Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ALGEBRAIK



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ALGEBRAIK 
MATERIALLARNI OʻRGATISHNING MUHIM VAZIFALARI 
Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna, 
BuxDUPI dotsenti 
Ubaydullayeva 
Sharofat, 
BuxDUPI 1-kurs magistranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilariga algebraik materiallarni oʻrgatish 
metodikasi, algebraik materiallarning ahamiyati hamda oʻrgatish jarayonida oʻqituvchidan talab 
qilinadigan bilim va koʻnikmalar aks etgan. 
Tayanch soʻzlar: 
Milliy dastur, matematik tushunchalar, algebraik materiallar, ifoda, sonli va 
harfiy ifoda, tenglama, tengsizlik, amallar, topshiriqlar, 
1-bosqich amallari, 2-bosqich amallari, 
qavslar. 
Bugungi fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ta’lim-tarbiya sohasi 
ham ancha oʻzgarishlarni taqozo qiladi. Umumiy oʻrta ta’limning “Milliy oʻquv dasturi” va “Ta’lim 
toʻgʻrisida”gi qonundan kelib chiqadigan muhim vazifalardan biri kelgusida barkamol, ilmli shaxslarni 
voyaga yetkazishdir. Bunday ma’suliyatli ish bevosita ta’lim-tarbiya muassasa xodimlarini befarq 
qoldirmasligi shart. 
Milliy oʻquv dasturida aytilganidek, matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan koʻra 
koʻproq amaliyotga e’tibor berish hamda oʻquvchilarga tayyor oʻquv materiallarini berishga asoslangan 
yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida koʻproq keys, tadqiqot, 
loyiha, kichik oʻquv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oʻquvchilarda 
kichik tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, oʻlchashlar, analiz(tahlil) va sintez, 
induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan oʻrnida foydalanish 
talab etiladi. Oʻquvchilarda bilim va koʻnikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan, ularni hayotiy 
vaziyatlarda qoʻllay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini algebraik ifodalar bilan tanishtirish, ya’ni sonlarni harflar bilan 
belgilash, kelajakda oʻquvchilarning oʻzgaruvchi, funksiya tushunchalarini oʻrganishiga zamin 
tayyorlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni tenglama va masalalarni tenglama tuzib yechishga 
oʻrgatish, masalalarni turli usulda yechishni takomillashtirishda, masalalarni toʻgʻri tushunib mulohaza 
yuritishda muhim oʻrin tutadi. Algebraik material boshlangʻich ta’limning toʻrt oʻquv yilida oʻrganiladi. 
Algebraik materiallarni oʻrgatish jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi quyidagilarni bilishi 
zarur: 


74 
-
boshlangʻich matematika kursidagi algebraik mazmundagi oʻquv materiallarni ularning sinflar 
boʻyicha milliy oʻquv dasturidagi ketma-ketligini; 
-
algebraik materiallar bilan tanishtirish jarayonidagi oʻrganilayotgan arifmetik materiallar 
mazmunini; 
-
algebraik materialni oʻrganish jarayonida foydalanadigan koʻrsatmali qoʻllanmalarni; 
-
algebraik mazmundagi oʻquv topshiriqlari koʻrinishlarini; 
-
algebraik materialni oʻrganishda foydalaniladigan didaktik oʻyinlarni; 
-
algebraik materialning oʻrganilganligini tekshirishning turli shakl va metodlarini. 
Boshlangʻich sinflarda oʻrganiladigan algebraik materiallar quyidagilardan iborat: 
Mazkur mavzuni oʻqitish vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.
Oʻquvchilarda sonli ifodalarni oʻqish, yozish va taqqoslash koʻnikmalarini shakllantirish; 
2.
Oʻquvchilarda ifodadagi amallarni bajarish tartibiga rioya qilgan holda hisoblash koʻnikmasini 
shakllantirish; 
3.
Oʻquvchilarni a+b, c-d, 6*a, d:4, c*d, a:b koʻrinishdagi harfiy ifodalarni oʻqish, yozish 
malakalarini shakllantirish va harflarning berilgan qiymatlarida ifoda qiymatini topishga oʻrgatish; 
4.
Oʻquvchilarni x+4= 12, x-7= 5, 8-x= 4, x*4= 16, x:3= 15, 28:x= 4 koʻrinishdagi sodda 
tenglamalar bilan tanishtirish va bu tenglamalarni tanlash, soʻngra amal komponentlari va natijasi 
orasidagi bogʻlanishlarga asoslanib yechish malakasini shakllantirish. Ikki amalli murakkab tenglamalarni 
yechishni hamda masalalarni tenglama tuzib yechishni oʻrgatish. 
Oʻqituvchi algebraik materiallarni oʻquvchilarga tushuntirar ekan, arifmetik material bilan 
algebraik materiallarni oʻqitishdagi uzviy bogʻliqlikni amalda qoʻllay olishi maqsadga muvofiq 
koʻrsatmali vositalarni qoʻllay olishi, maqsadga muvofiq didaktik oʻyinlardan foydalanishi, oʻquvchi 
bilimini sinashning turli shakl va metodlarini amalda qoʻllashi, algebra elementlarini qamrab oluvchi 
yozma mustaqil ish oʻquv topshiriqlarini tanlay olishi zarur. 
Oʻquvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirishda metodikada 4 bosqich koʻzda tutiladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish