Rasulova Zilola Durdimurotovna
– 1983 yilda
Buxoro viloyati Olot tumanida tavallud topgan. 2012-2016
yillarda Buxoro davlat universitetining 5112100-Mehnat
ta’limi yo’nalishida tahsil olib, uni imtiyozli diplom bilan
tugatgan.
2017-yilda
Buxoro
davlat
universitetining
5A110901-“Pedagogika nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi
bo’yicha magistraturaga qabul qilinib, 2019-yilda a’lo
baholarga
o’qib,
2019
yilda
mutaxassislikni
“
Modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida “Mehnat ta’limi”
fanini o’qitishning innovatsion texnologiyalari (Umumiy o’rta ta’limning 7-sinflar
misolida)
” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib,
magistr
akademik darajasini olgan.
2019-yil 2-sentabrdan Buxoro davlat universitetining “Pedagogika”
kafedrasida o’qituvchi lovozimida ishlab kelgan.
2020-yil 3-yanvardan universitet rektorining 2019 yil 9-dekabrdagi № 1114-
У
raqamli buyrug’iga asosan, tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilingan.
Z.D.Rasulova 2012-yildan buyon o’zining ilmiy faoliyatini yuritib kelmoqda.
Ilmiy, pedagogik faoliyati davomida, 50 dan ortiq xorijiy
va respublika ilmiy
jurnallarda maqolalar va konferensiya to’plamlarda tezislar nashr etgan. Jumladan,
Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda 3 ta, Web off science
xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda 1 ta, Xalqaro Oliy attestatsiya
komissiyasi ro’yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 2 ta, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy atestatsiya komissiyasining doktorlik
dissertasiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish bo’yicha tavsiya etilgan
ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda 6 ta, Xalqaro ilmiy jurnallarda 20 ta,
qolganlari esa Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar
materiallarida hamda turli to’plamlarda nashr qilingan. 1 ta o’quv qo’llanma va 2
ta metodik qo’llanma muallifi.
2019-yilda № DGU 73068 “Texnologiya va dizayn” fani dasturlashtirilgan
elektron o’quv-metodik majmua dasturiga, 2021-yilda № DGU 21725
“Texnologiya ta’limi praktikumi (Servis xizmati)” fanidan dasturlashtirilgan
elektron o’quv qo’llanma dasturi, № DGU 55276 “Servis xizmati” fanidan
dasturlashtirilgan elektron o’quv qo’llanma dasturi hamda № DGU 91219
“Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” fani mobil dasturiga O’zbekiston
Respublikasi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasini olgan.
Hozirgi kunda Buxoro davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasida
13.00.02-Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) ixtisosligi
bo’yicha tayanch doktoranturada, “Talabalarning kreativligini rivojlantirishda
dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
(Texnologik ta’lim yo’nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha
falsafa doktori (PhD) disertatsiyasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borib,
“Texnologik ta’lim” kafedrasida o’rindoshlik asosida o’qituvchi lavozimida
faoliyat ko’rsatib, kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |