Jo’rayev Akmal Razzoqovich



Download 170,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.11.2022
Hajmi170,51 Kb.
#874725
  1   2   3
Bog'liq
Mualliflar



Jo’rayev Akmal Razzoqovich 
1989-yil 25-
fevralda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining “Gulbog‘” 
mahallasida ziyoli oilada tavallud topgan. Oilali 3 nafar 
farzandning otasi.
2006-yilning 2-sentabridan Buxoro davlat universiteti 
“Fizika-matematika” fakultetiga davlat granti asosida o’qishga 
qabul qilinib, 2010-yil mazkur fakultetni muvaffaqiyatli 
tugatdi. 2010-2011-yillarda “Umumtexnika fanlari” kafedrasi 
kabinet mudiri lavozimida ishlab kelgan. 
2012-yilda 
Nizomiy 
nomidagi 
Toshkent 
davlat 
pedagogika universitetining 5A112101-Mehnat ta’limi mutaxassisligi bo’yicha 
magistraturaga qabul qilinib, 2014-yilda mazkur mutaxassislikni “Mehnat ta’limining 
optimallashtirilgan mazmunini tanlash va o’qitish metodikasi” mavzusini muvaffaqiyatli 
himoya qilib magistr akademik darajasini olgan. 
2014-yilning 
2-sentabridan 
2017-yil 
1-dekabrigacha 
Buxoro 
davlat 
universitetining “Mehnat ta’limi” kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelgan.
Universitet rektorining 2017-yil 1-dekabrdagi № 724-У raqamli buyrug’iga 
asosan, tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilingan va o’rindoshlik asosida “Mehnat 
ta’limi” kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelgan. 
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Davlat ilmiy-
texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2012-2014 yillarga mo’ljallangan ITD-4-01 raqamli 
“Quyosh energiyasi hisobiga ishlovchi past haroratli qurilmalarni optimal, 
takomillashtirilgan variantlarini yaratish, ularning issiqlik – fizikaviy, texnik va 
texnologik tavsiflarini tadqiq qilish” va 2015-2017 yillarda mo’ljallangan A-13-3 raqamli
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini yanada takomillashtirish va ulardagi 
jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” mavzusidagi Davlat granti loyihasida tajriba 
orttiruvchi tadqiqotchi sifatida izlanishlar olib borgan. 
Pedagogik faoliyati davomida, 50 dan ortiq xorijiy va respublikamizdagi ilmiy 
jurnallarda maqolalar va konferensiya to’plamlarda tezislarni nashr etgan.
2 ta o’quv qo’llanma va 2 ta metodik qo’llanma muallifi. 2015-yilda № DGU 03188 
“Nazariy mexanika” fanidan tayyorlangan elektron o’quv qo’llanmaga, 2019-yilda № 
DGU 87097 “Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika” fani dasturiga, № DGU 73068 
“Texnologiya va dizayn” fani dasturlashtirilgan elektron o’quv-metodik majmua 
dasturiga, № DGU 53786 “Kasbiy fanlarni o’qitishda innovatsion pedagogik 
texnologiyalar” fani elektron o’quv qo’llanma dasturiga va № DGU 58135 “Gidravlika 
va issiqlik texnikasi” fani elektron o’quv qo’llanma dasturi, 
2021-yilda № DGU 21725 
“Texnologiya ta’limi praktikumi (Servis xizmati)” fanidan dasturlashtirilgan 
elektron o’quv qo’llanma dasturi hamda № DGU 91219 “Texnologiya fanini 
o’qitish metodikasi” fani mobil dasturiga
O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk 
agentligining mualliflik guvohnomasini olgan. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy atestatsiya 
komissiyasining 2020 yil 30 yanvardagi 273/1 sonli bayonnomasi asosida 
“Dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy 
kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida 13.00.05 – 
Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo’yicha 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Hozirgi kunda Buxoro davlat universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri 
lavozimida faoliyat ko’rsatib, “Uzluksiz ta’limda Texnologiya fani uzviyligini ta’minlash 
va mazmunan optimallashtirish metodikasi” nomli doktorlik dissertatsiya mavzusi 
bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 



Download 170,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish