Laboratoriya mashg’ulotlari 1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Ishning maqsadi



Download 103,57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.11.2022
Hajmi103,57 Kb.
#873800
Bog'liq
Laboratoriya mashg’ulotlari 1-laboratoriya ishi Sifat reaksiyal



LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI 
1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi.
 
Ishning maqsadi: 
Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi bilan tanishish. 
 
Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasini o’rganish.
 
1.
Laboratoriyada xalatsiz va sochiqsiz ishlash yaramaydi. 
2.
Tajribani bajarishga kirishishdan avval har bir tajrlbaning yozma bayonini juda e`tibor bilan o`qib 
chiqish va tajriba uchun olinayotgan moddaning xossalarini yaxshi biJib olish lozim. 
3.
Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, tinchlikka, batartiblikka va xavfsizlik texinikasi 
qoidalariga rioya qilish kerak. E`tiborsizlik va tartibsizlik ko`ngilsiz hodisalarga sabab bo`lishi 
mumkinligini unutmang 
4.
Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish yaramaydi. 
5.
Suyuqliklarni probirkada qizdirganda probirkani qiya ushlab, yuqorisidan boshlab asta-sekin 
qizdirish kerak. Bunda probirkaning og`zini - ishlayotganlardan boshqa tomonga qaratib ushlash 
lozim. 
6.
Yonib turgan gaz gorelkasi va elektr asboblarni nazoratsiz qoldirish mumkin emas. 
7.
Utkir hidli moddalar bilan olib boriladigan tajribalarni faqat mo`rili shkaf ichida o`tkazish lozim. 
8.
Rakovinaga kislota, ishqor, tez o`t oladigan suyuqliklar hamda oltingugurtli birikmalarni to`kish 
yaramaydi. Ularni maxsus idishlarga yig`ish lozim. 
9.
Natriy metalini o`tkir, quruq pichoq bilan filtr qog`oz ustida kesish kerak. Uning qiyqindilarini, 
qoldig`ini rakovinaga tashlamang, balki quruq kerosin yoki vazelin moyi solingan alohida shisha 
idishlarga yig`ishtirib oling 
10.
Etil efir, opirt, benzol, atseton, etilatsetat, petroley efir va boshqa tez yonuvchan moddalar bilan 
ishlaganda bu moddalarni bevosita alangada qizdirish, alanga yaqinida saqlash taqiqlanadi. Ularni 
suv hammomida yoki maxsus elektr plitalaridagina qizdirish mumkin 
11.
Idishdagi suyuqlik tasodifan alangalanib ketgan taqdirda avvalo qizdirish manbaini o`chirish, 
so`ngra alangani sochiq yoki chinni kosacha bilan yopish lozim. Agar suyuqlik stolga to`kilib 
yonayotgan bo`lsa, uni faqat qum bilan o`chiring. O`tni suv bilan o`chirish yaramaydi, chunki 
organik erituvchilar, odatda, suv bilan aralashmaydi va suv bilan yoyilib ketib, alangani 
kengaytiradi. 
12.
Agar ishlayotgan kishilarning kiyimi yonib ketsa, uni darhol adyol yoki qalin material bilan 
berkitib, yonayotgan kiyimga havo kirishini to`xtatish lozim. 
13.
Kontsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga 
tomchilatib, muttasil aralashtirib turgan holda qo`shish kerak, aks holda kislota sachrab, portlashi 
mumkin. 
14.
O`yuvchi ishqorlar chinni stakanda yoki kosachada eritiladi. 
15.
Laboratoriyada moddaning mazasini tatib ko`rish taqiqlanadi. 
16.
Ishni tugatgach, ish joyini tartibga keltirish va elektr asboblar, suv gazning o`chirilgan 
o`chirilmaganini tekshirib ko`rish lozim. 
__________________________________________________________________'>___________________________________________________________________'> 1-laboratoriya ishi
 
Hisoboti 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 

Download 103,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish