Mavzu №1: Kirish


Takrorlash uchun savollar



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana25.11.2022
Hajmi2,26 Mb.
#872468
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
Maъруза матн. тупл.(ЕЕ, IE va NG) - 2011yil-1

 
Takrorlash uchun savollar: 
1. O‘lchashga ta’rif keltiring va uni izohlab bering. 
2. O‘lchash ob’yektlariga misollar keltiring. 
3. O‘lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring. 
4. O‘lchash usullarini izohlab bering. 
5. O‘lchov va o‘lchash asboblarining farqi qanday? 
6. O‘lchash xatoligi nima va uning qanday turlarini bilasiz? 
7. Etalon yaratilishining asosiy sabablari nimada deb o‘ylaysiz? 
8. Muntazam xatoliklarni kamaytirishning usullarini ayting. 
 


52 
№5 – MAVZU: O‘LCHASH ASBOBLARINING ANIQLIK 
KLASSLARI, METROLOGIK TAVSIFLARI VA TURLARI 
 
 
Reja: 
5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.
5.2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari. 
5.2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi. 
5.3.Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, 
elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari. 
5.4. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari. 
 
 
Tayanch iboralar: 
o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining 
sezgirligi, sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning 
o‘lchash xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, 
ishonchliligi (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari, o‘lchash zanjiri, 
o‘lchash mexanizmi, magnitoelektrik o‘lchash asboblari, elektromagnit 
o‘lchash asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, elektrostatik 
o‘lchash asboblari, induksion o‘lchash asboblari, raqamli o‘lchash 
asboblari. 
5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari 
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini 
oldindan 
belgilash 
uchun 
xatolikning 
me’yorlangan 
qiymatidan 
foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan 
o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan 
o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy 
xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib 
qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan 
qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini 
chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning 
pasportida keltirilgan bo‘ladi. 
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi 
bo‘yicha 
klasslarga 
bo‘linadi. 
Masalan: 
elektromexanik 
turidagi 
ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: 

а.k
 

0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4

 
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va 
ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi: 


53 

а.k
=

k mах

k
;


а.k
 

k mах

k
q


х max 
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan 
chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala 
oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi. 
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda 
aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir 
narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan 
xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash 
diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato 
bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga 
yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday 
asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya 
etilmaydi. 
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan 
berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining 
oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini 
bildiradi. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish