15
1.
Berilgan soha vakillaridan qay biri siz uchun zamonamiz qahramoni bo‘la oladi?
Nega shunday hisoblaysiz?
2.
Ayting-chi, zamonamiz qahramonlari qaysi fazilati yoki ishlariga qarab belgilanishi
kerak?
3.
Nima deb o‘ylaysiz, bizga qahramonlar nega kerak?
4.
Sizningcha, bizning yurtga, jamiyatimizga qanday qahramonlar kerak?
5.
Berilgan soha vakillaridan tashqari yana kimlarni qahramon deb hisblaysiz? Ularning
ismini bilasizmi? Nega ularni qahramon sanaysiz?
Fe’lning
munosabat shakllari
uning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishiga, so‘zlovchi-
ning maqsadini ifodalashga xizmat qiladi.
1. Asqar yana o‘z ishiga qayt
moqchi.
2. Ukangga ayt: tezroq kel
sin.
3. Qani edi, qizim ham baxtini top
sa.
1-gapda
-moqchi
munosabat qo‘shimchasi so‘zlovchi (shu gapni aytgan kishi) ya’ni
ning, Asqarning qaytish maqsadida ekanini ifodamoqda.
2-gapda
-sin
munosabat qo‘shimchasi so‘zlovchining buyrug‘ini ifodalashga xizmat
qilgan.
3-gapda
-sa
shakli so‘zlovchining istak-xohishini ifodalayapti.
“Qani edi”
kirishi esa
shu ma’noni kuchaytirishga xizmat qilyapti.
Zamon, shaxs-son va
-sa
qo‘shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Bu
shakllar-
ni olgan fe’l odatda gap oxirida (kesim vazifasida) keladi.
Munosabat shakllari bir so‘zda ketma-ket kelishi ham
(chaqir/di/m, ista/sa/m),
ko‘r-
satkichsiz bo‘lishi ham
(yugur, tanla)
mumkin.
Gaplarda tushirib qoldirilgan o‘rinlarga mos keluvchi ikkitadan kesimni qo‘yib yozing.
Kesimlar har xil zamon va shaxs-son qo‘shimchalari bilan shakllansa, gap ma’nosi
qanday o‘zgarishiga e’tibor qarating.
Namuna
1) yoyadi (doimiy ish-harakat, III shaxs, birlikda); 2) yoysin (buyruq, III shaxs,
birlikda)
• Sportchi yuqori marralarni zabt etib, vatanimiz dovrug‘ini dunyoga ...
• Olim ilm-fan olamida katta ixtirolar qilib, odamlarning turmushini yaxshilashga …
• Dehqon dasturxonimizni to‘kin-sochin qiladi, yurtni …
• Jurnalist tun-u kun tinim bilmay, odamlarni dunyodagi voqealardan ...
• Siyosatchi xalqni birlashtirib, yagona maqsad sari olg‘a ...
• Harbiy Vatan sarhadlarini yovuz kuchlardan ...
16
Namuna
Shifokorlar salomatligimiz posbonlaridir. Ular bemorlarni nafaqat bilimi, balki
mehri bilan ham davolaydi. Agar shifokor o‘z vazifasini sidqidildan bajarsa, o‘z ustida
doimiy ishlab, mahoratini oshirib borsa, kezi kelganda o‘z jonini ham ayamay kasalliklarga
qarshi kurash maydoniga chiqsa, shubhasiz, bunday mutaxassisni zamonamiz qahramoni
deb atash mumkin.
Siz o‘qiyotgan badiiy asarlarda ham qahramonlar yashashi haqida bilasizmi? Shoir va
yozuvchilar badiiy asar yaratar ekanlar, ushbu asar orqali o‘quvchida o‘z zamonasining
qahramoni haqida tasavvur uyg‘otishga harakat qiladi. Sizning
ham asarlarda
tanishgan qahramoningiz bormi? U haqida ma’lumot bering.
Yuqorida berilgan kasb egalaridan birini tanlang va ta’riflang. Ular qanday qilib
zamonamiz qahramoniga aylana olishi mumkinligi haqida yozing.
• Qahramon kim?
• U qaysi sohada faoliyat olib boradi?
• Qanday fazilatlari bilan boshqalardan ajralib turadi?
• Qahramonning qanday yutuqlari bor?