Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


instituti katta oʻqituvchisi, Toshkent sh



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

instituti katta oʻqituvchisi, Toshkent sh. 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari malakasini oshirish kurslaridagi tinglovchilar asosan 
katta yoshdagi mutaxassislardan iborat boʻlganligi bois ular uchun malaka oshirish tizimini andragogika - 
kattalar taʼlimi fanining umumiy kontekstida koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi kunda andragogika kattalarni oʻqitish nazariyasi sifatida qaralib, taʼlim oluvchi va taʼlim 
beruvchilarning maqsadlari, vazifalari, taʼlim mazmuni, oʻqitish shakllari va metodlarini tashkil etishni, 
texnologiyani aniqlash boʻyicha faoliyatni va kattalarning taʼlim jarayonini amalga oshirish ilmiy 
asoslangan. 
Jeyms A. Drayper, Jon A. Xenshke, Meri K. Kuper kabi olimlar andragogika atamasining kelib 
chiqishini oʻrganishgan. Tahlillar natijasida adragogika atamasini nemis oʻrta maktab oʻqituvchisi 
Aleksandr Kapp tomonidan 1833-yilda birinchi boʻlib kiritilganligi aniqlandi Aleksandr Kapp oʻzining 
“Aflotunning taʼlim gʻoyalari” (1833) kitobida butun umr davomida oʻqish zarurligini koʻrsatdi[1]. 
Andragogika atamasi ilk bor uning “Andragogika yoki katta yoshli erkakning taʼlim olishi” kitobi boʻlimi 
sarlavhasida paydo boʻladi. 
Andragogikaning mustaqil fan sifatida shakllanishi yigirmanchi asrning 1950-1970-yillariga toʻgʻri 
kelib, F. Peggeler, B. Smolovichev, D. Savichevich, L. Turos va boshqalar nomlari bilan bogʻliq. 
Maktabgacha taʼlim sohasida MTT pedagoglarini malakasini oshirishdagi andragogik yondashuv 
kattalarni oʻqitishning 
andragogik tamoyillarin
i hisobga olgan holda quriladi [2]. 
Tadqiqot 
doirasida 
pedagog 
kadrlarning 
malakasini 
andragogik 
yondashuv 
asosida 
takomillashtirish modeli yaratildi. 
Ushbu model maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini andragogik yondashuv asosida 
malaka oshirish jarayonini ifodalab, uning maqsad va vazifalari, mazmuni, jarayoni va natijasini baholash 
koʻrsatkichlarini muntazam aniqlashni nazarda tutadi. 
Model andragogik yondashuvning quyidagi tamoyillariga tayangan holda qurilgan: 
-MTT pedagoglarini malakasini oshirish ularning ehtiyojlari asosida har yili tashkil etiladi; 
- maktabgacha taʼlim tizimidagi barcha pedagoglarning yoki malaka oshirish tizimi barcha 
ishtirokchilarining (davlat, ish beruvchilar, malaka oshiruvchi pedagog) buyurtma va ehtiyojlari 
oʻrganiladi; 
-malaka oshirish mazmuni andragogik yondashuv asosida shakllantiriladi. 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining andragogik yondashuv asosida malaka oshirish 
jarayonini takomillashtirish mazmuni quyidagi elementlardan iborat: 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish kurslari ishchi oʻquv rejasi, 
ishchi oʻquv dasturini andragogik yondashuv asosida qayta ishlab chiqish; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish kurslari ishchi oʻquv rejasiga 
“Andragogika”ni oʻquv fani sifatida kiritish (taʼlim menejmentida andragogika, musiqiy taʼlimda 
andragogika, pedagogikada andragogika va h.o.); 
MTT pedagoglarining malaka oshirish jarayonini andragogik yondashuv asosida takomillashtirish 
maqsadida noanʼanaviy andragogik yondashuvga asoslangan malaka oshirish kurslari (qisqa muddatli, 
sayyor, masofaviy (online), kaskad, klaster kurslari ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; 
subyekt-subyekt munosabatlarini rivojlantiruvchi andragogik yondashuvli metodika, texnologiya, 
modellarni MTT pedagoglari malaka oshirish tizimiga joriy etish. 
Andragogik yondashuvga asoslangan MTT pedagoglarining malakasini oshirishni takomillashtirish 
modelining ishlash mexanizmi 
quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 

maktabgacha taʼlim tiziminni rivojlantirishga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi; 
-
xalqaro tajribalar oʻrganiladi; 
-
maktabgacha taʼlim tizimini, xususan qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishini yanada 
rivojlantirish borasidagi prezident va hukumat tomonidan qoʻyilgan vazifalar oʻrganiladi; 
-
ish beruvchilar (maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv tuzilmalari) taklif va tavsiyalari tahlil 
etiladi; 
-
malaka oshirishga jalb etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari kutuvlari va 
ehtiyojlari oʻrganiladi; 


26 
- oʻrganish va tahlillar natijasiga asoslangan holda andragogik yondashuv asosida tashkil etilgan 
malaka oshirish jarayoni mazmunini shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqiladi; 
-MTT pedagoglarini malaka oshirish kurslari ishchi oʻquv rejasi va ishchi oʻquv dasturi andragogik 
yondashuv asosida shakllantiriladi; 
-andragogik yondashuv asosida BKMlarni takomillashtirishga xizmat qiladigan oʻquv 
modullarining mazmuni (dasturi) ishlab chiqiladi; 
-oʻquv modulidagi taʼlim natijalarini nazorat qilish shakllari va vositalari shakllantiriladi; 
-modullar, ishchi oʻquv rejasi, ishchi oʻquv dasturi haqida batafsil maʼlumotlarni oʻzida jamlagan 
elektron katalog ishlab chiqiladi; 
-yil davomida malaka oshiradigan MTT pedagoglari roʻyxati shakllantiriladi (mavjud roʻyxatga 
zaruriy qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib boriladi); 
-MTT pedagoglarining malakasini oshirishda andragogik yondashuv asos boʻlgan oʻquv jarayoni 
tashkil etiladi va boshqarib boriladi. Oʻquv jarayoni har bir oʻquv moduli belgilangan muddatda tashkil 
etiladi; 
-malaka oshirish kursiga taklif etilgan MTT pedagogi mashgʻulotlarning boshlanishi haqida 
oldindan ogohlantiriladi. Agar kurs ishdan ajralgan holda tashkil etilgan boʻlsa, hududiy tuzilma 
rahbarlariga oldindan xabardor qilish maqsadida xat-taklifnoma joʻnatiladi; 
-malaka oshirish kursi oʻquv rejasini muvaffaqiyatli bajargan va kursni yakunlagan tinglovchiga 
sertifikat taqdim etiladi. 
Biz tadqiqotimizda model tushunchasini biror-bir obyekt, jarayon yoki hodisaning “oʻrnini 
toʻldiradigan” yoki “namoyon etadigan” fikriy yoki shartli analog sifatida talqin qildik. 
Maʼlumki, turli modellar va tizimlarni ishlab chiqish uchun metodologik yondashuvlar, oddiyroq 
qilib aytganda, ilmiy nazariyalar asos vazifasini bajaradi. Zamonaviy ilm-fan metodologik umumlashma 
sifatida koʻplab yondashuvlar bilan tavsiflanadi [3]. Tadqiqotimiz natijalari MTT pedagoglarining 
malakasini oshirish jarayonini takomillashtirishda tizimli, faoliyatga doir andragogik yondashuvlarning 
metodologik imkoniyatlari yuqori ekanligini koʻrsatdi. 
Bugungi kunda innovatsion boʻlgan andragogik taʼlim modelini tuzimlashtirishda turli xil talqinlar 
mavjud. Shuning uchun, amalda uni andragogik oʻquv jarayonining tarkibiy qismi sifatida amalga 
oshirish mumkin. 
Kattalar bilan taʼlim jarayonini tashkil qilish xususiyatlarini tahlil qilib, shuni taʼkidlash kerakki, 
malaka oshirishning andragogik modeli maʼlum taʼlim oluvchilar va taʼlim beruvchilar guruhi - kattalar 
guruhi bilan ishlash qoidalari tizimini oʻz ichiga oladi 
Shu maqsadda, katta yoshdagi taʼlim oluvchilarning xususiyatlarini, aynan, bizning tadqiqotimiz 
ishtirokchilari - malaka oshirish kurslari tinglovchilarni koʻrib chiqamiz. Shunday qilib, malaka oshirish 
kurslari tinglovchilari quyidagi xususiyatlarga ega: 
1.
Oʻquv materialiga amaliy yondashuv (munosabat), faqat “bu yerda va hozir” ishlatilishi 
mumkin boʻlgan narsalarni oʻrganish va tinglash istagi. Koʻrinib turibdiki, bu holda pragmatizm (amaliy 
yondashuv) kattalarning foydali narsalarni oʻrganishga boʻlgan sogʻlom istagi, kasbiy faoliyatda talab 
qilinadigan va qoʻllaniladigan yondashuvdir. 
2.
Oʻquv materialining mazmuniga kutuvlar (umidlar) yuqoriroq qoʻyilgan boʻlsa va agar bu 
kutuv (xohish, ehtiyoj)lar ayni vaqtda bajarilmasa, mashgʻulotlardan qoniqmaslik yoki tezda umidsizlikka 
tushish holati sodir boʻladi. 
Keltirilgan holatda malaka oshirish kurslari tinglovchilari malakali mutaxassislar ekanligi koʻrinib 
turibdi. Ular malaka oshirish kurslaridan yuqori sifat darajasidagi mazmunga ega boʻlgan yangi material 
bilan tanishishni kutishyapti va agar mashgʻulot tanish material asosida tashkil etilgan boʻlsa, yoki 
tinglovchilar kutganlaridan past darajada boʻlsa tinglovchilarda qiziqish yoʻqoladi va ularning hafsalasi 
pir boʻladi. Bu andragogik tamoyillarning ahamiyatli ekanligini koʻrsatadi, chunki katta yoshli taʼlim 
oluvchi yetarli kasbiy tajribaga ega boʻlagligi bois u sifatli materialni sifatsizidan farqlay oladi va h.o. 
3.
Muayyan taʼlim shakllarining ustunligi: tajriba almashish, mustaqil taʼlim olish (informal 
taʼlim), munozarada qatnashish. 
Bunday holda, katta yoshdagi insonga boshqa odamlar bilan oʻzaro muloqot qilish, hamkorlikda 
boʻlish, bilish va oʻzini oʻzi anglash imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, oʻziga odatiy boʻlgan surʼat va 
meʼyorda ishlash zarurati boʻlganda tabiatga muvofiqlik tamoyilining nmoyon boʻlishi kuzatiladi. 
4.
Maʼruzani faqat yangi yoʻnalishlarda, ilmiy yutuqlarda yoki yuqori darajadagi rahbarlardan 
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va boshqalar) yoʻl-yoʻriq 
(koʻrsatma) sifatida qabul qilish. Bu yerda, bizning fikrimizcha, katta yoshdagi taʼlim oluvchining olingan 
maʼlumotlarning ishonchliligi va ahamiyatliligi, ularning manfaatlari, maqsadlari, motivlarini amalga 


27 
oshirishga intilishi namoyon boʻladi. Bunday vaziyatda taʼlimning qadriyat-semantik yoʻnalishi tamoyili 
ishlaydi. 
5.
Muayyan aniq mavzular boʻyicha maslahat, qoʻshimcha maʼlumot olish istagi: 
buning uchun guruhli va yakkama-yakka tarzda tashkil etilgan maslahatlar, fakultativlar afzal 
hisoblanadi. Bunday holat katta yoshdagi taʼlim oluvchining taʼlim jarayonidagi oʻrni (mavqei)ni 
belgilaydi. Taʼlim oluvchi taʼlim beruvchi bilan oʻzaro munosabatlar oʻrnatishning shakllarini belgilashga 
intiladi, u maxfiylik saqlanishini xohlaydi yoki oʻzini tanqidiy baholashlaridan qoʻrqadi (tashvishlanadi). 
Koʻrinib turibdiki, bu holda individual-shaxsiy yondashuv tamoyili ishlaydi. 
Biz sharhlagan malaka oshirish kurslari katta yoshli tinglovchilarining xususiyatlari shuni 
koʻrsatadiki, bugungi kunda kurs mashgʻulotlari jarayonlarida andragogik yondashuv tamoyillari hali ham 
inobatga olinmaydi. 
Shu munosabat bilan M.Sh.Noulz tomonidan kattalarni oʻqitishning muvaffaqiyatli jarayonini 
amaliy tashkil etish jihatlari va shartlarini, S.I.Zmeyovning andragogikaning asoslari va andragogik 
yondashuvning tamoyillarini shakllantirish muhim koʻrinadi [4]. 
1.

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish