuchli raqobat, bu ko'rashda tirik qolish zaruriyati, 
xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyasi 
ham TM Klarni paydo bo'lishiga olib keladi.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish