Америка
CCITT (Европа)
Тезликни
белгиланиши
Овозли
каналлар сони
Канал-
лар сони
Тезлик,
Мбит/с
Овозли
каналлар сони
Аввалги даражадаги
каналлар сони
Тезлик,
Мбит/с
DS-0
1
1
64Кбит/с
1
1
64Кбит/с
DS-1
24
T1
24
1,544
30
E1
30
2,048
DS-2
96
T2
4
6,312
120
E2
4
8,488
DS-3
672
T3
7
44,736
480
E3
4
34,368
DS-4
4032
T4
6
274,176
1920
E4
4
139,264
PDH tizimlarining kamchiliklarini.
PDH tizimlarining kamchiliklarini ko‘rib
chiqamiz:
plezioxron raqamli iyerarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448,
34368, 139264 kbit/sga teng; birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni
birlashtirishda tezliklarni sozlash uchun qo‘shimcha bitlar qo‘llaniladi. Bunday
multipleksorlash ko‘p kanalli yuqori tezlikli signallarni hosil qilishni
qiyinlashtiradi; PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tezlikli
raqamli oqimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratib olish imkoni yo‘q. Buning uchun liniya
signalini bir necha bor o‘zgartirish kerak. Bularni amalga oshirish uchun bir
qancha multipleksorlar to‘plami kerak bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatda, tizimni
ekspluatatsiya qilishni, xizmat ko‘rsatishini qiyinlashtiradi va uzatiladigan axborot
sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. raqamli kommutatsiya uchun kerakli bo‘lgan
sinxronizatsiya birinchi satxdagi signallardagina bajariladi, yuqori satxdagi raqamli
signallar sinxron emas; PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, acosan mis
o‘tkazgichli kabellarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Liniya traktidagi uzatish
tezligi va kodlar, kabelning ishlash shartini belgilaydi. Bu parametrlar
standartlashmagan va turli ishlab chiqaruvchilarda turlichadir; tizimda ko‘pgina
o‘zgartirishlar (bloklarni o‘zgartirishlar yoki yoqib ulashlar) qo‘l yordamida
amalga oshiriladi; boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qo‘shimcha
boshqaruv tarmog‘i va tizimni tashkil qilish kerak; PDHning yana bir acosiy
kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va boshqaruvning deyarli yo‘qligi.
Bularsiz yuqori sifatli xizmat ko‘rsatuvchi ishonchli tarmoqni tashkil qilish
mumkin yemas. PDHda uncha katta bo‘lmagan xajmda bunday vositalar mavjud,
lekin ular standartlashmagan. Shu sababli xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan
yaratilgan nazorat va boshqaruv tizimlari bir-biri bilan chiqisha olmaydi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan raqamli uzatish tizimlari
ma'lum iyerarxiya asosida tashkil qilinadi, u quyidagi asosiy talablarni
qanoatlantirishi kerak: analog, diskret va raqamli signallarning barcha turlarini
RUTning kanallari va taktlari orqali uzatilishini;
signallarga iyerarxiyaning turli bosqichlarida ishlov berish va ularni uzatish
tezligining tegishli karraliligini;
uzatilayotgan raqamli oqimlarni eng oddiy holda birlashtirish, bo‘laklarga bo‘lish,
ajratib olish va tranzitlashning mumkinligini;
RUT ning parametrlarini mavjud bo'lgan va kelajakda bo'ladigan yo‘naltiruvchi
tizimlarning tavsiflarini hisobga olgan holda tanlanishini; Bir turdagi
ma’lumotlarning signallari uzatilayotganda RUT ning o'tkazish qobilyatidan eng
yaxshi holda foydalanish kerakligini. RUT iyerarxiyasining shakllanishi
komponentlar deb ataluvchi past tartibli raqamli oqimlarni yagona raqamli oqimga
birlashishiasosida amalga oshadi, buni guruhli yoki agregat raqamli oqim deyiladi.
RUT (raqamli uzatish tizimlari)ning iyerarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil
qiluvchi qurilmalarni takomillash-tirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish,
texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda
RUTlarning uch iyerarxiya turi keng tar-qalgan: Yevropa, Shimoliy Amerika va
Yaponiya. Yevropa iyerarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish
tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining o‘tkazuvchanlik
qobiliyati 64 kbit/s ga teng bo‘lgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Plezioxron
raqamli iyerarxiya (PRI) tezliklarning uch standar-tini o‘z ichiga oladi. Shimoliy
Amerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (AQSH va Kanadada qabul
qilingan) BRO (birlamchi raqamli oqim) (yoki DigitalofLevel 1) tezligi 1544 kbit/s
ga teng qilib tanlangan.
RUT iyerarxiyasining turlari
PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki
DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s)
tezliklarning iyerarxik ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
PRIning ikkinchi standarti1544 kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 1 544 (yoki
DS1) -6 312 (yoki DS2) -32 064 (yoki DS 3) -97 728 (yoki DS 4) kbit/s ketma-
ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi.
PRIning uchinchi standarti 2048kbit/s tezlikka ega bo'lib, u 2 048 (yoki Ye1:
birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki Ye2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-
34368 (yoki Ye3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki Ye4: to‘rtlamchi
raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki Ye5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s
ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi.
PRIning Shimoliy Amerika (SHAS), Yaponiya (YAS) va Yevropa (YES)
standartlaridagi multiplekslash (-) va kross-multiplekslash (---) sxemasi
IKM-120 uzatish tizimida aloqani tashkil qilish sxemasi
IKM-480 uzatish tizimi
Uchlamchi apparatura kompleksi IKM-480 raqamli uzatish tizimi zona
ichida va magistral aloqa tarmoqlarida taramli kabellarni 1,2/4,6 mm juftli MKT-4
kabeli yordamida aloqani tashkil qilish uchun mo'ljallangan. Apparaturaning
guruhli oqimisini uzatish tezligi 34368 kbit/s bo'lganda 480 tagacha T4 kanalini
tashkil qiladi.
IKM-480 uzatish tizimining texnik ko'rsatkichlari:
1. Diametri 1,2/4,6 mm bo'lgan MKT-4 kabelida ishlaydi.
2. Ichki zona tarmoqlarida va magistral tarmoqlarda ishlaydi.
3. Uzatish tezligi - 34368 kbit/sek (34 Mbit).
4. TCH kanali bo'yicha qayta qabul qilish uzunligi — 250 km.
5. Xizmat ko'rsatiladigan regenerasion punktlar orasi — 200 km.
6. Xizmat qilinmaydigan regenerasiya punktlari orasi — 3 km.
7. XKRP lar orasidagi XQRP lar soni - 66 tagacha.
8. Ishlatiladigan kod-KVP-3 yoki MIQA.
9. Distansiya ta'minoti kuchlanishi — 1300 v, 200 mA tokda.
Amaliyotda IKM – 480, IKM 1920 uzatish ti-zimlari keng qo‘llaniladi.
Plezioxron raqamli iyerarxiyaning kamchiliklari
- plezioxron raqamli iyerarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448,
34368, 139264 kbit/s ga teng;
- birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni birlashtirishda tezliklarni
sozlash uchun qo‘shimcha bitlar qo‘llaniladi.
- PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tez-likli raqamli
oqimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratib olish imkoni yo‘q.
-
raqamli kommutatsiya uchun kerakli bo‘lgan sinxronizasiya birinchi
satxdagi signallardagina bajariladi, yuqori satxdagi raqamli signallar sinxron emas;
- PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, asosan mis o‘tkazgichli kabellarni
qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
- tizimda ko‘pgina o‘zgartirishlar (bloklarni o‘zgartirishlar yoki yoqib
ulashlar) qo‘l yordamida amalga oshiriladi;
- boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qo‘shimcha boshqaruv
tarmog‘i va tizimni tashkil qilish kerak;
- PDHning yana bir asosiy kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va
boshqaruvning deyarli yo‘qligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |