LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi.
Ishning maqsadi:
Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi bilan tanishish.
Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasini o’rganish.
1.
Laboratoriyada xalatsiz va sochiqsiz ishlash yaramaydi.
2.
Tajribani bajarishga kirishishdan avval har bir tajrlbaning yozma bayonini juda e`tibor bilan o`qib
chiqish va tajriba uchun olinayotgan moddaning xossalarini yaxshi biJib olish lozim.
3.
Laboratoriyada
ishlaganda ozodalikka, tinchlikka, batartiblikka va xavfsizlik texinikasi
qoidalariga rioya qilish kerak. E`tiborsizlik va tartibsizlik ko`ngilsiz hodisalarga sabab bo`lishi
mumkinligini
unutmang
4.
Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish yaramaydi.
5.
Suyuqliklarni probirkada qizdirganda probirkani qiya ushlab, yuqorisidan boshlab asta-sekin
qizdirish kerak. Bunda probirkaning og`zini - ishlayotganlardan boshqa tomonga qaratib ushlash
lozim.
6.
Yonib turgan gaz gorelkasi va elektr asboblarni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
7.
Utkir hidli moddalar bilan olib boriladigan tajribalarni faqat mo`rili shkaf ichida o`tkazish lozim.
8.
Rakovinaga kislota, ishqor, tez o`t oladigan suyuqliklar hamda oltingugurtli birikmalarni to`kish
yaramaydi. Ularni maxsus idishlarga yig`ish lozim.
9.
Natriy metalini o`tkir, quruq pichoq bilan filtr qog`oz ustida kesish kerak. Uning qiyqindilarini,
qoldig`ini rakovinaga tashlamang, balki quruq kerosin yoki vazelin moyi solingan alohida shisha
idishlarga yig`ishtirib
oling
10.
Etil efir, opirt, benzol, atseton, etilatsetat, petroley efir va boshqa tez yonuvchan moddalar bilan
ishlaganda bu moddalarni bevosita alangada qizdirish, alanga yaqinida saqlash taqiqlanadi. Ularni
suv hammomida yoki maxsus elektr plitalaridagina qizdirish mumkin
11.
Idishdagi suyuqlik tasodifan alangalanib ketgan taqdirda avvalo qizdirish manbaini o`chirish,
so`ngra alangani sochiq yoki chinni kosacha bilan yopish lozim. Agar suyuqlik stolga to`kilib
yonayotgan bo`lsa, uni faqat qum bilan o`chiring. O`tni suv bilan o`chirish yaramaydi,
chunki
organik erituvchilar, odatda, suv bilan aralashmaydi va suv bilan yoyilib ketib,
alangani
kengaytiradi.
12.
Agar ishlayotgan kishilarning kiyimi yonib ketsa, uni darhol adyol yoki qalin material bilan
berkitib, yonayotgan kiyimga havo kirishini to`xtatish lozim.
13.
Kontsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda
suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga
tomchilatib, muttasil aralashtirib turgan holda qo`shish kerak, aks holda kislota sachrab,
portlashi
mumkin.
14.
O`yuvchi ishqorlar chinni stakanda yoki kosachada eritiladi.
15.
Laboratoriyada moddaning mazasini tatib ko`rish taqiqlanadi.
16.
Ishni tugatgach, ish joyini tartibga keltirish va elektr asboblar, suv gazning o`chirilgan
o`chirilmaganini tekshirib ko`rish lozim.
__________________________________________________________________'>___________________________________________________________________'> 1-laboratoriya ishi
Hisoboti
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________