Atajonova M.M. – Chust tumanidagi XTB ga
qarashli 10-umumiy òrta ta' lim maktabining
geografiya fani òqituvchisi
Annatatsiya
: mazkur maqolada geografiya fanini o‘qitish mazmuni yoritiladi. Maqolada
geografiya fanini o‘qitishda pedagogik texnologiya tatbig‘i bayon etiladi.
Kalit so‘zlar
geografiya fani, o‘qitish, pedagogik texnologiya, tatbig‘i,qoidalar, o‘quvchilar,
o‘qituvchi, sinf,savollar, usullar.
Ta’lim – kelajakdagi muvoffaqiyatlar kaliti ekan, uning buyuk vazifa sifatida bugungi o‘quvchi
kelajakda huquqiy – demoktarik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok eta olish,
zamonning bazor iqtisodiyoti qo‘yayotgan talablariga to‘la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin
organ, turli yangiliklar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan darda mustaqil tanqidiy fikrlash,
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangiliklarni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan
chalg‘imaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim – tarbiya jarayonining
asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarni qo‘llanishiga yo‘l ochilishi
maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir.Pedagogik texnologiya o‘ziga xos potensial yaratiladigan
pedagogik natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy
va amaliy ta’limiy tizimi doirasida tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi[3,56].Zamonaviy pedagogik
texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni
muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir.Geografiya fanini o‘qitishda pedagogik texnologiya
tatbig‘i bir qator qoidalarga rioya qilishni talab etadi
.
Jumladan, 1 – qoida: sinfdagi hamma
o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma
430
o‘quvchi ishtirok eta oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi.O‘yinlar ham shu
asosida tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolda bo‘lib chiqishi uchun o‘yin
bir necha marta takrorlanadi.2 – qoida: interfaol yoki o‘yin texnologiyalaridan foydalanish uchun
o‘quvchilarni psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e’tibor berish kerak. Chunki, hamma o‘quvchi
ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirishish yoki fikrini bildirishga tayyor bo‘lavermaydi.
Uyalish, qisilib – qimtinish, odatdan tashqarilikdan cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning
oldini olish uchun avval kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faollikni rag‘batlantirish
va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi.3 – qoida: aslida interfaol
metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq samara beradi. Shuning uchun ularning 30 kishidan
ortiq bo‘lmagan o‘quvchini sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi[4,65]. Chunki o‘qitishning
sifati o‘quvchilar soniga teskari proporsionla bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi fikrini eshitish,
har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini kuzatib borish uchun sinfda o‘quvchilar
juda ko‘p bo‘lmagani ma’qul. Xonada o‘qituvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘linganda aylanib yurish
uchun, erkin harakatlanish uchun yetarli kenlik ham bo‘lishi kerak.4 – qoida: sinf honasini ham alohida
tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun stol yoki partalarni birlashtirish, ularni nomerlash yoki nomlash,
atrofda joy almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska yoki
“sahna”da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib
o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi. O‘yin uchun yoki metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi.5 – qoida: metodning mohiyati yoki
o‘yinning qoidalari avval yaxshilab tushuntirilishi va hamma shartlar oldindan aytib kela olinish kerak.
Masalan, guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarini e’lon qilish shakli, har bir ish turiga
ajratilgan vaqt, baho mezonlari e’lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi o‘zining vazifasini aniq bilgan va
uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Yana bir masalaga alohida e’tibor berish kerakki,
har qanday fikr – mulohaza, taklifni sabr bilan eshitish, bir – birini hurmat qilish ham va bahamjixatlikda
ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi.6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni yoki rollarni
taqsimlash, o‘quvchilarni guruhlarga ajratish masalasiga e’tibor bilan qarash kerak. Agar faqat
o‘quvchilar ixtiyoriga qo‘yib berilsa guruhlar tarkibi doimiy bir hil bo‘lib qoladi, o‘yinda esa faqat
dadilroq, faol va qiziquvchan va uyatchan, passiv o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim
o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib, ba’zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun
ham tanlovning tasodifiy bo‘lishiga harakat qilish kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘chirilgan
tomonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi, bo‘yicha ajratiladi. Rollar konvert ichiga yozilib
tanlab olinishi mumkin bo‘ladi.Sinf xonasida eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‘tirgan o‘quvchilar
juft yoki ketma – ket 2 ta partadagi o‘quvchilar to‘rtligidir. Ba’zan muammolarni hal qilishda ayniqsa shu
kichik guruhlar kuchidan foydalanish sinfni alohida tayyorlash yoki partalarni surib, joylarni o‘zgartirish
majburiyatidan o‘quvchini oziod qiladi[1,76].Agar shunday tartibda ishlab o‘rganilsa, sinfni guruhlarga
bo‘lish, guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.O‘quvchini darsga jalb qilishning eng samarali
usullaridan biri mavzu yuzasidan savolga javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul esa,
o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzish, misol yoki masala tuzib sinfga taklif qilish vazifasi berisla,
o‘quvchining darsga e’tibori oshadi, fikri uyg‘onadi agar savollar tuzib berish va unga to‘g‘ri javobni o‘zi
bilish ham kerak bo‘lsa, (albatta hamma vaqt ham emas, ba’zi muammoli savollarning javobini o‘quvchi
bilmasligi mumkin) bola darsda e’tiborliroq bo‘ladi, berilayotgan savollar sifatini tahlil qilishga
o‘rganadi.“Savollar” texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlari juda katta. Masalan: o‘qituvchilar bir
darsning 5 minutini shunday savol tizimiga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkni. Savollarni yakka holda yoki
juft bo‘lib, qiyinroq mavzu bo‘yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshirilibdi.“Aqliy hujum”
texnologiyasini qo‘llash biror muammoni hal qilish yo‘lida turlicha va iloji boricha ko‘proq taklif, fikr –
mulohazalar yig‘ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa ularning ichidan
eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo‘llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “eslab”
qolishdir Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ularni shartli belgilar yoki
qisqartirishlar bilan doska yoki vatmann qog‘ozga yozib boradi. Geografiya fanini o‘qitishda pedagogik
texnologiya tatbig‘i mohiyati o‘qitish jarayonida o‘quvchi faolligini oshirish, o‘quvchini pedagogik
faoliyatining markaziy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Bunday metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi
o‘quvchini o‘z fikrini shakllantirishga, ifoda etishga, maqbul yo‘lni tanlash va buning uchun ma’suliyat
his etishga o‘rgatadi. Shu bilan birga bolalarda o‘zaro hurmat, ma’suliyat, halollik, e’tiborlik va
tirishqoqlikni xususiyatlarini tarbiyalashga ham harakat qiladi. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki,
o‘qitishni samarali qilish, o‘quvchilarni darsdagi faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning foydasi juda kattadir.Bunda har bir o‘quvchini darsga jalb qilish, uni o‘z fikrini darsga
431
bildirishini, o‘rtoqlari bilan fikr almashinishini, atrofdagi fikrlarga munosabat bildirishga imkoni katta
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |