Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


TABIAT BILAN TANISHTIRISH ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

TABIAT BILAN TANISHTIRISH ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI 
BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH 
Davranova Gulbahor Numondjonovna, 
BuxMTI 1-bosqich tayanch doktoranti 
Samadova Aziza Zafarovna, 
BuxDUPI 1-bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: 
Maqolada bolajonlarga ekologik tarbiya berish, MTTlarda ekologik tarbiya berish 
uchun yaratiladigan imkoniyatlar, tabiatdagi biz sababchi bo‘lgan turli muammolar aytib o‘tilgan. Bundan 
tashqari 5 ta markaz haqida so‘z yuritilib, ilm-fan va tabiat markazi haqida umumiy tushunchalar 
berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
tabiat, markaz, MTT, ekologik tarbiya, tarbiyalanuvchi, dars, faoliyat, zamonaviylik, 
Orol dengizi, muomala, muammo. 
«Men bolalar «Alifbe»ni ochib, 
birinchi so‘zini g‘ijjalab o‘qishlariga 
qadar avval dunyodagi eng ajoyib 
kitob-tabiat kitobini mutolaa 
etishlarini istardim» 
V. A. Suxomlinskiy 
Hayotimizni tabiatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ustimizdagi kiyimlardan tortib, iste’mol qiladigan 
mahsulotlargacha hammasini tabiat in’om etgan. Tabiat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz, undagi 
boyliklarni asrab-avaylashimiz lozim. Tabiatdagi yer osti va yer usti boyliklaridan oqilona 
foydalanmaslik, o‘rmonlarning keskin kamayib ketishi, tabiatdagi suv va atmosferaning haddan ziyod 
ifloslanishi, chiqindi moddalarning keskin ortib ketishi muammolari yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida 
esa ming yillar davomida turg‘un bo‘lgan tabiatga tabiiy holatda putur yetmoqda. Ayniqsa O‘rta Osiyoda 
Orol dengizining qurishi oqibatida sho‘rlanishning miqdori ko‘tarilib bormoqda. Bu esa, atrof-muhitga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar orasida har xil kasalliklar ko‘payadi. 
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Orol dengizining tuzlari shamol bilan havoga ko‘tarilib yuzlab 
kilometr uzoqda joylashgan Himolay tog‘ining cho‘qqilaridagi muzlarni erishiga sabab bo‘layotgan ekan. 
Bunday ekologik muammolar bisyor. Bu muammolarning paydo bo‘lishida bizning ham ta’sirimiz katta. 
Endilikda bizning vazifamiz tabiatimizni qolgan qismini asrash, avlodlarimiz ongida tabiatga bo‘lgan 
muhabbatni uyg‘otishimiz lozim. Axir bizdan keyin ular yashaydi, bu hayotda. Bolalarda tabiatga bo‘lgan 
muhabbatni ya’ni, ekologik tarbiyani shakllantirish juda muhim. Bunda avvalo oila, MTT va 


378 
jamoatchilikning o‘rni katta. Bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantirish, tabiat, o‘simliklar, hayvonot 
olami bilan bilan tanishtirish, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni tushuntirish, o‘rgatish vazifamizdir. 
MTTlarda bugungi kunda Janubiy Koreya ta’limidan andoza olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoni 
olib borilmoqda. Masalan “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturi ham aynan Janubiy Koreyatajribasi asosida 
ishlab chiqilgan. Bu dastur tarbiyachilar uchun tayyor dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Avvalgi 
o‘quv dasturlaridan farqli ravishda “Ilk qadam”da barcha mashg‘ulotlar, faoliyatlar bir-biriga bog‘liq 
holda uyg‘unlikda olib boriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning bilim olishi, atrof-olam bilan tanishishlari 
osonlashmoqda. Bu dastur 5 ta markazni qamrab olgan. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk 
qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1.
Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq 
mashg‘ulotlar)
2.
Qurish-yasash, 
konstruksiyalash 
va 
matematika 
markazi. 
(Qurish 
yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3.
San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan 
syujetli qoidali o‘yinlar)
5.
Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
MTTlarda bolalarga ekologik tarbiya berishda ilm-fan va tabiat markazining alohida o‘rni bor. 
Tabiat qo‘yniga sayr, bog‘da o‘ynash kabilar bolalarda tabiat bilan tanishishlari uchun keng imkoniyat 
beradi. Kichkina "bolajon" har kuni ko‘plab savollarni so‘raydi. Nima uchun yomg‘ir yog‘adi, nega 
shamol esib turadi, nima uchun quyosh porlashi mumkin ... Tabiiy hodisalarning mohiyatini va kichik 
yoshdagi bolalarning qonuniyligini tushuntirish uchun nima bo‘lishining sabablari va oqibatlari haqida 
gapirish oson ish emas. Albatta, siz aytishga yoki ko‘rsatib berishga harakat qilishingiz, oddiy 
tajribalarni o‘tkazishingiz mumkin. Ilm-fan va tabiat markazida, tajriba sinov maydonchasida 
o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu 
markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz 
faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa, bolalar tabiat haqidagi bilimlarning kata qismini o‘zlashtiradi. Markaz 
nafaqat bolalarda, balki pedagoglarda ham qiziqish uyg‘otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan 
narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar, bolalarning o‘z 
qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda 
qiziqarli holatlar sanaldi. O‘zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga- 
chiroy, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shish odatlari bor. 
Shu tariqa bolajonlarga tabiat haqidagi kerakli bilimlar oz-ozdan berib boriladi. Buyuklar ham 
tabiat, uni asrash, to‘g‘ri munosabatda bo‘lish haqida chiroyli fikrlarni keltirishgan. 
Abu Nasr Farobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, “Kitob qolhoji 
va al-Miqdor”, “Kitob-al mabodi al-insonia”, “Kalam fia’zo al-hayvon” nomli asarlari bunga dalildir. 
Abu Rayhon Beruniy “Saydana” asarida 1116 turdagi dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 
tasi turli o‘simliklardan, 10 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. 
Hatto Payg‘ambarimiz ham tabiatga e’tiborli va mehrli bo‘lish haqida aytib o‘tganlar. 
Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v hadislarida shunday deyiladi: “Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat 
turgan paytda, bexosdan qiyomat qoim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo‘ying” 
Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe»ni 
ochib, birinchi so‘zini g‘ijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini 
mutolaa etishlarini istardim» deb ta’kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq 
boshlash maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim faoliyati doirasida bolalarning ongini har tomonlama 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan maktabgacha yoshdagi bolalar orasida ekologik e’tiqodni shakllantirish 
tarbiyachilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning o‘ziga 
xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayonni turli vositalar, interaktiv metodlar, yo‘llar bilan amalga 
oshirish mumkin. Masalan, bolalarni ekskursiya, kuzatish, sayr qildirish orqali tabiat bilan tanishtirish 
mumkin. Tarbiyachi bir xil sharoitda maydonchada qanday daraxtlar borligini, ularning soyasida odamlar 
dam olishini aytadi. Mevali daraxtlarning mevasi insonlar uchun oziq bo‘lishini tushuntirib, daraxtlarni 
avaylab o‘stirish, shoxlarini sindirmasliklarini, kuzda salqin tushishi bilan yaproqlari tushib ketishi va 
kuch yig‘ib bahorda yana gullab yashnaganini ko‘rib ko‘zimiz qo‘vonishini aytib suhbatini yakunlaydi. 
O‘yinlar orqali ham bolalarning bilimiga bo‘lgan qiziquvchanligi orttiriladi. Masalan: daraxtlarning 
turlari bilan tanishtirish vaqtida tarbiyachi «Yaprog‘iga qarab daraxt nomini ayt» degan o‘yindan 
foydalanishi mumkin. Dastlab bolalar daraxtlarning nomini aytib beradi, rangi, shakli, katta-kichikligi 


379 
taqqoslanadi, belgilari aytib beriladi. Bolalar mevalarni yeb, daraxt soyasida turib qiynalmasdan xulosa 
chiqaradilar. Demak, shuning uchun insonlar daraxtlarni ekib ularni parvarish qilar ekanlar. Daraxtning 
shoxchasini sindirib olib suvga solib uni kuzatamiz. Bu shoxcha rivojlanmaydi. Chunki bu yerda shoxcha 
rivojlanishi uchun sharoit yo‘q. Bolalarga daraxt o‘sishi uchun tuproq, suv, havo va quyosh nurlari zarur 
ekanligi isbotlanadi. 
Bundan tashqari, MTT larda interaktiv usullardan «Aqliy hujum», «Rolli o‘yin», «Kichik 
guruhlarda ishlash», «Bahs-munozara», «Galereyaga sayr», «Klaster», «Bumerang», «Enerjayzerlar»dan 
foydalanish mumkin. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida mashg‘ulotning boshi va oxirida mavzu 
yuzasidan bolalarning tushunchalarini aniqlash hamda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun aqliy 
hujum usulidan foydalanishi maqsadga muvofiq. «Kichik guruhlarda ishlash» bolalarning o‘zaro muloqot 
va fikr almashuviga asoslanadi. Bunda guruhda tahlil qilish, tekshirish asosida berilgan mavzu ishlab 
chiqiladi. «Rolli o‘yinlar»da bolalarga biror muammoli vaziyat beriladi. Bolalar bu metod yordamida real 
hayot holatlarini jonlantiradilar. Bahs-munozara metodida bolalarga bir kun oldin mavzu beriladi. Bolalar 
savollarga ota-onalaridan so‘rab javob topib keladilar hamda berilgan savollarga javoblar «bahs- 
munozara» asosida olib boriladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish