Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet480/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

 
 
MAKTABGACHA YOSNDAGI BOLALARDA ATROF- MUHIT ORQALI EKOLOGIK 
DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH 
Kamilova. G. A- BuxDUPI maktabgacha ta`lim
kafedrasi dosenti, p.f.n 
Annotasiya 
: Ekologik tarbiyalash tarbiyalanuvchilarda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni 
uyg‘otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning go‘zalligini asrab-avaylashga olib keladi. 
Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga atrof- muhit orqali ekologik dunyoqarashni shakllantirish 
masa-lalari yoritilgan. 
 Kalit so`zlar:
ekologik dunyoqarash, maktabgacha ta’lim yoshi, atrof-muhit, savodxonlik , madaniyat, 
ta’lim va tarbiya, tabiat, ob’ektl. 
Ma’lumki, bola shaxsi o‘zaro va bioijtimoiy munosabatlar tizimida tarkib topadi. Bu munosabatlarni 
keltirib chiqaradigan asosiy manba - bolaning hissiy bilish jarayoni va o‘yin faoliyatidir. Demak, bola shaxsiga 
xos bo‘lgan barcha psixologik holat va jarayonlar ijtimoiy hayot hamda atrof-muhit ta’sirida vujudga keladi. 
Bola o‘z faoliyati jarayonida o‘zini o‘rab turgan tabiiy va antropogen narsalar va hodisalar mohiyatini bilib 
oladi. Bolaning atrof-muhitni hissiy bilish jarayoni o‘z mohiyati va xususiyati jihatidan bir-biridan shartli farq 
qiluvchi uch bosqichdan iborat bo‘. Zero, hissiy bilish bolaning sezgilariga bevosita ta’sir etgan tashqi atrof-
muhit (tabiat) va uning alohida xossalarining ko‘rinishlar, qiyofalar, tasvirlar, manzaralar shaklida ongida aks 
etishidir. 
Mazkur yoshdagi bolalarning fikrlashi va hissiyotining yuqoriligi ularda birgalikda qayg‘urish, 
kechayotgan hodisalarga mansublik hissini keltirib chiqaradi. Shu sababli bolalarda atrof-muhit hodisalari va 
odamlarning hatti-harakatlariga qiziqishni ilk bolalik davridan uyg‘otish va ularga nisbatan hissiy-ijobiy 
munosabatni shakllantirish talab etiladi. 
Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq- sovuqligini 
terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning 
rangini ko‘zi bilan, tovushlarni qulog‘i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta’sir 
etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning 
ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralar 
vujudga keladi. 
Falsafiy-psixologik nuqtai nazardan bola bilimining manbai sezgidir. Chunki bola atrof- muhit haqidagi 
dastlabki bilimlarni o‘z sezgilaridan oladi. Bolaning atrof-muhit haqidagi boshqa birmuncha murakkab 
bilimlari mana shu dastlabki
maktabgacha bilimlari asosida vujudga keladi. Demak, bolani tabiiy va antropogen muhit bilan 
bog‘lovchi eng birinchi yo‘l ham atrof- muhitdagi ob’ektlar va hodisalarni sezishdir.Atrof-muhitdagi ob’ektlar 
va hodisalarni idrok etish sezishga nisbatan birmuncha murakkab jarayon. Idrokda ob’ektlar yoki hodisalar 
butun holda aks etadi, ya’ni ularning yaxlit manzarasi, tasviri vujudga keladi. Masalan, yomg‘ ir, qor 
manzaralari va h.k. 
Xususiy tasavvurlar atrof-muhitdagi aniq ob’ektlar tasviri, manzarasidir. Ular aniq ob’ektlarni, masalan, 
aynan daraxtni, yo‘lni, ko‘prikni, soyni, ariqni, ko‘chani, mahallani aks ettiradi. Shuningdek, ayni paytda 
ko‘cha yoki mahalla hududining tabiati va kishilar hayotini ham aks ettiradi. Natijada bola ongida muayyan 
hududlarning hajmdor yoki hajmsiz, rangli yoki rangsiz, aniq yoki noaniq shakldagi manzaralari hosil bo‘ladi 
va bu jarayon vaqt va tajribaga bog‘liq holda tiniqlashib boradi. Demak,maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish jarayonida ularning hissiy bilishiga tayanilib ish ko‘riladi va shu asosda 


504 
atrofdagi muhit hamda uning har bir tarkibiy qismining tabiat va inson hayotida tutgan o‘rni haqida aniq 
bog‘lanishli misollar keltirilib, tegishli munosabat va madaniyat tarkib toptiriladi. 
Shuningdek, bolalarning atrof-muhitga mas’uliyatli munosabati qanchalik rivojlanganligini aniqlash 
maqsadida ularning atrof-muhitda, tabiat qo‘ynida, tirik tabiat burchagi yonida o‘zini qanday tutishlari 
kuzatildi, ekologik mazmundagi savollar berib javoblar olindi. 
Bolalarning tabiat qo‘ynidagi xulq-atvori va faoliyatini kuzatish shuni ko‘rsatdiki, ularning ayrimlari 
eng chiroyli va noyob gulni uzib olishga, hech bir zaruriyatsiz shox-shabbalarni sindirishga, qushlar va boshqa 
jonivorlarga ozor yetkazishga, gulxan yoqish uchun yosh nihollarni chopib-qirqishga va hokazolarga 
intiladilar. 
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni 
shakllantirishning negizi oila-dagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘-ri yo‘lga 
qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish 
qiyin bo‘ladi. 
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an’analarni 
vujudga keltirganlar. Bolalar go‘daklik chog‘laridanoq axloqiy va meh-nat tarbiyasini oilada boshlaganlar. 
Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko‘kalamzorlashti-rish hissi sabot bilan 
singdirilgan. Masalan, atrofni ifos- lantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash, 
hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash, yong‘ in chiqmasligi chorasini ko‘rish, turli 
ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtdan emas, balki qurib qolganlaridan. foydalanish, nihollarni sindirib, 
payhon qilmaslik, qush-larni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantiril-gan. Oila davrasida 
farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gul-lab turgan 
mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste’mol qilasan», «Pishib yetilmagan uzumni 
uzma,, agar uzsang katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli mo‘min-ning nasibasi bor» deb pandu nasihatlar 
qilganlar. Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‘chalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi 
ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom etiiriladi. Bu o‘rinda hayotiy mi-sollar orqali hozirgi 
paytda oilalarda ekologik savodxon-likning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‘plab odamlar mollarini 
ekinzorlarda, bog‘larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‘lab boqadigan bo‘lib- qolishmoqda. Axir 
o‘t-mishlya xalkimiz qaramog‘idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Yoki moli bor kishilar navbat 
bilan poda boqqan-ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib 
qo‘yilgan yaylovlarda o‘tlatgan. Yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o‘t-o‘lanlar payhon qilinma-gan, qir-
adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‘simliklar olamiga, hayvonlarga 
zarar keltirilmagan. 
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash tarbiyalanuvchilarda tabiatni muntazam kuzatib 
borishga qiziqishni uyg‘otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning go‘zalligini asrab-avaylashga 
olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarni 
rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish