6
har oyiga 69 000 soʻmdan va vaqtida toʻlamagani uchun 0.1 % penya hamda hisob
raqam orqali toʻlanishi uchun 0.5 % bank xizmati uchun jami. 629 694 so'm
toʻlamaganligini, shuningdek, 2022-yilning har oyi uchun 75 600 soʻmdan 2022-yil
yanvar, fevral oylari uchun 0.1 % penya va hisob raqami orqali toʻlanishi uchun
0.5% bank xizmati uchun jami 781 810 soʻm toʻlanmaganini, bundan tashqari,
litsenziya olish uchun 288 000 soʻm toʻlanmaganini hamda litsenziya varaqasiga ega
avtotransport vositasidan Xorazm viloyat hokimligi bilan kelishuvga asosan har bir
oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 60 000 soʻm jami 2 oy uchun 2 880 000 soʻm
toʻlanmaganini, bularning oqibatida jamiyat jami 4 867 495 soʻm
zarar
yetkazilganini bayon qilib mazkur ijara shartnomasini bekor qilishni va ijaraga
oluvchidan jamiyat foydasiga 4 867 495 soʻm undirishni soʻrab sudga murojaat
qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 541-moddasi 1 va 2-qismlariga ko‘ra Ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma
shartlari va molmulkning
vazifasiga muvofiq holatda topshirmog‘i lozim. Mol-mulkni topshirishga
tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim
etish ijaraga beruvchining burchi bo‘lib, uning hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-moddasining 1-qismiga ko‘ra,
qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajadabajarmaganligi
tufayli
kreditorga yetkazilgan zararni tulashi shart.
Mazkur Kodeksning 236-moddasida majburiyatlar majburiyat shartlariga va
qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa
ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim
darajada bajarilishi kerak deb qayd qilingan bo‘lsa, 237-moddasida majburiyatni
bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma
shartlarini bir tomonlama
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno deb qayd qilingan.
Sud FKning 541-324-236-237-moddalariga asoslanib quyidagicha qaror qiladi:
Da’vogar “YAXSHIMURODOV JASUR” MCHJning javobgar Nurjanova Gavhar
7
Sultanovnaga nisbatan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish va
yetkazilgan zararni undirish haqidagi da’vo talabi qanoatlantirilsin.
Javobgar
Nurjanova Gavhar Sultanovnadan da’vogar “YAXSHIMURODOV JASUR”
MCHJning foydasiga 4.867.495 (to‘rt million sakkiz yuz oltmish yetti ming to‘rt
yuz to‘qson besh) so‘m undirilsin.
Qarzdor majburiyatni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa, qarz
beruvchiga yetkazilgan zararni bajarishga majbur hisoblanadi.
Agar shartnomaning o‘zida o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni
aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning
talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda mavjud bo‘lgan narxlar hisobga olinadi.
Sud zararni to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan
narxlarni inobatga olgan holda qanoatlantirishi mumkin. (324-modda)
To‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka quyidagi hollarda kamaytirilishi mumkin:
a)
To‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning
majburiyatini buzish
oqibatlarigazidligi ko‘rinib tursa,
b)
Qarzdorning majburiyatni qay darajada bajarganligiga qarab,
c)
Majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli darajasi,
d)
Kreditorning mafaatlari ham inobatga olinishi mumki
e)
Bundan tashqari sud alohida hollarni inobatga olgan holda ham neustoykani
kmaytirishi mumkin.
Ikki taraf o‘rtasida tuzilgan shartnomani taraflardan biri javobgar bo‘lgan
holda bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa,ikkinchi
taraf qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomadan voz
kechishga va yetkazilgan zararni undurib olishga haqli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: