Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARI O‘QUVCHILAR O‘QISH



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARI O‘QUVCHILAR O‘QISH 
SAVODXONLIGINI OSHIRISH GAROVI 
Normatova M.Z. 
202-guruh talabasi, TDPU 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o‘qish darslari vazifalari, 
o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish, sinfdan 
tashqari o‘qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e’tiborni kuchaytirish ahamiyati 
yoritilgan. 
Tayanch so‘zlar: 
lisoniy tahlil, bolalar adabiyoti, tilning ifoda vositalari, matn. 
Xalqimizning boy va qadimiy ma’naviyati, turmush tarzi, hozirgi taraqqiyoti olimlar, yozuvchilar, 
shoirlarimiz yaratgan badiiy, ilmiy va publitsistik asarlarda o‘z ifodasini topadi. O‘quvchilarni ana shu 
bebaho boylikdan boxabar qilish va turli uslubdagi asarlarni o‘qib-o‘rganish boshlang‘ich sinfdan 
boshlanadi. Bu bоrаdа sinfdan tashqari o‘qish dаsturi mаzmunidа hаm Vаtаn, vаtаn tаriхi, vаtаn kеlаjаgi, 
хаlqimizning fidоkоrоnа mеhnаti, хаlqimizning ezgu-niyatlаri, urf-оdаtlаrini аks ettiruvchi bаdiiy 
аsаrlаrni o‘rgаnish nazarda tutilgan. 
Boshlang‘ich ta’limda sinfda o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslari uyg‘un holda tashkil etiladi. 
Sinfda o‘qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o‘qish uchun ham 
taalluqlidir. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslari esa sinfda o‘qish darslari vazifasiga qo‘shimcha ravishda yana 
quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi: 
1.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qish malakasini takomllashtiradi. 
2.
Kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi. 
3.
Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil 
o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. 
4.
Sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi. 


424 
5.
Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baqolay 
oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi. 
Boshlang‘ich sinflar bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish bo‘yicha maxsus 
ilmiy-metodik tadqiqotlar bo‘lsa-da, ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasini yangi asarlar bilan boyitish, 
o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga o‘rgatish, o‘qish uchun matbiot materiallaridan qo‘shimcha badiiy asarlar 
tavsiya qilish, sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish va kichik 
yoishdagi o‘quvchilarda yuksak ma`naviyatli insonlarga xos fazilatlarni shakllantirish hozirgi kunning 
dolzarb masalalaridan sanaladi. 
Hozirgi kunda badiiy ijodda mavzularning xilma-xilligi, bolalar adabiyotidagi o‘zgarishlar, jamiyat 
taraqqiyoti ta`sirida bolalar dunyoqarashining kengayib borayotgani, sinfdan tashqari o‘qishni axborot 
texnologiyalari asosida tashkil etish imkoniyatlarining kengligi mazkur mavzuning ta`limiy-tarbiyaviy 
ahamiyatini katta ekanini ko‘rsatadi. 
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 5 ta tashabbusning to‘rtinchisi Yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil 
etilmoqda. Ma’lumki, kitob bilim manbai, hayot maktabidir. Kitobning inson qalbida, hayotida tutgan 
o‘rni beqiyos. Chunki kitob fan va madaniyatning barcha muvaffaqqiyatlarini o‘zida saqlab, avloddan 
avlodga yetkazib beruvchi asosiy vosita hisoblanadi. U hayotni o‘rganish va uni qadrlash, jamiyat 
qonunlari va tabiat hodisalarini tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, bolalarda eng yaxshi insoniy 
fazilatlarning shakllana borishida, odob - axloq normalarining o‘zlashtirilishida adabiy asarlarning roli 
katta. Maktab tajribasida kitob ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va o‘quvchilarni har tomonlama 
kamol toptirishning asosiy omilidir. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning iqtidori bilan bog‘liq qibiliyatlarini ularning fikrlashlari va nutqlaridan bilib 
oladi. O‘quvchilarda boshlang‘ich ta`lim jarayonida o‘qib o‘rganilayotgan fan asoslarini mukammal 
egallashlari uchun ularni, birinchi navbatda, mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko‘nikma va 
malakalari bilan qurollantirishimiz lozim. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Tursunboy Adashboyev “Qish” she’ri ustida ishlanadi. She’rning 
hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni bilib olishga 
yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkaziladi. 
O‘quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning 
rangi o‘zgarib, qorda o‘zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o‘siq yunglari 
sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha beriladi. She’r matni bilan tanishishdan oldin 
xattaxtaga “ayoz”, “quyruq”, “so‘qmoq”, “piyma”, “po‘stin” “pahmoq” so‘zlari yozilib, ma`nosi 
izohlanadi. She’rni navbat bilan o‘quvchilarga to‘rt-besh marta o‘qitilganidan keyin uning mazmuni 
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. She’rning to‘la mazmuni uch-to‘rt o‘quvchilarga gapirtiriladi, ularning 
fikr-mulohazalari to‘ldiriladi. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish 
ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi 
hayotini kuzatish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo‘lishi uchun boy 
material beradi. 
O‘quvchilar barglari to‘kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko‘rar ekan, shu holatni 
ifodalagan “qor ko‘rpasiga o‘rangan yalang‘och daraxt” yoki “sovuqda mudrayotgan daraxt” kabi 
iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa o‘quvchilarning lug‘at boyligining oshishiga xizmat qiladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e’tiborni kuchaytirish 
lozim. O‘qish dasturining o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablarida ularning ayrim tasvir vositalari va 
badiiy til elementlarini bilishlari zarurligi qayd etilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalariga 
bog‘liq talablarida “tilning ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan 
foydalana olish”lariga e’tibor qaratilgan. Jumladan, o‘qish dasturida va darsliklarida badiiy asar tili 
tahliliga quyidagi talablar qo‘yilgan: 
-
O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko‘rinishi 
bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq 
madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi. 
-
Olti-yetti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o‘qish 
darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o‘tkaziladigan darslarda hamda darsdan va 
maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg‘ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat 
berilishi zarur. 
-
Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi rahbarligida asarning asosiy 
mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqea- 
hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi. 


425 
Sinfdan tashqari o‘quvchilar mustaqil o‘qigan asarlarni hisobga olib borishga katta e’tibor 
qaratiladi. 1-2-sinfda o‘quvchilar kundalik daftarlariga mustaqil o‘qigan asarlari nomi va muallifini yozib 
boradilar. 3-4-sinfda o‘quvchilar o‘qigan asarlarini hisobga olib boruvchi, o‘z munosabatlarini qisqa qilib 
yozib qo‘yuvchi mazsus daftar tutadilar. Yil oxirida ota-onalar yig‘ilishida, maktab pedagoglari 
kengashida mustaqil kitobxonlik darajasi yuksak o‘quvchilar rag‘atlantirib borilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik saviyasi targ‘ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar 
ijodi, o‘qilgan asar yuzasida uyushtirilgan bahz-munozaralar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich 
ta’limda sinfdan tashqari o‘qish darslari samaradorligini ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, 
o‘qitishning noan'anaviy usullarini qo‘llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o‘qish darslarida 
uyushtiriladigan o‘yinlar ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmasdan, ta’limiy xaraktеrga ega bo‘lishi, 
o‘rganilayotgan asar mavzusini o‘zlashtirishga, asar yuzasidan ta’limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga 
qaratilishi lozim. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish